200
hisoblanadi, ya’ni yerga ishlov berish yo’li bilan ishlab chiqarishga ta’sir etib , undan hosil
yetishtirib oladilar. Yer bir paytda ham mehnat predmeti sifatida ham mehnat quroli sifatida
qishloq xo’jaligida yuzaga chiqadi. Shu darajada yuqori ahamiyatga ega bo’lgan yer doimiy
nazorat
qilib turish, uni to’g’ri taqsimlash va asrash uchun yer to’g’risida doimiy
ma’lumotga ega bo’lish muhim hisoblanadi. Yer to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida
respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i bo’lgan qishloq xo’jaligini manfaatli
yo’lga qo’yish, tarmoqlarini to’g’ri taqsimlash, ulardan oqilona foydalanish har birimizning
burchimizdir. Yer tabiatda chegaralangan, uni insoniyat xohlaganda ko’paytirish
imkoniyatiga ega emas. Demak yagona to’g’ri yo’l – mavjud
yer resurslaridan samarali
foydalanishdir.
Qishloq xo’jaligini monitoring qilish, doimiy nazoratni olib borishda va xaritaga
olishda sun’iy yo’ldoshlardan olingan ma’lumotlarning ahamiyati juda katta.
Respublikamizda qishloq xo’jaligiga raqamli texnologiyalarni tadbiq etish,
zamonaviy
texnologiyalarni qo’llash orqali maydonlari va ekinlarini obyektiv xaritalashga doir ishlarni
amalga oshirish yuzasidan juda katta ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Buni isboti sifatida
Qishloq xo’jaligi vazirligi, OneSoil, Boston Consulting Group kompaniyalari bilan
hamkorlikda O’zbekistonda qishloq xo’jaligida sun’iy yo’ldosh ma’lumotlaridan
foydalanishga doir bitim imzolanganini ko’rishimiz mumkin.
Sun’iy yo’ldoshlar bizga har qanday ob-havo sharoitida ham butun yer maydoni
haqida ma’lumot bera oladi. Vaqt jihatdan ham ancha qulay hisoblanadi. Ayniqsa qishloq
xo’jaligi yelarini kuzatishda, baholashda va ularni xaritaga olishda katta ahamiyatga ega.
Qishloq xo’jaligi sohasi mamlakat iqtisodiyotida nechog’lik muhim bo’lsa, sun’iy yo’ldosh
ma’lumotlari qishloq xo’jaligini
manfaatli tashkil qilishda, ekinlarni joylashtirishda va
baholashda juda muhim. Sun’iy yo’ldoshlarning juda katta qulayliklari mavjud bo’lib,
xohlagan mavsumda va istalgan joy haqida turli ma’lumotlarni olish mumkin. Bu
ma’lumotlar yerdan foydalanuvchi, yer maydonlarni taqsimlovchi va baholovchi har bir
kishi uchun zarur hisoblanadi. Ayniqsa, yer maydonlarini kartaga olish , qishloq xo’jaligi
tarmoqlarining joylashuvi va boshqa zarur ma’lumotlarni ham sun’iy yo’ldoshdan olingan
suratlar yordamida olishimiz mumkin.
201
2008-yildan boshlab, 150 dan ortiq yerni kuzatuvchi sun’iy yo’ldoshlar
orbitada
bo’lib, passiv va faol sensorlar bilan ma’lumotlarni yozib olishdi va har kuni 10 terabitdan
ko’proq ma’lumot olishdi. Bugungi kungacha sun’iy yo’ldoshlarning bundanda
takomillashgan avlodlari yaratib kelinmoqda. Ularning qulayliklari ko’p, ma’lumotlarning
aniqlilik darajasi ham farqi ravishda yuqori darajaga ega. Yer maydonlarini tasvirga olish
jarayonida, yerlarning maydoni, ekin turlari, suv obyektlari , bino va inshootlar haqida va
yerlarning sho’rlanish darajasini ham aniqlanish imkoniyatiga ega. Sun’iy yo’ldoshlar
funksiyasidan kelib chiqib turli muddatlar ichida yerni suratga olib, u haqida ma’lumotlarni
yetkazib beradi. Sun’iy yo’ldosh ma’lumotlari yordamida NDVI (o’simliklar biomassa)
aniqlanish imkoniyati va raqamli (elektron) kartalar yaratish imkoniyati ham mavjud.
Mavsumiy ma’lumotlar tahlil qilinish natijasida prognoz (bashorat) kartalari yaratiladi.
Masalan, Sentinel-2 10-60metr balandlikdan tasvirga olish imkoniyatiga ega bo’lib, uchish
davri 5 kunni tashkil qilsa, Lansat-8 15-120 metr balandlikda harakatlanadi , uchish davri
16 kunni tashkil qiladi, Modis 250-1000 metr balandlikda, harakat davri 1 kun hisoblanadi.
Bizga zarur bo’lgan ma’lumotlardan kelib chiqib turli sun’iy yo’ldosh ma’lumotlaridan
foydalangan holda ish olib borishimiz mumkin. Shu bilan bir qatorda ular turlicha aniqlikka
ega.
Sentinel-2 sun’iy yo’ldoshining 2021- yilma’lumotlari asosida Xorazm viloyati Urganch shahar yashil qoplama bilan
qoplanganlik darajasi kartasi