tanlov komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomani rasmiylashtirib, tanlov
natijalari haqida vacancy.argos.uz portali orqali nomzodlarga maʼlum qiladi va portalga
joylashtiradi.
5. Boshqarma va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining shtat
birligi, xodimlar zaxira tarkibi haqida choraklik statistik hisobotlarni boʻlim boshligʻiga taqdim
etadi;
davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari va boshqa taʼlim
muassasalari bilan
hamkorlikda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqaruvi organlari rahbar xodimlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtiradi;
davlat va tarmoq mukofotlariga tavsiya etish boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va
maktab taʼlimi boʻlimlari va idoraviy mansub tashkilotlar takliflarini oʻrganish uchun tegishli
komissiyaga taqdim etadi, nomzodlarning tegishli hujjatlarini oʻrnatilgan
tartibda tayyorlaydi;
taʼlim sohasini rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan xodimlarni boshqarma
boshligʻining faxriy yorligʻi bilan taqdirlash yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtiradi;
taalluqliligi boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi,
natijasi yuzasidan oʻrnatilgan tartibda javob xatlari tayyorlaydi;
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari,
ichki
mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni,
qadr-qimmati
va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy
axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya
qilinishini taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari,
tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.