Yapon shamlari turlari va modellari




Download 73,12 Kb.
bet6/7
Sana17.05.2024
Hajmi73,12 Kb.
#239145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Moliya bozori tahlili Файзуллаева И.

Yapon shamlari turlari va modellari.

Yapon shamlari uzoq yillardan buyon yapon treyderlari tomonidan texnik tahlil uchun qoʻllanib kelingan. Yaqin yillardan boshlab esa boshqa davlat treyderlarining diqqatini tortgan.
Umuman olganda, qimmatli qogʻozlar bozorida sekʼyurimetrik tahlil usullaridan foydalanish bozor ishtirokchilari uchun (emitent, investor, professional qatnashchilar) qimmatli qogʻozlarning kurslarini kelajakdagi oʻzgarishlarini yoki muayyan tendensiya boʻyicha harakatini prognoz qilishga yordam beradi.
Emitent aksiyalarini fond bozorida sekʼyurimetrik tahlil usullaridan foydalanib tahlil qilish, uning aksiyalari boʻyicha oldi-sotdi bitimlarini tuzish, emitent obroʻsiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Qimmatli qogʻozlar bozorida oldi-sotdi qilinayotgan moliyaviy instrumentlar narxi yoki kursi talab va taklifga qarab tez-tez oʻzgarib turishi mumkin. Shuning uchun, bozor professionallari kursning ijobiy va salbiy oʻzgarishida katta foyda yoki zarar koʻrishi mumkin. Zararni kamaytirish va maksimal foyda koʻrish uchun bozor professionallari qimmatli qogʻozlar kurslarining kelajakdagi oʻzgarishini prognoz qilishlari mumkin. Bunday holda, texnik tahlil usulidan foydalaniladi.
Rivojlangan fond bozorlarda qimmatli qogʻozlar kursining kelajakdagi oʻzgarishini prognoz qilishda texnik tahlil usullaridan biri yapon shamlaridan foydalaniladi.
Texnik analizda markaziy oʻrinni yapon shamlari grafigini tahlili egallaydi. Yapon shamlari grafiklari 169 orqali prognozlash 80-90 yillarning eng mashhur metodlaridan edi.
Yapon shamlari odatda bar (kesmali)li grafikka mos ravishda yasaladi. Jahon amaliyotida quyidagicha metod qabul qilingan, agar bar ochilish bahosiga nisbatan yuqori darajada yopilsa, oq rangdan; agar yopilish bahosi ochilish bahosidan past boʻlsa qora rangdan ifodalaniladi.
Anʼanaviy yapon shamlari keng qoʻllanilishi bilan birga quyidagi turlari mavjud: Marubozu – bu yapon shami turida oʻsuvchi tendensiyani saqlagan holda, bozorda “buqalar”ning kuchli namoyon boʻlishi.
Uzun tanli sham – bu yapon shami turida savdo sessiyasida qimmatli qogʻozning ochilish va yopilish narxlari oʻrtasidagi anchagina farqni koʻrishimiz mumkin.
Doji – savdo sessiyasida qimmatli qogʻozlarni ochilish va yopilish narxlarining bir xil boʻlishida kuzatiladi.
Boshqa yapon shamlarining turlari bilan kombinatsiyasida uning ahamiyatini koʻrishimiz mumkin, lekin asosiy ahamiyatli yapon shamlari turlariga kiradi. Bundan tashqari, doji ahamiyatli sham modellari tarkibiga kiradi.
Doji bozor ishtirokchilari harakatidagi ishonchsizlik holatlarini koʻrsatadi, shuningdek, bozordagi narxlarning qayrilishini, oʻzgarishini bildiradi.
Doji har doim ham fond bozorlarda uchramaydi, shuning uchun oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydi, agar fond bozorlarda tez-tez uchraydigan boʻlsa, doji oʻz ahamiyatini yoʻqotadi.
Dojining quyidagi turlarini mavjud:
1. Qimmatli qogʻozning maksimal va minimal nuqtalari boʻlmagan doji turi.
2. Dojining eng koʻp uchraydigan turi.
3. Uzun oyoqli doji – uzun maksimal va minimal nuqtalarga ega. Agar dojining maksimal nuqtasi qanchalik uzun boʻlsa, uning shunchalik “ayiq” trendi imkoniyati kuchli boʻladi.
Uzun oyoqli dojining ahamiyati, oʻsuvchi tendensiyada bu doji turining namoyon boʻlishi narxlarning qayrilishiga, yaʼni pasayuvchi tendensiyaga oʻzgarishiga olib keldi.
Fond bozori ishtirokchilari uchun foyda koʻrish yoki zararni oldini olishda katta ahamiyatga ega. Doji “qabr toshi” - uning minimal nuqtasi boʻlmagan doji, lekin maksimal nuqtaga ega, yaʼni savdoning ochilish va yopilish bahosi tahlil etayotgan vaqtimizdagi minimumga toʻgʻri keladi.
Dojining bu turi ham uzun oyoqli dojiga oʻxshab uning “buqalar” trendida paydo boʻlishi keyingi savdolarda “ayiqlar” trendi imkoniyatlarini oshirayapti, yaʼni keyingi savdolarda fond bozorida “ayiqlar” trendi hukmron boʻladi. Investor uchun bu doji turining ahamiyatli tomoni shundaki, “qabr toshi” dojini bozorda namoyon boʻlishi bilan investor oʻz aksiyalarini sotishga tushadi va keyingi savdolarda aksiyalarni yanada arzon bahodan sotib olishga harakat qiladi.
