|
Moliya bozori texnik tahlili
|
bet | 4/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 73,12 Kb. | | #239145 |
Bog'liq 1. Moliya bozori tahlili Файзуллаева И.Moliya bozori texnik tahlili
Texnik tahlil – bu fond bozori holatini oʻrganishga qaratilgan tahlildir. Texnik tahlil oʻtgan savdo narxlarini oʻrganish maqsadida, ularning kelajakdagi ehtimoliy rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlashdan iborat. Joriy narxlar dinamikasi oʻtgan savdo narxlari dinamikasi bilan solishtiriladi va shu orqali narxlarning kelajakdagi oʻzgarishi prognoz qilinadi. Shuning uchun, texnik tahlil bilan shugʻullanuvchi tahlilchi bozorga taʼsir etuvchi tashqi omillarni eʼtiborga olmasdan, faqat uning dinamikasi koʻrsatkichlarini oʻrganadi. Texnik tahlilning boshqacha nazariy asosi shundaki, bozorning oʻtgan savdo holatlari davriy takrorlanadi. Shu bilan birga, investorning vazifasi shundan iboratki, bozorning oʻtgan savdo dinamikasini oʻrganish asosida, uni keyingi oʻzgarish dinamikasini aniqlash. Bozor konyunkturasi talab va taklifning oʻzaro harakatlanishiga bogʻliq. Texnik tahlil talab va taklifning oʻzaro toʻgʻri kelmaslik momentini aniqlaydi va moliyaviy instrumentni qachon sotib olish va sotish mumkin degan savollarga javob beradi. Texnik tahlilchi asosan bozorning qisqa muddatli dinamikasini prognoz qilishga harakat qiladi. Tahlil mobaynida investor qimmatli qogʻoz dinamikasi va narx trendi yoʻnalishi haqida maʼlumot beruvchi grafiklardan foydalanadi. Ularning asosiy turlari quyidagilar: – ustunli diagrammalar; – narx harakati grafiklari; – x-o diagrammalari.
Texnik tahlil tamoyillari.
Tahlilchi narx har bir oʻzgarishini qayd qilib boradi. Agar narx bir pogʻona oʻssa, u holda diogrammaga X belgisi qoʻyiladi. Keyingi narx oʻsishida yuqoriga yana bir X belgisi qayd qilinadi. Agar narx bir pogʻona pasaysa, u holda oʻng tomondan yangi ustun ochiladi va shu ustundan 0 belgisi bilan belgilanadi.
Texnik tahlil mazmunan har qanday moliyaviy aktivning bozor narxini moliya bozori obyektiv baholaydi, degan fikrdan kelib chiqadi.
Bu usul umuman olganda aksiyalar bozori kurslari konyunkturasini konkret kompaniya aksiyalari kurslari dinamikasiga prognoz berish uchun oʻrganadi. Bunda avval kurslar dinamikasida sikllar (davrlar) yoki qaytariladigan tendensiyalarni aniqlash maqsadida oldinggi davrlar uchun bozor kurslari tadqiq qilinadi. Keyin esa avvalgi davrlarda aniqlangan tendensiyalarga oʻxshash joriy tendensiyalarni aniqlash maqsadida vaqtning oxirgi davri uchun aksiyalar kurslari tahlil qilinadi. Tahlilning oxirida hozirgi mavjud va avvalgi aniqlangan aksiyalar kurslari tendensiyalari oʻzaro solishtiriladi. Bunda narx trendlari davriy qaytariladi deb qabul qilinadi. Shunday qilib, analitik koʻrilayogan aksiyalar boʻyicha avvalgi va joriy bozor tendensiyalarini aniqlagan holda, kurslarning kelajakdagi dinamikasini yetarlicha aniq prognoz qilishga ishongan holda tahlil qiladi.
Texnik tahlil yordamida fond bozoridagi narxlar dinamikasini iqtisodiy hodisalarning mazmuniga kirmasdan tadqiqini amalga oshirsa boʻladi. Uni yana grafik tahlil (grafiklar, gistogrammalar, nuqtali diagrammalar, narxlar harakati, indekslar usuli) ham deyiladi.
Bunda fond indekslari bozor holatini yaxshiroq ifodalaydi. Texnik tahlilni amalga oshirishga quyidagi muhim tahminlarga asoslaniladi:
- tashqi omillarning har qanday oʻzgarishlari qimmatli qogʻozlarni bozor narxlari (kurslari) dinamikasida oʻz aksini topadi;
- fond bozoridagi narxlar dinamikasi oldindan idrok qilinadigan maʼlum qonuniyatlarga boʻysunadi, bunday qonuniyatlar barqaror boʻlishi mumkin;
- qimmatli qogʻozlar kurslarining avvalgi va joriy bozor tendensiyalarini oʻrganish asosida ularning kelajakdagi oʻzgarish dinamikasini prognoz qilish mumkin.
Grafik tahlil quyidagi uch asosiy masalani yechishda qoʻllaniladi – fond bozoridagi narxlar darajasini prognoz qilish; qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib olish vaqtining optimal momentini topish;
fundamental tahlil natijalarining toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirish.
Hozirda har ikkala usul bir-birida farqlansada, oʻzlarida birbirlarining u yoki bu komponentlarini qoʻllaydilar. Bundan tashqari ular boshqa tahlil nazariyalari unsurlarini ham oʻz ichiga olishgan, masalan, “effektiv bozor” modellarini, “ehtimoliy asosda behosdan qilingan tanlov” konsepsiyasini. Bunga qaramasdan har ikkala usul ham hozirda fond bozorlarini tahlil qilishda bosh mavqega ega boʻlib kelmoqda. Lekin, bu usullar yangi yondashuvlarni paydo boʻlishi evaziga takomillashib bormoqda. Masalan, I.Fisherning foiz stavkalar nazariyasini, Uilyamsning kapital aktivlarni baholash nazariyasini, Naytning aniq boʻlmagan omillar va risklarni sifat tahlili metodini, Markovichning (keyinchalik Sharp, Tobin, Lintner, Mossin, Blek, Shoulzlarning) optimal portfelni tanlash nazariyasini, SARM modellarini, Elliotning toʻlqinlar nazariyasini, Sorosning refleksiv nazariyasini, Rossning ART modellarini, Molilyani va Millerning nazariyalarini, va h.k. nazariyalarni keltirish mumkin.
Taʼkidlash joizki, texnik tahlil usuli barcha mutaxassislar tomonidan oson qoʻllanilishi mumkin, fundamental tahlil usulini esa har qanday mutahassis tomonidan oson qoʻllashi qiyinroq kechadi.
Chunki fundamental tahlil ancha qiyin ish boʻlib, yetarli maʼlumotlar bazasini shakllantirishni va mos ravishda moliyalashtirilishni talab qiladi.
Sekyurimetrik tahlil yordamida bozordagi qimmatli qogʻozlarning ekvivalentlilik potensiali darajalari asosida fond bozorining potensialini baholash mumkin. Bunda ekvivalentlilik potensialini natijaviy vektorning miqdoriga (natijaviy yoʻnaltirilgan kuch sifatida) koʻpaytmasi qimmatli qogʻozning quvvati kuchini, bu quvvatlarning yigʻindisi esa qimmatli qogʻozlar bozori muhitining quvvati kuchini bildiradi.
|
| |