• KMDYa tranzistorida yasalgan invertor sxemasi. Komplementar (bir-birini to’ldiruvchi) MDYa –– tranzistorli elektron kalit.
  • Invertor
  • 2)radiotexnikada
  • 14-mavzu. Komplementar invertorlar. Reja




    Download 41.88 Kb.
    bet1/3
    Sana19.05.2023
    Hajmi41.88 Kb.
    #61762
      1   2   3
    Bog'liq
    14- Mаъруза ЭваС2 21-22




    14-mavzu. Komplementar invertorlar.


    Reja:

    1. KMDYa tranzistorida yasalgan invertor sxemasi.

    2. KMDYa tranzistorida yasalgan mantiqiy elementlar.




      1. KMDYa tranzistorida yasalgan invertor sxemasi.



    Komplementar (bir-birini to’ldiruvchi) MDYa –– tranzistorli elektron kalit. Bir turdagi MDYa – tranzistorlarda hosil qilingan kalitlarning kamchiligi shundaki, tranzistor ochiq bo‘lgan statik rejimda kalitdan doim tok oqib o‘tadi. Komplementar, ya’ni o‘tkazuvchanlik kanallari turi qarama-qarshi bo‘lgan MDYa – tranzistorlar asosida tayyorlangan elektron kalit bu kamchilikdan holi (14.1-rasm). Invertor (lotincha: inverto — agʻdaraman, oʻzgartiraman) — 1) elektrotexnikada — oʻzgarmas elektr tokini bir yoki koʻp fazali oʻzgaruvchan tokka oʻzgartiruvchi boshqariladigan elektr ventilli qurilma. Bogʻlik, (mustaqilmas) va mustaqil xillari bor. Bogʻliq I.da tok chastotasi elektr tarmogʻining tok chastotasi bilan aniqlanadi; musta-qil I.da tok chastotasi I. bilan nagruzkaning elektr zanjirlarini boshqarish rejimlari va parametrlariga boglits buladi (rasm). I. yuqori voltli oʻzgarmas tok elektr uzatish liniyalarida, induksion pechlarda, elektr bilan tortish qurilmalari va b.da qoʻllaniladi; 2)radiotexnikada — radioqurilma kirishidagi elektr signalining amplitudasi, qutbliligi va fazasi chiqishidagi shu parametrlarga Karaganda teskari oʻzgaradigan elektr zanjiri yoki elektron qurilma; 3) hisoblash texnikasida — elementar mantiqiy operatsiya — "yoʻq"ni aniqlaydigan elektron qurilma. Potensial va impulsli xillari bor. Potensial I. qurilma kirishida kuchlanish sathi yuqori boʻlganda chiqishida past boʻlishini taʼminlaydi va aksincha. Impulsli I. impulsli signallarni oʻzgartirib beradi. Analog hisoblash mashinalarida I. kirish signali qutbliligini teskari qutblikka oʻzgartirib beradi.[1]

    14.1-rasm. KMDYa tranzistorli elektron kalit (invertor).
    BT.

    Qayta ulanuvchi element (QUE) sifatida n – kanali induksiyalangan MDYa – tranzistor (VT1), yuklama E sifatida esa, p– kanali induksiyalangan MDYa –tranzistor (VT2) qo‘llanilgan. QUE sifatida n – MDYa – tranzistorning asosi kuchlanish manbaining musbat qutbiga, p– MDYa – tranzistorning asosi esa, sxemaning umumiy nuqtasiga ulanadi. Kirish signali ikkala tranzistorning zatvorlariga bir vaqtda beriladi. Sxema quyidagicha ishlaydi. Agar UKIR = 0 bo‘lsa, u holda, UZI1 = 0 bo‘ladi, demak, n – MDYa – tranzistorda kanal induktsiyalanmaydi, ya’ni tranzistor berk holatda bo‘ladi. Bu vaqtda VT2 ning zatvorida <0 bo‘ladi.


    Bu vaqtda chiqish kuchlanishi manba kuchlanishiga deyarli teng bo‘ladi:
    .


    UKIR = EM bo‘lsin. U holda, UZI1 > U01, UZI2 = 0 bo‘ladi. Demak, n – MDYa tranzistorda kanal induksiyalanadi, ya’ni VT1 ochiq, p– MDYa tranzistor, ya’ni VT2 esa berk bo‘ladi. Bu vaqtda umumiy zanjirdagi tok avvalgidek IQOLga teng bo‘ladi. Kalit chiqishidagi qoldiq kuchlanish (14.1) ifodadan, indekslar o‘rnini almashtirib aniqlanadi:
    mkV. (14.1)

    Qoldiq kuchlanishning kichikligi komplementar kalitlarning afzalligi hisoblanadi. Sxema ikkala holatda ham quvvat iste’mol qilmasligi bu kalitlarning yana bir afzalligi hisoblanadi.


    Komplementar MDYa – tranzistorli elektron kalitlarning afzalliklari yuqorida ko‘rib chiqilgan edi. Bu kalitlarning statik rejimda quvvat iste’moli o‘nlarcha nanovattni tashkil etib, tezkorligi esa 10 MGts va undan yuqori chastotalarda ishlashga imkon beradi. MDYa – tranzistorli RISlar ichida komplementar MDYa – tranzistorli MElar (KMDYa TM) yuqori halaqitbardoshlikka ega bo‘lib, kuchlanish manbai qiymatining 10÷45%ni tashkil etadi. Yana bir afzalligi – kuchlanish manbaidan samarali foydalanish hisoblanadi, chunki mantiqiy o‘tish deyarli kuchlanish manbai qiymatiga teng. Demak, RISlar kuchlanish manbai qiymatining o‘zgarishiga sezgir emas. KMDYa-tranzistorli MEda kirish va chiqish signallari qutblari va sathlari mos tushadi, bu esa o‘z navbatida MElarni o‘zaro bevosita ulash imkoniyatini beradi (sath siljitish qurilmasi talab etilmaydi).



    Download 41.88 Kb.
      1   2   3




    Download 41.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14-mavzu. Komplementar invertorlar. Reja

    Download 41.88 Kb.