198
QISHLOQ XO’JALIGI EKINLARINI JOYLASHTIRISHDA SUN’IY YO’LDOSH
MA’LUMOTLARINING AHAMIYATI
Ro’zimov Surojbek Norbek o’g’li,
Bekmurodova Muyassar Yodgor qizi-
“Urganch Davlat Universiteti” magistrantlari
Annotatsiya
Ushbu maqolada bugungi kunda qishloq xo’jaligini o’rganishda , ekinlarni joylashtirishda
va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini takomillashtirishda, to’g’ri taqsimlashda sun’iy yo’ldosh
ma’lumotlarini ahamiyati ko’rsatilgan. Sun’iy yo’ldosh ma’lumotlarining sohada
ishlatilishi , ulardan olingan ma’lumotlarning aniqlilik darajalari haqida yoritib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Qishloq xo’jaligi, ekinlarni joylashtirish, sun’iy yo’ldosh, qishloq xo’jalik
tarmoqlari, sun’iy yo’ldosh ma’lumotlarining ahamiyati.
Kirish.
Ilm-fan taraqqiyoti natijasida sun’iy yo’ldoshlarning
yaratilishi uzoq
masofadan turib yer yuzasiga oid ma’lumotlarni olish va ularni tahlil qilishda geografik
fanlar taraqqiyotida muhim rol o’ynamoqda. Kosmik fazodan turib yer yuzasini o’rganish
dastlab 1960-yildan boshlangan bo’lsa, 1972-yil Landsat va 1984-yilda SPOT
platformalarining ish boshlashi bugungi kunda yer yuzasini o’rganish imkoniyatlari yanada
yuqori pog’onaga olib chiqdi. Aynan shunday yo’ldoshlardan foydalanish, tasvirga oluvchi
moslamalarni ishlash muddatini uzaytirib, yer yuzasining kichik o’lchamdagi ob’ektlarini
va
katta maydonlarini sifatli, qisqa vaqtda ko’p marotaba fotosuratlarga olish imkonini
beradi.
Bundan tashqari, olingan sur’atlar natijalarini raqamlar shaklida yerga uzatish
imkoniyati ulardan foydalanish va qayta ishlash uslublarini yanada kengaytiradi. Fazoviy
tasvirlash materiallarini birlamchi
raqamlar shaklida berilishi, elektron hisoblash
texnikasidan to’la qonli foydalanishni taqozo etadi. Kompyuterlar
yordamida raqamli
ma’lumotlarni turli uslubda qayta ishlash, tasniflash, kodlash va boshqa ma’lumotlar bilan
taqqoslash imkoniyatlari yuzaga keladi.
68
Xorijiy mamlakatlardagi ilmiy tadqiqot
institutlarida turli yo’nalishlardagi geologik muammolarni hal qilishda, asosan yer ustining
raqamli tasvirlaridan olingan fotoma’lumotlarni qo’llash jarayoni rivojlanib bormoqda.
68
wikipedia