25- modul: Metallarni bosim bilan ishlash asoslari
Reja:
1. Bosim bilan ishlashning tub manosi. Asosiy usullari.
2. Metallarni prokatlash Prokatlash etaplari tuzilishi.
3. Truba prokatlash. Metallarni kiryalash, presslash usullari, texnologiyasi.
Materiallarni bosim bilan ishlash usullari
Metallurgiya va mashinasozlik sanoatining turli tarmoqlarida metallarni bosim
bilan ishlash usullari borgan sari keng tarqalmoqda. Bu usullarda plastik
zagotovkalarning katta tezlikda, serunum ishlanishi oqibatida sifatli mahsulotlar
ishlab chiqarilmoqda.
Quyida bu usullarning asosiylari va ular haqida ma‟lumotlar keltirilgan.
1. Prokatlash. Bu usulda yirik quyma zagotovkalarni prokatlash mashina
(stan)larning qarama qarshi yoki bir tomonga aylanuvchi juvalari oralig‟idan ezib
o‟tkazib ishlashga prokatlash deyiladi. Bunda zagotovka hajmi o‟zgarmasada,
shakli va o‟lchamlari o‟zgaradi. Prokatlashning quyidagi turlari mavjud:
a)
Bo’ylama prokatlash. Bu ishlovda zagotovkalarni prokatlash
mashinalarining qarama –qarshi tomonga aylanuvchi juvalar oralig‟idan bo‟yiga
ezib o‟tkazib ishlashga bo‟ylama prokatlash deyiladi (–rasm, a).
b) Ko’ndalangiga prokatlash. Bu ishlovda zagotovkalarning o‟qlari parallel
yoki ma‟lum burchak bo‟yicha o‟rnatilgan prokat mashinasining juvalari orasidan
ezib ko‟ndalangiga o‟tkazish bilan ishlashga ko‟ndalangiga prokatlash deyiladi (–
rasm, a).
2. Presslash. Bu ishlovda zagotovkalarni presslash mashinasining (konteyner
deb ataluvchi) xoval tsilindriga kiritilib, puansoni bilan siqib, matritsa deb
ataluvchi asbob ko‟zidan ezib chiqarib ishlashga presslash deyiladi (–rasm, b).
3. Kiryalash. Bu ishlovda zagotovkalarning kirya deb ataluvchi, ko‟ndalang
kesim shakli va o‟lchami asta –sekin kichrayib boruvchi asbob ko‟zidan tortib
o‟tkazib ishlashga kiryalash deyiladi. Bunda zagotovkalarning ko‟ndalang kesim
shakli kirya ko‟z shakliga o‟tib kichrayadi va bo‟yiga uzayadi (–rasm, v).
|