Nazorat-o’lchov asboblari bo`yicha umumiy ma’lumotlar




Download 38,07 Kb.
bet1/12
Sana19.02.2024
Hajmi38,07 Kb.
#158547
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nazorat-o’lchov asboblari bo`yicha umumiy ma’lumotlar-fayllar.org


Nazorat-o’lchov asboblari bo`yicha umumiy ma’lumotlar

Nazorat-o’lchov asboblari bo`yicha umumiy ma’lumotlar
Nazorat-o’lchov asboblari (NO’A) haydovchiga avtomobilning agregatlari, alohida tizimlarining holati va me’yorida ishlayotganligi haqida xabar berib turish uchun xizmat qiladi.
Haydovchiga ma’lumotni uzatish usuli bo’yicha nazorat-o’lchov asboblari ko’rsatuvchi va darak beruvchi guruhlarga bo’linadi.
Ko’rsatuvchi asboblarning shkalasi va ko’rsatkich mili holatiga ko’ra o’lchanayotgan kattalikning qiymati aniqlanadi. Bu asboblar nazorat qilinayotgan parametming aniq qiymatini o’lchash va avtomobilning butun birtizimi yoki alo- hida agregatining holati haqida to’liq tasawurga ega bo’lish imkoniyatini beradi. Lekin, haydovchi bu ma’lumotni olish uchun bir daqiqaga bo’lsa ham diqqatini yo’ldan asbobga olishi kerak va bu harakat havfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Darakchi asboblar nazorat qilinayotgan ko’rsatkichning faqat bitta, odatda avariya qiymatidan ta’sirlanadi va haydovchiga bu to’g’risida yorug’lik yoki tovush yordamida xabar beradi. Darakchi asboblarning afzalligi shundan iborat- ki, ularni doimo kuzatib borish zarurati yo’q va haydovchining diqqati avtomobilni boshqarish jarayonidan kamroq chalg’iydi. Kamchiligi - asboblardan haydovchiga kelayotgan ma’lumot avtomobilning ma’Ium tizimining ishi me’yordan chiqib bo’lganda yoki chiqish holatida uzatiladi.
Avtomobillarda nazorat qilinuvchi parametrlar soni tobora o’sib borayotganli- gi sababli va haydovchining diqqatini kamroq chalg’itish maqsadida, keyingi vaqt- da hamma turdagi avtomobillarda darakchi asboblar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Ba’zi avtomobillarda ularni birga ishlatish hollari ham uchrab turadi.
Avtomobillarda o’rnatiladigan nazorat-o’lchov asboblari elektr toki yoki mexanik kuch ta’sirida ishlashi mumkin. Elektr asboblar uchun tok avtomobilda- gi manba (akkumulator, generator) dan olinadi. Mexanik asboblarda esa, kattaligi o’lchanayotgan muhit energiyasidan foydalaniladi (masalan, mexanik manometr- larda dvigatelni moylash tizimidagi bosim).
Nazorat-o’lchov asbob datchik va ko’rsatkichdan iborat bo’lib, signal uzatish uchun ular o’zaro simlar bilan ulangan. Nazorat qilinishi zarur bo’lgan muhit yoki joyga (harorat, bosim, tezlik va hokazo) - datchik, kuzatiladigan joyga, odatda, haydovchi kabinasidagi asboblar paneliga ko’rsatkich joylashtiriladi. Datchik nazorat qilinayotgan muhit yoki joydagi o’zgarishni sezuvchi element va bu o’zgarishni elektr tokiga aylantiruvchi o’zgartirgichdan iborat bo’ladi. Ko’rsatkich - datchikdan kelayotgan signalni sezuvchi element, elektr toki ko’rinishidagi signalni zarur mexanik harakatga aylantiruvchi o’zgartirgich va o’lchanayotgan parametr birligida darajalangan shkaladan iborat. Darakchi asboblarda ko’rsatkich sifatida avtomobilning asboblar panelida joylashtiriladigan xabarchi lampalar xizmat qiladi.
Bajaradigan vazifasiga ko’ra, avtomobillarning nazorat-o’lchov asboblari quyidagi guruhlarga boiinadi: Harorat oichaydigan (terrnometrlar); bosim o’l- chaydigan (manometrlar); yonilg’i sathini o’lchaydigan; akkumulatorlar batareya- sini zaryadlash rejimini naz orat qiladigan, tezlik va o’tilgan yo’lni o’lchaydigan (spidometrlar); aylanish chastotasini o’lchaydigan (taxometrlar). Bundan tashqari, nazorat-o’lchov asboblari turkumiga taxograflar ham kiradi.
Avtomobilga o’rnatilgan nazorat-o’lchov asboblarining ishlash sharoiti ancha og’ir bo’lganligi uchun, ular Davlat standartlarining quyidagi talablariga javob berishi kerak:
-50Hz chastotada, dvigatelga o’rnatilgan asboblar 10 d, boshqa agregatlarga o’rnatilganlar esa 5 d vibratsiya yuklamasiga chidashi kerak;
-dvigatelga o’rnatilgan asboblar 15dgacha, boshqa agregatlarga o’rnatilganlar
10 d gacha zarba yuklamasiga chidashi kerak;
-atrof-muhit harorati -45°C dan +80°C gacha bo’lgan chegarada me’yorida ishlashi kerak;
-tok manbayining qiymati 12V li tizimlar uchun 10-16 V doirasida, 24 V li tizimlar uchun 22-30 V doirasida va atmosfera bosimi 86-106 kPa (650-800 mm, simob ustuni) doirasida o’zgarganda, nazorat-o’lchov asboblarning o’lchash xatoligi ortmasligi kerak;
Ishlatish jarayonida asboblarga suv, moy, yonilg’i, loy tushishi, ular chang bilan qoplanishi mumkin. Shuning uchun asboblarning ustki qismi bu narsalar ta’siriga chidamli, ichki qismi tashqi muhitdan yaxshilab zichlangan bo’lishi kerak.
Bulardan tashqari, nazorat-o’lchov asboblari bevosita transport vositalarida qo’llanilishining o’ziga xos tomonlaridan yuzaga keladigan quyidagi talablar ham mavjud:
-avtomobil nazorat-o’lchov asboblari fazoga, radio-teleko’rsatuvlarga zarar ko’rsatuvchi xalaqitlar tarqatmasligi kerak;
-ko’rsatuvchi asboblardan ma’lumot olish, ya’ni uni o’qish haydovchi uchun qulay bo’lib, uning diqqatini ortiqcha jalb qilmasligi kerak;
-darak beruvchi chiroqlaryongan vaqtda, haydovchi diqqatini darhol jalb qiladigan joyga о’matilgan bo’lishi kerak;
-ko’rsatuvchi asboblarni haydovchining nazar doirasiga joylashtirishda, muhandislik psixologiyasi tavsiyalari va asboblar panelini estetik jihozlash talablari hisobga olinishi kerak;
-nazorat-o’lchov asboblarini ishlab chiqarish tannarxi arzon va ularga xizmat ko’rsatish qulay bo’lishi kerak.
Nazorat-o’lchov asboblarining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi, avtomobil va uning alohida qismlarini ishonchli ishlatishdagi, nosozliklami o’z vaqtida aniqlashdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ulaming avtomobilning to’liq qiymatidagi ulushi ancha kichik, lekin qimmatbaho agregatlarning texnik holatini nazorat qilish va me’yorida ishlash qobiliyatini uzoq vaqt davomida saqlashdagi ahamiyati juda katta.
Avtomobil texnikasining rivojlanishi, uning alohida qisimlari takomiliashuvi nazorat qilinishi zarur bo’lgan nuqtalar ortishiga, nazorat-o’1chov asboblarining yangi turlari paydo bo’lishiga, ularning tuzilishi mukammalashuviga olib kelmoqda.

Download 38,07 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 38,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazorat-o’lchov asboblari bo`yicha umumiy ma’lumotlar

Download 38,07 Kb.