Doji “ninachi” – “qabr toshi”ning teskarisi: bu dojida yuqori maksimal nuqtaga mavjud emas, lekin uzun minimal nuqtaga ega.
Hisoblanadiki, doji “ninachi” qanchalik uzun minimal nuqtaga ega boʻlsa, shunchalik bozor ishtirokchilari optimistik kayfiyatda boʻlishadi.
Doji “ninachi”ning ahamiyati doji “qabr toshi”ning teskarisi, faqatgina doji “ninachi” pasayuvchi trendda namoyon boʻlib narxlarning qayrilishi, burilishiga sabab boʻladi, yaʼni oʻsuvchi trendga oʻzgarishiga.
Fond bozori professional qatnashchilari, investorlar qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisida ishtirok etishar ekan, ularning maqsadi katta foyda olish bilan bogʻliq. Shuning uchun, bu bozor qatnashchilari qimmatli qogʻozlar narxlarining kelajakdagi oʻzgarishini prognoz 171 qilishi uchun yapon shamlaridan foydalanadilar.
Lekin faqat doji turlari bilangina fond bozori holatini tahlil qilish mumkin emas, hamda investor doji turlarini oʻrganish orqali fond bozorida oʻz strategiya va taktikalarini bajara olmaydi, ammo doji yapon shamlari modellarida ham ahamiyatli hisoblanadi.
Shunday ekan, yapon shamlarining modellarini bilish va oʻrganish fond bozorining bugungi va kelajakdagi holatlarini prognoz qilishda katta ahamiyatga ega. Yapon shamlari modellarining quyidagi turlari mavjud:
1. Yutish (qoʻshib olish) modeli.
2. Tongi va tungi yulduz modellari.
3. Uch qora qargʻa modeli.
4. Uchta oq askar modellari va boshqalar.
Yutish (qoʻshib olish) modeli “buqalar” va “ayiqlar” turlariga ajraladi. Yutish modeli ikkita sham orqali shakllanayapti. Bunda 2- shamning tanasi 1-shamnikidan uzun boʻlib uni yutib yuborayapti, yaʼni 2-shamda savdolar hajmi oshgan, shuning uchun savdolarning ochilish va yopilish baholari oʻrtasida katta farq mavjud va bu holat 2- sham tanasiga taʼsir qilgan.
”Buqalar” modelida 2-shamning namoyon boʻlishi va 1-shamning yutib yuborilishi qimmatli qogʻozlar savdolaridagi trendning pasayuvchidan oʻsuvchi trendga oʻzgarishiga olib keladi.
Investor esa, 1-shamda, yaʼni pasayuvchi trendda aksiyalarni xarid qiladi ikkinchi va undan keyingi shamlarda, yaʼni oʻsuvchi trendda sotadi. “Ayiqlar” modeli “buqalar” modelining teskarisi.
Yapon shamining tonggi va tungi yulduz modellari oʻsuvchan hamda pasayuvchan tendensiyada shakllanadi.
Fond bozorida may oyigacha qimmatli qogʻozning narxlari “ayiqlar” trendiga boʻysungan boʻlib, kichik oq tanali va uzun minimal nuqtasiga ega boʻlgan shamning paydo boʻlishi (savdo hajmlarining kichik boʻlishi) aksiya narxlarning burilishiga, yaʼni “buqalar” trendiga oʻzgarishiga olib keldi.
May oyining oxirigacha oʻtkazilgan savdolarda bozor oʻsuvchi tendensiyaga boʻysungan. Bu modelning namoyon boʻlishi orqali investorlar “ayiqlar” bozoridan “buqalar” bozorida harakat qilishlari mumkin.
Uch qora qargʻa modeli baland narx atrofida paydo boʻlsa yoki uzoq muddat davom etgan oʻsuvchan tendensiyadan soʻng narx tushishini oʻlchab beradi.
Uch qora qargʻada narxning yopilishi minimal narx atrofida yoki ularning yaqinida boʻlishi kerak.
Har bir shamda narxning ochilishi bundan oldingi sham tanasining “ichida” boʻlishi kerak. Uchta qora shamning ketma-ket namoyon boʻlishi keyingi savdolarda fond bozorida toʻla-toʻkis “ayiqlar” trendining hukmronligini koʻrsatayapti. Investorlar bu modeldan oʻz manfaatlari uchun foydalanishi mumkin, yaʼni ular qimmatli qogʻozlar juda arzon bahodan sotib olishga harakat qilishadi va maʼlum savdo kuni oʻtganidan keyin yoki bozor tendensiyasi “buqalar” trendiga oʻzgarganida qimmat narxda sotadilar.
Yapon shamlarining boshqa modellari ham fond bozoridagi narxlarning muayyan yoʻnalishini oʻrganishda, yaʼni qimmatli qogʻozlar trendining oʻsishini yoki pasayishini oʻrganishda, oldindan bilishda foydalaniladi.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish joizki, qimmatli qogʻozlar bozorida sekʼyurimetrik tahlil usulini qoʻllanilishi bu fond bozori infratuzilmasini rivojlanishiga, qatnashchilar sonining oshishi, bilimli mutaxassislarni ish bilan taʼminlanishi, yangi texnologik majmualarni qoʻllanilishi, bozor volatilligining oʻsishi kabi ijobiy holatlarga olib kelishi mumkin. Bu rivojlanish oʻz navbatida mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotining oʻsishiga katta taʼsir koʻrsatadi.



Download 73,12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 73,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yapon shamlari turlari va modellari

Download 73,12 Kb.