|
Trend turlari va shakllari
|
bet | 5/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 73,12 Kb. | | #239145 |
Bog'liq 1. Moliya bozori tahlili Файзуллаева И.Trend turlari va shakllari.
Qimmatli qogʻozlar bozorida turli xildagi qimmatli qogʻozlar oldisotdi operatsiyalari amalga oshiriladi. Operatsiyalar chogʻida qimmatli qogʻozlarning narxlari doimo oʻzgaruvchan tendensiyaga ega boʻladi. Narxlarning oʻzgarishi natijasida trendlar hosil boʻladi.
Trend – bu baholarning, yaʼni fond bozoridagi qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdisida belgilanadigan baholarning muayyan yoʻnalishlar boʻyicha oʻzgarishidir.
Trendlar davom etish muddatiga koʻra:
1. Uzoq muddatli (birlamchi) trend, yaʼni bunda qimmatli qogʻozlar narxi uzoq muddat (1 yil hatto undan ortiq) oʻzgarishi kuzatiladi.
2. Yonlanma (ikkilamchi) trend – bozorining asosiy tendensiyasi harakatini toʻgʻirlovchi (korrektiruyushiy) trend hisoblanadi.
3. Kichik trendlar – narxlarning kunlik oʻzgarishi, tebranishdir.
Trendlar narxlarning harakati yoʻnalishiga koʻra:
1) Oʻsuvchi yoki “buqa” lar trendi.
2) Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi.
3) Gorizontal trend yoki flet.
1. Oʻsuvchi yoki “buqalar” trendi (uptrend, upward, bullish trend) shunisi bilan xarakterlanadiki, bozordagi tebranishlarning past narxlari koʻtarila boshlaydi. Koʻtariluvchi (oʻsuvchi) trendda bizga pastdan chegara belgilashimiz juda muhimdir, chunki bunday holatda stavkalar narxlarning koʻtarilishiga qoʻyiladi.
Narxni pastda chegaralovchi chiziqni kesishuvi, narxlar koʻtarilgandagi trend soʻnayapti yoki umuman yoʻnalishini oʻzgartirmoqda deb signal beradi.
Narxlarni pastdan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq qoʻllab quvvatlovchi chiziq deb ataladi.
2. Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi (downtrend, downward, bearish trend) bozorda maksimal tebranuvchi narxlar pasaya boshlashidan vujudga keladi.
McDonalds kompaniyasi aksiyalarining bozordagi kursi 6 oy davomida oʻsuvchi trendga ega boʻlgan, lekin avgust oyida narxlardagi burilish pasayuvchi tendensiyaga oʻzgargan va bozorda “ayiqlar” trendi hukmron. Investor esa, McDonalds kompaniyasi aksiyalarini avgust oyida sotishi kerak, aks holda katta zarar koʻrishi mumkin.
Pasayuvchi trendda narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq qarshilik chizigʻi deb ataladi.
“Ayiqlar” bozorida biz narxlarning pasayishiga qoʻyamiz, chunki biz uchun narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq muhimdir. Qarshilik toʻgʻri chizigʻining pasayishi, kesishuvi trend bilan oʻzgarayotganidan dalolat beradi.
Bir vaqtning oʻzida aniq qoʻllab-quvvatlash toʻgʻri chizigʻiga hamda qarshilik toʻgʻri chizigʻiga ega boʻlgan trend koʻplab qiziqishlar uygʻotadi (3-rasmga qarang). Bu trendda narxlarning ham yuqori ham past darajalarini prognozlashtirishga imkon boʻladi.
3. Uchinchi trend turi – gorizontal trend (trendning mavjud emasligi). Bu trendda narxlar gorizontal diapazonda tebranadi. (sideways, Flat market, trendless). Bu trendning qoʻllab-quvvatlash yoki qarshilik chiziqlari boʻladi, lekin narxlarning yuqoriga yoki pastga harakatining aniq tasviri boʻlmaydi.
Bundan tashqari, trendlarni shakli boʻyicha tasniflashimiz mumkin. Fond bozori savdolarida eng koʻp uchraydigan trend shakllaridan biri, bu “bosh” va “yelka” trendidir.
Bu chizmada narxlarni oʻzgarishi natijasida “bosh” va “yelka” trend turlari oʻz aksini topgan. Bunda savdo boshlangandagi ochilish bahosidan boshlab narxlar koʻtarilib boradi va eng yuqori nuqtaga yetib, pastga oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradi. Agar biz bu nuqtalarni tutashtirib chiqsak, bosh va yelka tasvirlari hosil boʻladi.
“Ikki qoya” trendida narxlar faqat 2 marta maksimal nuqtaga erishadi. Bu holda A nuqtada qimmatli qogʻozlarni albatta sotib yuborish kerak. “Ikki jarlikda” esa buning aksi.
Bu rasmda koʻrishimiz mumkinki, RTS indeksining fond bozoridagi dinamikasi orqali 10 oy ichida “ikki qoya” trend shakli hosil boʻlgan. Trendning ikkinchi maksimum nuqtasi narxlarning qayrilishini, burilishini ifodalab, bozorda RTS indeksi trendi tendensiyasining oʻzgarishini anglatadi, yaʼni “buqalar” trendidan “ayiqlar” trendiga. Investor uchun bu trend shaklining ahamiyati shundaki, ikkichi maksimum nuqta RTS indeksining keyingi savdolarda pasayishini ogoh qiladi.
|
| |