• Moliya bozori tahlili
  • 1. Moliya bozori tahlilining tashkiliy xususiyatlari
  • Buxgalteriya hisobi va audit




    Download 73,12 Kb.
    bet1/7
    Sana17.05.2024
    Hajmi73,12 Kb.
    #239145
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1. Moliya bozori tahlili Файзуллаева И.



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

    BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT”


    TA’LIM YO‘NALISHI



    4-bosqich BHA-81-2 guruh talabasi
    Fayzullayeva Iqlima Ulug‘bekovna

    Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” fanidan



    Moliya bozori tahlili

    mavzusida tayyorlagan




    MUSTAQIL ISHI






    Toshkent-2024
    REJA:

      1. Moliya bozori tahlilining tashkiliy xususiyatlari.

      2. Fundamental tahlil.

      3. Moliya bozori texnik tahlili.

      4. Trend turlari va shakllari.

      5. Yapon shamlari turlari va modellari.



    1. Moliya bozori tahlilining tashkiliy xususiyatlari
    Investitsion jarayonning asosiy masalalaridan biri – bu qimmatli qogʻozlar tahlili (security analysis) hisoblanib, oʻz ichiga qimmatli qogʻozlarning alohida turlarini (yoki guruhlarini) va ularning bozorlarini oʻrganadi. Bunday tahlilning investitsion jarayondagi asosiy maqsadlaridan biri – bu vaqtning tanlab olingan joriy momentida notoʻgʻri baholangan qimmatli qogʻozlarni aniqlash.
    Xorijiy amaliyotda moliya bozori boʻyicha fundamental (fundamental analysis) va texnik (technical analysis) tahlil keng qoʻllaniladi.
    Fundamental tahlil ham, texnik tahlil ham, shuningdek boshqa tahlil usullari ham oʻziga xos afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Bunga moliya bozorlarining oʻzaro farqli jihatlari, tartibga solish mexanizmlari, ichki va tashqi omillar taʼsiri kabilarni sabab sifatida koʻrsatish mumkin.
    Qimmatli qogʻoz tahlilida uni real (fundamental usulga asoslangan) yoki bozor (texnik usulga asoslangan) bahosi hamda uning real va bozor daromadliligi koʻrsatkichlari baholanadi, chunki ular fond bozori qatnashchilarini koʻproq qiziqtiradi. Yuqoridagi misoldan kelib chiqib, na texnik va na fundamental, na aralash usul ushbu koʻrsatkichlarning obyektiv bahosini bera olmasligini tushunish qiyin emas.
    Chunki qimmatli qogʻozning oʻz bazisiga ekvivalentliligi darajasi har ikkala usulda har doim aytilgan mezonlar talabiga mos toʻliq namoyon boʻlavermaydi, demak, ularning yordamida hisoblangan koʻrsatkichlar bahosi obyektiv boʻlmaydi. Ushbu qonuniyatni koʻrish uchun quyidagi nazariy fikr-mulohazalarni keltirish mumkin.
    Maʼlumki, aksiyaning real bahosi fundamental usul yordamida emitentning moliyaviy hisobotlari koʻrsatkichlari asosida hisoblanib, aksiyani joriy ichki (balans) bahosini ifodalaydi. Lekin aksiyaning bozordagi talab va taklif (bozor konyunkturasi) asosida shakllanuvchi bozor narxi aksiyaning real bahosidan qandaydir mavhumligi bilan farq qilishi mumkin, chunki bozor narxi koʻpincha koʻzga tashlanmaydigan spekulyativ bozorda vujudga keluvchi sirli tendensiyalarni ham oʻz ichiga oladi.
    Bunday tendensiyalar odatda spekulyativ bozorning oldindan har doim ham toʻliq idrok qilib boʻlmaydigan jarayonlarni risklar va turli omillar (jumladan spekulyativ savdo qatnashchilarining subyektiv tarzda xohish va imkoniyatlarining ehtimoliy oʻzgarishi, yaʼni refleksivlik nazariyasiga asosan) taʼsiri ostida kechishi evaziga hosil boʻladi. Demak, aksiyaning oʻz bazisiga ekvivalentlilik darajasi asosida obyektiv bahosini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
    Bularning barchasi va boshqa vaqtinchalik idrok qilinishi murakkab boʻlgan omil va jarayonlar tahlil amaliyotining mavjud usullari uzluksiz takomillashuv jarayonida yoki ularning asosida yangilari paydo boʻlib kelmoqda. Bu jarayonning obyektiv mahsuli sifatida qimmatli qogʻozlarni sekyurimetrik tahlili usulini alohida koʻrish maqsadga muvofiq, chunki u yuqorida keltirilgan baʼzi holatlarni bartaraf qilishning ozmi koʻpmi imkonini berishi mumkin.


    Download 73,12 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 73,12 Kb.