|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 3/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 73,12 Kb. | | #239145 |
Bog'liq 1. Moliya bozori tahlili Файзуллаева И.10.1-jadval
Korxonalarning joriy moliyaviy holati fundamental tahlili
A. Moddiy ragʻbat
|
B. Risk
|
1. “Narx-daromad” nisbati AAA reytingli obligatsiyalar daromadliligi-ning
teskari yarim miqdoridan kammi?
Masalan, AAA reytingli obligatsiyalar
daromadliligi 12 foiz boʻlsa, unda teskari
miqdori 1/0,12=8,33, undan yarmisi esa
4,16. Shunday qilib, bu aksiya uchun
savolga javob “ha” boʻlishi holatida
uning “narx-daromad” nisbati miqdori
4,16-dan kam boʻlishi kerak.
|
6. “Qarz-kapital” nisbati 1 (birdan)
kammi? Bu nisbat – umumiy qarzni
balans hisobotiga mos keluvchi
aksiyadorlik kapitaliga boʻlinmasi.
|
2. “Narx-daromad” nisbati miqdori
oxirgi besh yil uchun “narx-daromad”
nisbatining “oʻrtacha” eng katta
miqdoridan 40 foiz kammi? Bunda
aksiya uchun bir yildagi “narxdaromad” nisbatining “oʻrtachasi” – bu
aksiyaning oʻrtacha yillik narxini shu
yil uchun aksiya boʻyicha daromad
miqdoriga boʻlinmasiga teng.
|
7. Joriy nisbat 2 (ikkidan) kattami?
Bu nisbat – joriy aktivlarni joriy
majburiyatlarga boʻlinmasi.
|
3. Aksiya boʻyicha dividend daromadliligi AAA obligatsiyalar boʻyicha
daromadlilikning 2/3 qismidan kam
boʻlmagan miqdoriga tengmi?
|
8. Umumiy qarz joriy aktivlarning
sof bahosini ikkiga koʻpaytirilgan
miqdoridan kammi? Bunda joriy
aktivlarning sof bahosi – bu joriy
aktivlar va umumiy qarz ayirmasi.
|
4. Aksiya narxi bir aksiyaga hisoblangan real balans bahosining 2/3 qismidan kammi? Bunda bir aksiyaga
hisoblangan real balans bahosi – bu
jami aktivlar va umumiy qarz
ayirmasini muomaladagi aksiyalar-ning
umumiy miqdoriga boʻlinganiga teng.
|
9. oxirgi 10 yilda bir aksiyaga
daromadlar oʻsishi surʼati yiliga
oʻrtacha 7 foizdan kam emasmi?
Bunda g oʻsish surʼati Ye0=Ye10(1+g)10 formuladan topiladi (Ye0 –
oxirgi yil uchun bir aksiya boʻyicha
daromadlar, Ye-10 – 10 yildan tugaganidan keyingi yil uchun bir aksiyaga daromadlar). Agar savolga “ha”
javobini olish kerak boʻlsa, unda g 7 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
|
5. Aksiya narxi bir aksiyaga
hisoblangan joriy aktivlarning sof
bahosining 2/3 qismidan kammi? Bu
baho joriy aktivlar va umumiy qarz
ayirmasini muomaladagi aksiyalar-ning
umumiy miqdoriga boʻlinganiga teng.
|
10. 9-chi savoldagi vaqt muddatida
(yaʼni 8 yoki undan koʻp yilda) g 5
foizga tengmi yoki kammi? Bunda
daromadlilikning yillik oʻsish surʼatini 10ta koʻrsatkichlarini aniqlash
kerak, keyin ularning kamida ikkitasi
5 foizdan koʻp boʻlishini tekshirish
lozim, masalan, 4 foizga tengligini.
|
Savollarning birinchi 5 tasi moliyaviy ragʻbatga, qolgan 5 tasi esa riskka bagʻishlangan. Bu savollarga javob topishdan maqsad eng katta “ragʻbat-risk” nisbatiga ega aksiyalarni topishdir. Grexem-Ri boʻyicha aksiyani sotib olishni taklif qilish uchun barcha savollarga ijobiy javob berishi shart emas. Masalan, avval 6-chi savol boʻyicha salbiy javob olingan aksiyalarni hisobdan chiqariladi. Keyin 1, 3 yoki 5-chi savolga “yoʻq” degan javob olingan aksiyalar inobatga olishmaydi. Qolgan aksiyalar esa sotib olish uchun nomzod boʻladilar.
Qaysi aksiyalarni sotish kerak degan qarorga investor Grexem-Ri yondashuviga asosan kelmoqchi boʻlsa, ikki hol koʻrsatiladi: aksiyalar kursi 50 foizga koʻtarilganida yoki ularni sotib olinganidan ikki yil oʻtsa (bu holatlarning qaysi biri oldinroq sodir boʻlsa) sotib yuborishi lozim boʻladi. Agarda bu ikki hol ham sodir boʻlmasa, aksiyalar dividend bermasa yoki koʻrsatilgan savollarga “yoʻq” degan javob boʻlsa, unda aksiyalar tezdan sotilishi shart boʻladi.
Fundamental tahlilining afzalligi quyidagilardan iborat:
– kompaniya-emitent aksiyasining bozordagi haqiqiy kursini belgilaydi;
– portfel tarkibidagi “nedootsenenniy” va “pereotsenenniy” aksiyalar aniqlanadi, portfel riski kamaytiriladi va daromadlik oiriladi;
– yuqori daromad keltiruvchi va mablagʻlar xavfsizligini taʼminlovchi optimal portfel shakllantiriladi.
|
| |