|
Harorat o’lchash asboblari turlari
|
bet | 2/12 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 38,07 Kb. | | #158547 |
Bog'liq Nazorat-o’lchov asboblari bo`yicha umumiy ma’lumotlar-fayllar.orgHarorat o’lchash asboblari turlari
Dvigatellarning issiqlik rejimini nazorat qilish uchun Harorat o’lchash asboblari va avariya Harorat to’g’risida xabar beruvchi yorug’lik darakchilari o’rnatiladi. Ba’zi avtomobillarda gidrotransmissiya va moylash tizimidagi suyuqlik, akkumulatordagi elektrolit haroratini nazorat qilish uchun ham termometrlardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda avtomobillarda ikki turdagi termometrlar ishlatilmoqda: termobimetll impulsli va termorezistorli maginitelektor (logometrik).
Termobimetall impulsli termometr. Termobimetall impulsli termometr datchik va strelkali ko’rsatqichdan iborat (1-rasm).
Datchik konusli rezbaga ega bo’lgan metal qobiq 6ga mahkamlangan yupqa devorli jez ballon 9dan iborat. Datchikning termobitall plastinasi 3asosan izolyatori 8ga mahkamlangan. Termobimetall plastina umumiy qalinligi 0.25mm bo’lgan ikki qatlamdan iborat bo’lib, ustki qatlam issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti nisbatan past bo’lgan invardan (36%nikel+63%temir va boshqa metallar), pastki qatlami esa issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti yuqori bo’lgan kam magnitli po’latdan tayyorlangan. Bimetall plastinaga konstantan yoki manganin simdan tayyorlangan qizdiruvchi chulg’am4o’ralgan. Bu chulg’amning bir uchi bimetall plastina uchidagi qo’zg’aluvchi kontakt 2 bilan ulangan, ikkinchi uchi kontakt sim 5 orqali chiqish qisqichi 7 ga biriktirilgan. Qo’zg’almas kontakt 1 datchik qobig’i, ya’ni massa bilan tutashtirilgan.
Termometrning ko’rsatkichi П simon termobimetall plastina 10 dan iborat bo’lib, uning ishchi yelkasiga qizdiruvchi chulg’am 13 o’ralgan. Bimetall plastina- ning ishchi yelkasi strelka 12 ga shamirli biriktirilgan, termokompensatsiya yelkasi esa rostlanadigan sektor 11 ga mahkamlangan. Rostlash zarur bo’lganda sektor 11 o’z o’qi 14 ga nisbatan harakatlanishi mumkin.Sektor 16 elastik plastinasi 15 yordamida strelkani bimetall plastina uchidagi ilmoqqa tirab, unga shamirli asos hosil qiladi. Bu sektor rostlash tishchalariga ega. Datchik va ko’rsatkich chulg’amlari tok manbayiga ketma-ket ulanadi (1- rasm).
|
| |