Reja: 1 Korporativ operatsion tizimlarni belgilariga quyidagi xususiyatlarni




Download 26.31 Kb.
bet1/3
Sana05.06.2023
Hajmi26.31 Kb.
#69911
  1   2   3
Bog'liq
ot
MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya

Mavzu: korparativ tarmoq operatsion tizimi.



Reja:
1) Korporativ operatsion tizimlarni belgilariga quyidagi xususiyatlarni
2) Operatsion tizimlar asos xarakteristikalari
3) Ko‘p qatlamli strukturaga ega bo‘lgan tizimlar


Korporativ operatsion tizimlarni belgilariga quyidagi xususiyatlarni kiritish mumkin.
Ilovalar yordami. Korporativ tarmoqlarda murakkab ilovalar bajariladi, ular bajarilishi uchun katta hisoblash quvvatini talab qiladi. Bunday ilovalar bir nechta qismlarga bo‘linadi, masalan, bitta kompyuterda ma'lumotlar bazasiga bo‘lgan so‘rovlarni bajarilishi bilan bog‘liq ilovalarning bir qismi bajariladi, boshqasida fayl - servisga bo‘lgan so‘rovlar, kliyent mashinalarida esa ilova ma'lumotlarini qayta ishlash mantig‘ini amalga oshiruvchi va foydalanuvchi bilan interfeysni amalga oshiruvchi qismi bajariladi. Korporatsiya dasturiy tizimlari uchun umumiy hisoblash qismi kliyentlarning ishchi stansiyalari uchun juda katta hajmli va ko‘tara olmaydigan bo‘lishi mumkin, shuning uchun agarda ularning murakkab va hisoblash munosabatidagi qismlarini maxsus shunga mo‘ljallangan kompyuter - ilova serveriga ko‘chirilsa ilovalar effektliroq bajariladi. Ilovalar serveri kuchli apparat platformasida joylashishi kerak. Ilova serveri operatsion tizimlari hisoblashlarni yuqori ishlab chiqarishini ta'minlashi kerak, demak ko‘p yo‘lli qayta ishlashni, siqib chiqaruvchi ko‘p masalalikni, multiprotsesslashni, virtual xotirani va eng ko‘p tanilgan amaliy muhitlar(UNIX, Windows, MS-DOS, OS/2) ni ta'minlashi kerak. Bunday munosabatda NetWare tarmoq operatsion tizimni korporativ mahsulotlarga kiritish qiyin, chunki unda ilovalar serveriga qo‘yiladigan deyarli hamma talablar mavjud emas. Shu bilan birga Windows NTdagi universal ilovalarni yaxshi qo‘llashi unga korporativ mahsulotlar dunyosida o‘rin egallashiga kurashishga yordam beradi.
Ma'lumotnoma hizmati. Korporativ operatsion tizim hamma foydalanuvchilar va resurchlar haqidagi ma'lumotlarni shunday saqlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerakki, unda bitta markaziy nuqtadan uni boshqarishni ta'minlashi kerak. Katta tashkilotlarga o‘xshab korporativ tarmoq o‘zi haqidagi iloji boricha butun ma'lumotlarni(foydalanuvchilar, server, ishchi stansiyalar haqidagi ma'lumotlardan tortib, to kabel tizimi ma'lumotlarigacha) markaziy saqlanishiga muhtojdir. Bu ma'lumotlarni ma'lumotlar bazasi ko‘rinishida saqlashni tabiiy ravishda tashkil qilish. Bu bazadan ma'lumotlar ko‘p tarmoq tizimlari ilovalari tomonidan talab qilinishi mumkin, birinchi navbatda boshqarish va administatorlash tizimlari tomonidan. Bundan tashqari, bunday baza elektron pochtani tashkil qilish, birga ishlash tizimlari, havfsizlik hizmati, tarmoqning dasturiy va apparat ta'minoti inventarizatsiyasi hizmati hamda deyarli hamma yirik biznes - ilovalar uchun foydalidir.
