2000S past temperatura qabul qilinadi. Bu esa yuqori temperaturalargacha metalni
qizdirishda kichik va katta donlarni qo„shilib ketishi xisobiga donlar o„lchamini tez
o„sishi bilan bog„liq. Bu hodisaga “peregrev” – “ortiqcha qizdirish” deyiladi.
Ortiqcha qizdirilgan metal zarbga qarshiligi past (past qovushqoqlik) plastik
deformatsiyalashda metalda darzlar paydo bo„lishi mumkin.Ortiqcha qizdirilgan
metal strukturasini donlarni maydalash yo„li bilan to„g„rilash mumkin. Buning
uchun dastlab metalni sovutish kerak, so„ngra ma‟lum temperaturagacha qizdirib
yumshatish lozim bo„ladi. Metalni yanada yuqori temperaturalargacha qizdirganda
(suyuqlanish temperaturasiga ya‟ni temperaturalarga), nafaqat donlarni o„sishi,
hamda donlarning chegaralarida oksidlanish sodir bo„ladi,
bunda donlar orasida
paydo bo„ladi va ular orasidan mexanik bog„lanish buziladi.
Bu hodisaga “perejog” – “kuyib ketish” deyiladi. Kuygan metal
deformatsiyalanishda bo„lak-bo„laklarga bo„linib ketadi. Kuygan metal qizdirib
yumshatish bilan to„g„rilab bo„lmaydi, kuygan metalni qayta eritishga yuborishga
to„g„ri keladi.
Metalni deformatsiyalash tamom bo„ladigan oxirgi temperatura
qo„yidagilarga asosan aniqlanadi. Birinchidan, bosim bilan ishlashning oxirgi
temperaturasi shunday bo„lishi kerakki, metalni deformatsiyalashda rekristallanish
jarayoni o„tib ulgurishi, ya‟ni naklep paydo bo„lmasligi, bunda plastiklik kamayadi
va metalda darzlar vujudga kelishi mumkin. Ikkinchidan, yuqori temperaturalarda
metalni deformatsiyalash ham to„g„ri bo„lmaydi,chunki
deformatsiyadan keyin
metal donlari o„sishga ulguradi, metalning strukturasi katta donli bo„ladi va bu esa
o„z navbatida metalning past mexanik xossali bo„lishiga olib keladi.Ana shunga
ko„ra, uglerodli po„latlarga ishlov berishning oxirgi temperaturasi 760-800 0S
intervalida tayinlanadi. Po„lat ko„pincha qizdirilgan holda bosim bilan ishlanadi.
Po„latni qizdirilgan holda ishlash uchun qizdirish temperaturasi uning qayta
kristallanish temperaturasidan ancha yuqori bo„ladi. Bunday po„latda paydo
bo„ladigan tirishish qayta kristallanish natijasida o„z-o„zidan yuqoladi. Demak,
qizdirish tufayli bosim bilan ishlanganda po„latda tirishish hodisasi bo„lmaydi.
Qizdirish temperaturasini shunday tanlash kerakki, unda qo„yilgan natijaga
erishish zarur. Agar po„lat qizdirib yuborilsa, metal kuyib qoladi. Yetarli darajada
qizdirilmasa, tirishishni asorati qoladi.
Uglerodli po„latlarni bosim bilan ishlashda qizdirish temperaturasini tanlash,
uning tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab belgilanadi.
0.1 % С bo„lgan po„latlar 1200
0
С gacha
0.2 % С bo„lgan po„latlar 1150
0
С gacha
0.3 % С bo„lgan po„latlar 1100
0
С gacha
0.6 % С bo„lgan po„latlar 1005
0
С gacha
Har bir po„lat markasi bo„yicha qizdirish temperaturasi po„latni
ximiyaviy
tarkibiga qarab, temir-uglerod holat diagrammasidan qabul qilinadi.
Ma‟lumki, metalda hosil bo„lgan tirishish termik ishlash natijasida yuqoladi.
Metalni issiqlayin bosim bilan ishlaganda uni strukturasi va xususiyati
deformatsiya rejimiga bog„liq bo„lib, qizdirish temperaturasiga, deformatsiya
qiymatiga, deformatsiya tezligiga va sovutish rejimiga bog„liq bo„ladi. Qoida
bo„yicha toza metallar qotishmalarga nisbatan ancha plastik hisoblanadilar.
Qotishma tarkibidagi ba‟zi bir element(R, S)lar qotishmaning plastikligini
yomonlashtiradi va mo„rt qilib qo„yadi. Ayniqsa, S ko„proq bo„lsa,
yuqori
temperaturalarda yorilishi mumkin.
Har xil ligerlovchi elementlar qotishmaning plastikligini yomonlashtirishi
yoki yaxshilashi mumkin.
Temperatura oshishi bilan (400
0
С gacha) ba‟zi metallarning plastikligi bir
muncha kamayadi, so„ng yaxshilanadi. Boshqa ba‟zi bir metallarning esa,
temperatura oshishi bilan plastikligi ham oshaveradi.
Deformatsiyani sifati va qiymati unga qo„yilgan kuchlarning sxemasiga
bog„liq. Odatda, metallar siqilgan vaqtda yaxshi deformatsiyalanishi uchun sharoit
tug„iladi.
Metallarning bosim ostida ishlaganda uning yuzasiga
asbob tegadi va bir
muncha ishqalanish kuchi hosil bo„ladi. Bu kuchni tashqi ishqalanish kuchi deb
yuritiladi. Ishqalanish kuchini kamaytirish uchun yopishmaydigan har xil moylar
ishlatiladi.
Sovuqlayin bosim bilan ishlashda suyuq moylar pastalar va maxsus
qoplagichlar ishlatiladi. Shuni ham aytish kerakki, metallarni bosim bilan ishlagan
vaqtda, ancha metal chiqindilari chiqadi. Lekin metallarni bosim bilan ishlash
to„xtovsiz o„sib, takomillashib bormoqda. Ish unumi ko„paytirilyapti, chiqindi
kamayapti, operatsiyalar mexanizatsiyalashtirilmoqda va avtomatlashtirilmoqda.
Yangi operatsiyalar joriy qilinmoqda.
Bosim
bilan erisha olmagan shakl, o„lchamga keyinchalik qirqib ishlash
bilan, termik ishlash bilan erishiladi.