Metallarni qizitgich qurilmalarida qizdirish




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana29.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#128951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Lecture-25

Metallarni qizitgich qurilmalarida qizdirish. Metallarni issiq holda 
bosim bilan ishlaganda, uning plastikligi yaxshilanadi. Metal qizdirilganda 
deformatsiyaga qarshiligi 15-20 marta kamayishi mumkin. Lekin metalni kerak 
bo„lgan temperaturagacha qizdirish va ushlab turish vaqti metalni kuyidindiga 
chiqishdan saqlaydigan bulsin. Qizdirish noto„g„ri bo„lsa, metalda nuqsonlar 
bo„ladi (yoriq, uglerodsizlanish, ko„p oksidlanadi, metal kuyib qolishi mumkin). 
Metalni issiqlik o„tkazuvchanligi uni qizdirilayotgan vaqtda katta rol 
o„ynaydi. Chunki metalni yuza qismi oson qizib, ichki qismi yomon qizishi 
mumkin. Natijada uni qizdirish uchun ko„p vaqt sarf bo„ladi. Po„lat tarkibida С ni 
% miqdori oshishi bilan issiqlik o„tkazuvchanligi kamayadi. 
Misol: 0.1 % С li po„latni issiqlik o„tkazish koeffitsiyenti 46.5 % bo„lsa, 1.5 % С li 
po„latniki esa 32 % bo„ladi. 
Legirlangan po„latlarni issiqlik o„tkazuvchanligi yuqori bo„ladi. Legirlovchi 
elementning (%) miqdori ko„p bo„lsa, shuncha yaxshi issiqlik o„tkazuvchan 
bo„ladi. 
Metalni qizishi natijasida uning kengayishi har xil qatlamlarda hosil bo„ladi. 
Metalni yuza qatlamini ichidagi qatlamga nisbatan ko„prok kengayadi. 
Tashqi qatlam kengayishini ichki qatlam bir muncha tormozlaydi va tashqi 
qatlam hisobiga majburan cho„ziladi. Natijada ichki kuchlanish hosil bo„ladi. 
Bunday kuchlanishni issiqlik kuchlanishi deb yuritish qabul qilingan. Bu 
kuchlanishlar qatlamlar o„rtasidagi temperatura farqiga qarab ko„p va oz bo„lishi 
mumkin. 
Ba‟zan katta quyma va detallar qizdirilganda darz ketishi mumkin. Metalni 
qizitish natijasida oksidlanadi, natijada po„latni yuza qismida kuyindi hosil bo„lib, 
bu metallni miqdorini kamayishiga sabab bo„ladi. Ba‟zi vaqtlarda kerak bo„lgan 
shakldagi detalni olishda zagotovka bir necha marta qizdiriladi va isrof 5% yetadi. 
Metalni kuyindiga chiqarishni kamaytirish uchun kam havoli yonilg„i ishlatish
ya‟ni toza kislorodli havodan kamroq foydalanish, metalni belgilangan vaqtda va 
temperaturada qizdirish bilan erishish mumkin. 
Agar metalni 900 
0
С da oksidlanishi 1 ga teng bo„lsa, 1000 
0
С va 1200
0
С 
da 5 ga teng bo„ladi. 
Metallni qizdirish natijasida uglerodsizlanadi, bu buyum sifatini 
yomonlashtiradi. Ba‟zi vaqtlarda oksidsiz kameralarda qizdirish yo„li bilan metal 
oksidlanishini va kuyindisini kamaytirish mumkin. 


Metalni kritik nuqtalaridan yuqori temperaturada qizdirilganda uni 
strukturasidagi donlar o„sa boshlaydi. Temperatura oshishi vaqt o„tishi bilan donlar 
ham tez kattalashadi. Buni natijasida po„latni mexanik xususiyati pasayadi. Bunday 
hodisani ortiqcha qizdirish deb ataydilar. 
Temperaturani ko„tarilishi natijasida metall strukturasida donlarning 
bog„langanligi buziladi va po„lat juda mo„rt bo„lib, cho„zilgan vaqtda uziladi. 
Bunday hodisani normal temperaturadan 100-120

С yuqoriroq hollarda 
kuzatiladi.

Download 0,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallarni qizitgich qurilmalarida qizdirish

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish