• Создать новый тест
  • 4-rasm Birinchi qadam biz ko`rib turganimizdek dasturda hamma so`zlar ruschada berilgan. Ularni o`zbekchaga o`tkazib olishimiz ham mumkin. Dasturni ishchi oynasida Тест
  • Добавит ь вопрос
  • Настройки
  • 6 -7 – amaliy mashg`ulot Mavzu: iSpring QuizMaker dasturida test tuzish usullarni o`rganish. Amaliy mashg`ulotning maqsadi




    Download 1.67 Mb.
    bet1/3
    Sana20.12.2022
    Hajmi1.67 Mb.
    #36146
      1   2   3
    Bog'liq
    6-7 ETR
    Kompton effekti Nazariy kelib chiqishi, 15-maruza. operatorlarni qayta yuklash(1), Usmoniy A. Hisobot, 13-14, . 4BRAIN kreativ metodi va qo’llanilishi Sarimsoqov Husanboy, 8-Dastur, GASTRONOMIYA TURIZM, WpAPFHCtxWXZhmoQ0TCvyVByyNgatcaMSJCNUEDd, Tarmoq 19-25 lab.Ibratjon, dedline 1, Pragramma, Karimov Kamoljon (1), KUNDALIK, 1-mustaqil ish

    6 -7 – amaliy mashg`ulot
    Mavzu: iSpring QuizMaker dasturida test tuzish usullarni o`rganish.
    Amaliy mashg`ulotning maqsadi:: iSpring QuizMaker test va savollar yaratish.
    Zaruriy nazariy ma’lumotlar:
    Didaktlarni fikri va amaliyotning ko`rsatishicha, o`quv maqsadlarining, erishiladigan natijasi aniq va osonroq ifodalaydigan shakllardan biri- test topshiriqlaridir.
    Testlarni turkmlashda ularni qo`llash maqsadi va vazifalariga asoslanib, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
    -intellektual rivojlanish darajasini aniqlashtiruvchi testlar;
    -pedagogik testlar;
    -muayyan kasbga yaroqliligini aniqlovchi testlar.
    Pedagogik testlarni kompьyuter yordamida avtomatlashtirilgan holda o`tkazish uning asosiy afzalliklaridandir.
    Kompьyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o`quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to`plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi.
    Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompьyuterga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko`ra 32 va 64 bitli) dasturi o`rnatilishi talab etiladi. Dastur o`rnatib bo`lingach Пуск menyusidan Все программы bo`limida iSpring Suite tanlanadi va natijada quydagi oyna paydo bo`ladi.

    Bundan iSpring QuizMaker dasturi tanlanishi bilan quyidagi oyna ochiladi.




    Bu oynadan Создать новый тест bo`limini tanlasak pedagogik testlarni tuzish uchun oyna ochiladi


    Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Добавить тест bo`limidan test yaratish amali boshlanadi. Ushbu bo`limda pedagogik testlar turlarining 11ta turi keltirilgan ularni kerakligini tanlab test tuzishimiz mumkin. Ular quyidagilar:
    1. Верно/неверно(to`g`ri/noto`g`ri) test turi –bunda savol berilib to`g`ri yoki noto`g`ri javobini tanlanadi;
    2. Одиночный выбор( bitta javobni tanlash) – bir necha variatdan kerakli javobni tanlash;
    3. Множественный выбор(bir necha javobni tanlash);
    4. Ввод строки( satr kiritish) – javobni satrga kiritish yo`li bilan javob berish;
    5. Соответствие(mos keltirish) – savollarni javoblariga mos keltirib qo`yish orqali javob berish;
    6. Порядок (tartib) – javobni kerakli tartibga keltirib javob berish;
    7. Ввод числа(sonni kiritish) – satrga savol javobiga mos sonni kiritib javob berish;
    8. Пропуски (tushirib qoldirilgan) –tushirib qoldirilgan so`zlarni kerakli joyga qo`yib yozish;
    9. Вложенные ответы(jamlagan javoblar)–jamlangan javoblar ichidan to`g`ri javobni tanlash orqali javob berish;
    10. Банк слов( so`zlar ombori) –so`zlar omboridan kerakli so`zlarni to`g`ri ketma-ketlikda qo`yish orqali javob berish. Bunda so`zlar omboriga so`zlarni ham kiritish kerak bo`ladi.
    11. Активная область (faol soha) –rasmda aktiv sohani tanlab javob beriladi. Bunda rasmning biror sohasini tanlash kerak bo`lgan savol kiritiladi.
    Test tuzishda ana shu testlar turini tanlab unga mos savollar berib, javobini ham kiritish kerak bo`ladi. Misol tariqasida informatika fanidan bitta test tuzib ko`raylik:




