• Moddalar almashinuvi (metabolizm)
  • Moddalar almashinuvi energiya almashinuvi bilan chambarchas bogʻlangan
  • Anabolizm va katabolizm
  • Metabolizm jarayonida energiya hosil bo’lishi va sarflanishi




    Download 1.53 Mb.
    bet1/4
    Sana22.04.2024
    Hajmi1.53 Mb.
    #204053
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Metabolizm jarayoni
    handbook, 1-20 TMJ Abduvaliyev F, BEGZOD MO\'MINOV, Begzod, 1-топширик сиртки, MHFYJqwwHciXABWEiGqMaZ5c49ZNVM39XDHRkUxU, Adabiyot,.,.,., 1681709314, 1-qism lotin , Elektr sxemalarni kompyuterli modellash ma\'ruza matni(SIRTQI), Xalqaro marketingda sotuvni ragʼbatlantirish usullari, 3- Лаборатория, ТИПЫ ВОЗДУШНЫХ, 2.Tabiiy fanlar pdf, rN5Zq88gyQdNoc7KpjrqybGGWnrXbs9K

    Central Asian Medical Unversitety
    Talabasi: Madaminjonov Kamronbek
    Fan o’qtuvchisi: Shavkatovna Dilnoza Ibragimovna

    Metabolizm jarayonida energiya hosil bo’lishi va sarflanishi

    Mavzu rejasi

    Moddalar almashinuvi (metabolizm)

    • Moddalar almashinuvi (metabolizm) — tirik organizmlarning oʻsishi, hayot faoliyati, koʻpayishi, tashqi muhit bilan munosabatlarini doimiy taʼminlaydigan kimyoviy oʻzgarishlar majmui. Moddalar almashinuvi tufayli xujayra tarkibiga kiradigan molekulalar parchalanadi va sintezlanadi, hujayra strukturalari va hujayralararo moddalar hosil boʻladi, yemiriladi va yangilanadi. Mas, odamda barcha toʻqima oqsillarining yarmisi taxminan 80 sutkada parchalanib, yangidan hosil boʻladi; jigar va qon zardobidagi oqsillarning yarmi har 10 kunda, muskul oqsillari 180 kunda, ayrim jigar fermentlari har 2—4 soatda yangilanib turadi.

    Moddalar almashinuvi energiya almashinuvi bilan chambarchas bogʻlangan

    • Moddalar almashinuvi energiya almashinuvi bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, ularni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Hujayralarda sodir boʻladigan Moddalar almashinuvi bilan energiya almashinuvi biologik katalizatorlar — fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Energiya almashinuvida murakkab organik molekulalardagi kimyoviy bogʻlar shaklida mavjud boʻladigan potensial energiya kimyoviy oʻzgarishlar tufayli hujayra strukturasi va funksiyasini, tana haroratini saqlab turish, ish bajarish va boshqa jarayonlar uchun sarf boʻladigan energiyaga aylanadi.

    Anabolizm va katabolizm

    • Moddalar almashinuvi hujayrada bir vaqtning oʻzida kechadigan va oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki jarayon — anabolizm va katabolizmaan iborat. Katabolik jarayonlarda murakkab molekulalar oddiy molekulalarga parchalanib, koʻp miqdorda energiya ajraladi. Bu energiya maxsus kimyoviy energiyaga boy makroergik bogʻlar, asosan, adenozintrifosfat kislota (ATF) va boshqa molekulalar shaklida jamgʻariladi. Katabolik oʻzgarishlar, odatda, gidrolitik va oksidlanish reak-siyalari natijasida amalga oshadi. Bu reaksiyalar kislorodsiz (anaerob yoʻl — glikoliz, bijgʻish) hamda kislorod ishtirokida (aerob yoʻl — nafas olish) sodir boʻladi. Ikkinchi yoʻl evo-lyusion nuqtai nazardan ancha yosh va energetik jihatdan ancha samarali boʻlib, unda organik moddalar SO2 va suvgacha toʻliq parchalanadi.

    Download 1.53 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metabolizm jarayonida energiya hosil bo’lishi va sarflanishi

    Download 1.53 Mb.