-rasm. Logometrik termometrning umumiy sxemasi




Download 38,07 Kb.
bet5/12
Sana19.02.2024
Hajmi38,07 Kb.
#158547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nazorat-o’lchov asboblari bo`yicha umumiy ma’lumotlar-fayllar.org

4-rasm. Logometrik termometrning umumiy sxemasi



Termometr quyidagicha ishlaydi. (4-rasm). O’t oldirish kaliti ulanganda tok ikkita parallel zanjir orqali o’ta boshlaydi: ko’rs’atkishdagi Lx va L2 g’altaklar termokompensatsiya qarshiligi R; ko’rsatkichning L3 g’altagi - datchik termorezistori 4.
Lx va L2 g’altaklardan o’tayotgan tok qiymati asbob ishlashi davomida deyar- li o’zgarmaydi va ularda hosil bo’ladigan magnit oqimlar amalda doimiy bo’ladi. L3 g’altakdan o’tayotgan tok kuchi va demak, unda hostl bo’ladigan magnit oqimining quvvati termorezistor 4 ning qarshiligiga bog’liq. Datchik o’rnatilgan muhit harorati past bo’lganda termorezistor qarshiligi yuqori bo’ladi (4-rasm). Natijada, Z,3 g’altakdan o’tayotgan tok kuchi va unda hosil bo’ladigan magnit oqimi juda kichik bo’ladi. Bu holda L2 g’altakda hosil bo’lgan magnit oqimi, L3 g’altakdagi magnit oqimidan ancha kuchli bo’ladi. Uchta g’altak magnit maydonlarining o’zarov ta’sirida hosil bo’tgan natijaviy magnit oqim doimiy magnit 2 ni va u bilan strelka 1 ning chap tomonga, ya’ni shkalaning past Haroratlar tomoniga buraydi.
Datchik o’rnatilgan muhit harorati oshishi bilan termorezistor qarshiligi kamaya boshlaydi. Bu L3 g’altakdan o’tayotgan tok kuchi ortishiga, unda hosil bo’layotgan magnit oqimining kuchayishiga olib keladi. Bu, uchta g’altakda hosil bo’lgan magnit maydonlaming o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’lgan umumiy magnit oqimi qiymatining o’zgarishiga, doimiy magnit 2 va u bilan birga strelka 1 ning sekinasta o’ng tomonga, ya’ni shkalaning yuqori Haroratlar tomoniga burilishiga olib keladi. Shu tarzda, ko’rsatkich strelkasi datchik o’rnatilgan muhit harorati o’zgarishiga mos ravishda o’z holatini o’zgartirib turadi.
0’t oldirish kaliti o’chirilganda, harakatlanuvchi doimiy magnit 2 va karkasga joylashtirilgan doimiy magnitlar 3 ning o’zaro ta’siri natijasida strelka dastlabki, ya’ni 0 holatga qaytariladi.
Logometrik termometrlar termobimetall impulsli termometrlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Uning datchiklarida ishonchlilikni pasaytiradigan harakatlanuvchi kontaktlar yo’q. Ko’rsatkichida strelkaning harakatlanish burchagi nisbatan katta, shkaladagi ma’lumotni tez va yengil o’qish imkoniyati bor. Logometrik ko’rsatkichning o’lchash aniqligiga tok manbayining kuchlanishi va atrof-muhit harorati deyarli ta’sir ko’rsatmaydi, chunki bulaming o’zgarishi uchta g’altakdagi magnit maydonga proporsional ta’sir ko’rsatib, natijaviy magnit oqimi o’zgarmay qoladi, demak strelkaning holati ham o’zgarmaydi.

Download 38,07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 38,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Logometrik termometrning umumiy sxemasi

Download 38,07 Kb.