    4-rasm
    Birinchi qadam biz ko`rib turganimizdek dasturda hamma so`zlar ruschada berilgan. Ularni o`zbekchaga o`tkazib olishimiz ham mumkin. Dasturni ishchi oynasida Тест bo`limidan Настройки bandini tanlaymiz. Shunda oyna ochiladi (4–rasm). Oynaning chap bo`lmidan Надписи bandini tanlaymiz. Сообщение/кнопка ustuniga tegmagan holda Надпись ustuniga birinchi ustunga berilgan so`zlarni mosiga o`zbekcha so`zlarni kiritib tahrirlashimiz mumkin. Natijada testimiz o`zbekcha ko`rinishga keladi.
    Ikkinchi qadamda kerakli test turini Добавить вопрос bo`limidan tanlaymiz.
    Misol uchun verno/neverno turi. Shunda dastur oynasi quyidagicha ko`rinishga keladi.Ushbu oynaning vopros oynachasiga savol kiritib, unga ko`ra ответ oynasiga ikkita javob kiritib, savolga mos to`g`ri javobni tanlab qo`yiladi. Dastur oynasining o`ng qismida Изображение, Звук, Видео yozuvi turibdi shular yordamida fayllardan tasvir, formula, ovoz, videolar tanlab savollar ham tuzish imkoniyati mavjud. Shu tarzda har xil test turlaridan tanlab testlarni yaratish mumkin.

    Yaratgan testimizni to`rt xil ko`rinishda yaratishimiz mumkin. Web sahifa, iSpring Onlain, LMS, Word sahifasi. Undan keyin test formatini HTML, exe, Zip arxivni tanlashimiz, tester nomi, qo`llanish ko`lami, saqlanadigan o`rni, fayl nomi va flesh-rolik xususiyatlarini tanlab Публиковать tugmasini bosamiz.


    Uchinchi qadam. Test tuzib bo`lingandan so`ng uni sozlash kerak bo`ladi. Umumiy ball berish, har bir savolga necha ball berish, testni davomiyligi va h.k. buning uchun yana Настройки bo`limiga kiramiz(4-rasm). Bu oynaning chap oynasidagi bo`limlarga kirib testerimizni sozlab olamiz.
    To`rtinchi qadam dastur oynasining Тест bo`limidan Публиковать bandini tanlaymiz va natijada oyna ochiladi(6-rasm).
    Yaratgan testimizni to`rt xil ko`rinishda yaratishimiz mumkin. Web sahifa, iSpring Onlain, LMS, Word sahifasi. Undan keyin test formatini HTML, exe, Zip arxivni tanlashimiz, tester nomi, qo`llanish ko`lami, saqlanadigan o`rni, fayl nomi va flesh-rolik xususiyatlarini tanlab Публиковать tugmasini bosamiz.



    Download 1.67 Mb.
      1   2   3




    Download 1.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6 -7 – amaliy mashg`ulot Mavzu: iSpring QuizMaker dasturida test tuzish usullarni o`rganish. Amaliy mashg`ulotning maqsadi

    Download 1.67 Mb.