Ideal holatda ma'lumotnomali informatsiya yagona ma'lumotlar bazasi ko‘rinishida amalga oshirilishi kerak. Masalan, Windows NT da kamida beshta har xil turli ma'lumotnomali ma'lumotlar bazasi mavjud. Domen(NT Domain Directory Service)ning asosiy ma'lumotnomasi foydalanuvchilar haqida ularni tarmoqqa logik kirishni tashkil qilishda ishlatadingan ma'lumotlarni saqlaydi. Shu foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlar Microsoft Mail elektron pochtasi tomonidan ishlatiladigan boshqa ma'lumotnoma tarkibida ham bo‘ladi. Yana uchta ma'lumotlar bazasi past darajali adreslar ruxsatini qo‘llaydi: WINS - Netbios - ismlarining IP - adreslarga mosligini o‘rnatadi, DNS ma'lumotnomasi - domen ismlari serveri - NT tarmoqlarini internetga ulanishida foyda keltirarkan, va nihoyat, DHCP protokoli ma'lumotnomasi tarmoq kompyuterlariga IP - adreslarni avtomatik tarzda tayinlashida ishlatiladi. Idealga yaqin ma'lumotlarnomalar hizmati Banyan(Streettalk III mahsuloti) firmasi va Novell (NetWare Directory Services) firmasi tomonidan keltirilganlarda joylashgan, ular hamma tarmoq ilovalari uchun yagona ma'lumotnomani taklif qiladi. Tarmoq operatsion tizimlari uchun yagona ma'lumotnomalar hizmati borligi korporativlikning eng muhim belgilaridan biridir.
Havfsizlik. Korporativ tarmoq operatsion tizimlari uchun asosiy muhimligini ma'lumotlarni havfsizligi masalalari tashkil qiladi. Bir tarafdan, yirik masshtabli tarmoqlarda ob'yektiv ravishda sanksiyalanmagan ruxsat(kirish) uchun ko‘p imkoniyatlar mavjud, sabablariga quyidagilar kiradi: ma'lumotlarni demarkazlashtirish va “qonuniy” nuqtalarni katta taqsimlanganligi, foydalanuvchilar sonining ko‘pligi, shuningdek, tarmoqqa ulanishda sanksiyalanmagan nuqtalar sonining ko‘pligi kabilardir. Boshqa tarafdan, korporativ biznes - ilovalar korporatsiyaning butunligicha samarali ishlashi uchun muhim qiymatga ega bo‘lgan ma'lumotlar bilan ishlaydi. Shunday ma'lumotlarni himoyasi uchun har xil apparat vositalari qatorida korporativ tarmoqlarda himoya vositalarining operatsion tizimi tomonidan taqdim etilgan hamma spektrlari(saylangan yoki mandat ruxsat huquqlari, foydalanuvchilar autentifikatsiyasining murakkab protseduralari, dasturiy shifratsiya) ishlatiladi.
Windows NT operatsion tizimi xarkteristikasi - “Qaysi tarmoq operatsion tizimlari yaxshiroq” degan savol har doim, kompyuterga tegishli gazeta va jurnallarda juda ko‘p muhokama qilinadi.
Kimdir Windows NT - eng ideal ilovalar serveri deydi, m-n, Bill Geyts “Windows NT - UNIX” ning, UNIX ga qaraganda eng yaxshi varianti degan. (uni albatta tushunsa bo‘ladi).
Har bir o‘z fikrini bildirayotgan mualliflar, o‘quvchilarning hammasida narxi qimmat qurilmalar bir degan ishonch bilan gapiradilar.
Biz esa amaliy tajribalardan kelib chiqqan holda, asosiy tarmoq operatsion tizimlarini ya'ni Novell Netware 4.1, Microsoft Windows NT Server 4.0 va UNIX operatsion tizimlarni, ularni adminstrlash va real ko‘p platformali geterogen platformada ishlatish xususiyatlariga asoslanib, ularning asosiy siyosiy xarakteristikasini beramiz. Albatta, bu operatsion tizimlardan boshqa operatsion tizimlar ham ko‘p, ammo biz o‘zimizda, SNG davlatlari va Rossiyada ko‘proq foydalanilgan shu operatsion tizimlarni misol qilib oldik. Albatta, bu operatsion tizimlarning ham turli versiyalari mavjud, ba'zi hollarda ularni ma'lum ilovalar bilan ishlatish mumkin va x.k.lardir, ammo biz ularning umumiy xarakteristikasi bo‘yicha taqqoslaymiz. Va eng umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ularni ko‘rib chiqamiz.



Download 26.31 Kb.
  1   2   3




Download 26.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: 1 Korporativ operatsion tizimlarni belgilariga quyidagi xususiyatlarni

Download 26.31 Kb.