Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

4-bob. Boʻlim boshligʻining
javobgarligi 
8. Boʻlim boshligʻi oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq boʻlimga 
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
9. Boʻlim faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob 
beradi. 
10. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan 
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
11. Boʻlimda hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga 
shaxsan javob beradi. 
12. Boʻlim boshligʻi imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning 
qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 
13. Boʻlim boshligʻi mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan 
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy 
javobgardir. 


 
Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi bosh mutaxassisining lavozim 
yoʻriqnomasi 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi 
bosh mutaxassisi
 
(bundan buyon matnda –bosh mutaxassis)ning lavozim majburiyatlari, 
huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 
2. Bosh mutaxassis Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, 
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda 
Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod 
etiladi. 
Bosh mutaxassis boʻlim boshligʻiga boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati 
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari 
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, 
vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning Hayʼati qarorlari, boshliq 
buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan 
holda faoliyatini olib boradi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish