|
- rasm Termobimetall impulsli termometr
|
bet | 3/12 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 38,07 Kb. | | #158547 |
Bog'liq Nazorat-o’lchov asboblari bo`yicha umumiy ma’lumotlar-fayllar.org
Termometr tok manbayiga ulanmagan holda datchik kontaktlari tutash, ko’rsatkich bimetall plastinasining ishchi yelkasi 13 egilmagan va strelka 12 shka- laning chap chekkasida, ya’ni 110 °C belgi tomonda bo’ladi. 0’t oldirish kaliti ulanganda datchik va ko’rsatkich termobimetall plastinalaridagi qizdiruvchi chulg’amlardan tok o’ta boshlaydi. Datchik plastinalari qiziydi, yuqori tomonga egiladi va kontaktlami uzadi. Bir necha daqiqadan keyin plastina soviydi va yana o’z holiga qaytib kontaktlarni tutashtiradi va tok yana qizdiruvchi chulg’amlardan o’ta boshlaydi. Atrof-muhit harorati o’zgarmas bo’lganda, datchik kontaktlar ham bir xil chastota bilan uzilib-tutashib turadi. Kontaktlarning tutashib turish vaqti- ning, tutashib-uzilish davrining umumiy vaqtiga nisbati atrof-muhit haroratiga bev- osita bog’liq. Termobimetall plastina atrofidagi muhit harorati qanchalik baland bo’lsa, u egilib kontaktlarni uzgandan keyin sovushi shunchalik qiyin bo’ladi, kontaktlar tutashgandan keyin esa tez qizib ketadi.
0’t oldirish kaliti ulanib, termometr chulg’amlariga tok berilganda, dvigatelning sovitish tizimidagi, demak datchik atrofidagi harorat ham past bo’ladi. Bu holda datchik kontaktlarining tutashib-uzilish chastotasi katta (40 °C da minutiga taxminan 80-120marta) va demak, Ieff qiymati ham katta bo’ladi. Bu ko’rsatkichdagi bimetall plastinani ko’proq egilishiga va strelka shkalaning o’ng tomoniga, ya’ni past Haroratlar tomonga og’ishiga olib keladi.
Dvigatelning ish jarayonida uning sovitish tizimidagi suyuqlik isiy boshlaydi va bu, albatta shu muhitga joylashtirilgan datchikning termobimetall plastinasiga ta’sir qiladi. Natijada, kontaktlar uzilgandan keyin plastinaning sovush tezligi sekinlashadi, kontaktlarning tutashib-uzulish chastotasi ham kamayadi. (110 °C da minutiga taxminan 8-10marta). Bu ko’rsatkich bimetall plastinasi chulg’amidan o’tayotgan 1ен tokning kamayishiga, plastina sovib, egilgan holdan sekin-asta to’g’rilanishiga va strelkani shkalaning chap tomoniga, ya’ni yuqori Haroratlar tomoniga og’ishiga olib keladi.
Ko’rsatkichdagi termobimetall plastinaning qizishi nafaqat uning chulg’amidan o’tayotgan leff tokka, balki ko’rsatkich joylashtirilgan asboblar paneli atrofidagi muhit haroratiga ham bog’liq. Atrof-muhit haroratini termometrning o’lchash aniqligiga ta’sirini istisno qilish maqsadida ko’rsatkichning termobimetall plas- tinasida termokompensatsiya yelka mavjud (1-rasmda u sektor 11 ga mahkam- langan). Asboblar paneli atrofidagi harorat o’zgarganda, masalan, ortganda, bimetall plastinaning har ikkala yelkasi baravar egiladi va strelkaning shkalaga nisbatan holati o’zgarmaydi.
Termobimetall impulsli termometrlaming tuzilishi sodda va tannarxi past. Lekin termometrning ishonchli ishlashini pasaytiradigan, radioqabulga xalaqit beradigan kontaktlarning mavjudligi bu turdagi termometrlarning jiddiy kamchili- gi hisoblanadi. Bundan tashqari, termobimetall impulsli termometrlaming o’lchash aniqligi tok manbayining barqarorligiga bevosita bog’liq. Agar tok manbayining kuchlanishi biror sababga ko’ra o’zgarsa, termometrning o’lchash aniqligi keskin kamayadi.
Hozirgi vaqtda avtomobillarda yuqorida keltirilgan kamchiliklardan ko’p jihatdan holi bo’lgan magnitoelektr (logometrik) termometrlar keng qo’llanilmoqda.
|
| |