• KIRISH
  • MUHOKAMA VA NATIJALAR
  • Kalit so’zlar




    Download 457.31 Kb.
    bet1/7
    Sana29.03.2024
    Hajmi457.31 Kb.
    #180662
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    a5KVENbLY04llmxkbU8K6s-lEKMZ9A2D
    Termikm javoblar, 3-MA\'RUZA, 9-MA\'RUZA



    ANNOTATSIYA


    Ushbu maqola metallarning sifat nazoratining tekshirish usullarini tahlil qilish jarayonlarini keng yoritib berilgan. Metallarning sifat nazoratini aniqlash uchun na’munaning makrotahlili, mikrorengen spektral tahlil, rentgen tahlil, akustik nazorat, radiatsion nazorat va dilatometrik taxlil usullari bo’yicha kerakli ma’lumotlar berilgan.
    Kalit so’zlar: makrotahlili, mikrorengen, rentgen taxlil, akustik, radiatsion, dilatometrik.

    KIRISH


    Bugungi kunda metall va qotishmalarning tuzilishini makro va mikrotahlil, rentgen, shuningdek defektoskopiya (rentgen, magnit, ultratovush va boshqa) usullari bilan tadqiqod qilinadi.
    Hozirgi kunda qo‘shimcha materiallar (keramika / metall tizimlar, metall, plastmassa tizimlar va boshqalar) rivojlanishi kabi kompozitsion moddalar sonining ko‘payishi sababli “Materialografiya” tavsifiga ustunlik beriladi. Metallografiyaning, ya’ni materialografiyaning joylashish sohalari asosan sifatni nazorat qilish va zararni tahlil qilish bilan bir qatorda Arge ishlarida qo‘llaniladi.
    Qotishmalarini makrostrukturasini oddiy ko’z va optik lupa yordamida o‘rganish.
    Oddiy ko‘z bilan yoki optik lupa yordamida makrotahlil (makro-analiz) usuli bilan makrostruktura, ya‘ni ko‘rinadigan struktura o‘rganiladi. Bunday yirik nuqsonlar, ya‘ni darzlar, cho‘kish chuqurchalari, gaz pufakchalari va boshqalar, shuningdek aralashmalarning metallda notekis taqsimlanganligi aniqlanadi.

    MUHOKAMA VA NATIJALAR


    Namunaning makrotaxlili. Makrostruktura yordamida metallarning singan joyi makroshlifi bo‘yicha o‘rganiladi. Makroshlif metall va qotishma na’munasi bo‘lib, uning bir tomoni jilvirlangan, yaxshilab yogdan tozalangan, mahsus reaktivlar ta‘sir ettirilgan bo‘ladi va 5-10 marta kattalashtiriladigan lupa ostida kuzatiladi. Metall va uning qotishmalaridan makrotahlil uchun makroshliflar tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: temir qirqish arrasi yoki stanok yordamida tekshirilayotgan na’muna ikkiga bo‘linadi. Agarda makroshlif detalning ko‘ngdalang kesim yuzasidan tayyorlnayotgan bo‘lsa, unda u templet deb ataladi. Namunaning stanokda egov yoki abraziv charx yordamida tozalanadi, keyin namuna metallografik jilvirlash qog’ozlarida silliqlanadi, bunda metallografik jilvirlash qog’ozlarda silliqlanadi, keyin metallografik jilvirlash qog’ozlarining katta nomerlaridan kichik raqamlariga o‘tiladi. Bir raqam qog’ozdan boshqasidan o‘tilganda shlif 90 gradusga buriladi.
    Shliflar yuzasidan chiziqlar yo‘qolmagancha bir yo‘nalishda silliqlanadi.
    Makrostrukturaning ko‘rinishi uchun shliflarga turli reaktivlar ta‘sir ettiririladi. Turli reaktiv eritmalar ta‘sirida makroshliflar yuzasida ichki tuzilishning ko‘rinishi hosil bo‘ladi. Lupa yoki MIM-3, MBS-2 mikroskopida metall va qotishmalarning makrostrukturasi o‘rganiladi.


    1-rasm. Masofa halqasining yuzasida yorilish, makro taxlil

    Download 457.31 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 457.31 Kb.