• Bosim ostida ishlov berish asoslari
  • 25- modul: Metallarni bosim bilan ishlash asoslari Reja




    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/12
    Sana29.12.2023
    Hajmi0,79 Mb.
    #128951
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Lecture-25

    4. Bolg’alash. Bu ishlovda zagotovkalarni bolg‟alash mashinaning pastki 
    boyogi muhrasiga (dastaki bolg‟alashda sandonga) qo‟yib, ustki boyogi muhrasi 
    bilan zarblab ishlashga bolg’alash deyiladi (–rasm, g)


    5. Hajmiy shtamplash. Bu ishlovda zagotovkalarni shtamp deb ataluvchi 
    asbobning pastki palla o‟yig‟iga qo‟yib, ustki pallasi bilan zarblab ishlash hajmiy 
    shtamplash deyiladi (–rasm, d). 
    6. List shtamplash. Bu ishlovda list zagotovkalarni matritsa deb ataluvchi 
    asbob ustiga qo‟yib, chetlari qisish xalqasi bilan qisilib ularni press mashina 
    puansoni bilan ezib, uni matritsa o‟yig‟iga kiritib ishlashga list shtamplash 
    deyiladi (–rasm, ye). 
     
     
    Metallarli bosim bilan ishlash usullarining asosiy turlari: 
    a –prokatlash; b –presslash; v –kiryalash; g –bolg‟alash; d –hajmiy shtamplash; ye 
    –list shtamplash. 
    Bosim ostida ishlov berish asoslari 
    Metallarni bosim ostida ishlash mohiyati shundan iboratki, plastik metal va 
    qotishmalar tashqi kuch yoki bosim ta‟sirida tashqi shaklini o„zgartiradi va ta‟sir 
    to„xtatilgandan so„ng shu shaklini saqlab qoladi, ya‟ni plastik deformatsiyalanadi. 
    Shunga ko„ra mo„rt metallar (cho„yan, bronza)ni bosim ostida ishlab bo„lmaydi. 
    Metallarni bosim ostida ishlash ko„p vaqtlardan buyon ma‟lum bo„lsada, bu 
    usul eng progressiv hisoblanadi. Chunki metalni chiqindiga chiqarish kam 
    miqdorda, ish unumi katta va olingan mahsulot yuqori bo„ladi. Chunki bosim 
    ostida ishlash natijasida metalni fizik-mexanik xossalari yaxshilanadi. 


    Bosim ostida metal ishlansa, uni shaklini o„zgartirishdan tashqari, uning 
    ichki tuzilishi hamda xossalari ham o„zgaradi.
    Metallarni bosim ostida ishlash usuli bilan 80 % ko„proq eritilgan po„lat 
    qayta ishlanadi. Rangli metall va qotishmalarni 60 % dan ko„p qismi, shuningdek, 
    plastmassalar va metalmaslarni ko„p qismi bosim ostida ishlanadi. 
    Bosim ostida ishlash bilan og„irligi 10 g dan 100 tonnagacha bo„lgan 
    zagotovkalar, yarim fabrikatlar, buyumlar, detallar olinadi. 
    Bosim ostida ishlash juda murakkab jarayon bo„lib, buyumni tashqi sirtida 
    va ichida ancha o„zgarishlar bo„ladi. Buyumda fizik va mexanik o„zgarishlar sodir 
    bo„lishiga olib keladi. Detal tashqi kuch ta‟sirida avval elastik, so„ng plastik 
    deformatsiyalanadi. 
    Plastik deformatsiyani ikkita qonuni bor: 
    1. Hajmlarining o„zgarmasligi qonuni, ya‟ni metalni bosim ostida 
    ishlanganga qadar bo„lgan hajmi bosim ostida ishlangandan keyingi 
    hajmga teng bo„ladi. 
    V

    = V
    1
    2. Kichik qarshilik qonuni. 
    Deformatsiyalangan metal qaysi tomonda qarshilik kichik bo„lsa, o„sha tomonga 
    oqadi. 
    Р
    1-rasm. Deformatsiya natijasida jismning oqishi 
    Metallarga bosim ostida ishlov berish (MBIB) – metallarni plastik 
    deformatsiyalash usuli bilan mashinasozlik profillari va zagotovkalar olish 
    jarayonidir. 
    Deformatsiya – tashqi kuchlar ta‟sirida jismning shakl va o„lchamlarini 
    o„zgarishidir. 


    Kuchlanish – tashqi kuch ta‟siri ostida jismda vujudga keladigan yoki 
    materialda xajm o„zgarishi bilan bog„liq sodir bo„ladigan fizikaviy – ximiyaviy 
    jarayonlar natijasida hosil bo„ladigan ichki kuchlar o„lchovidir. 
    Elastik deformatsiya deb, kuch ta‟sirida vujudga keladigan deformatsiyaning 
    ta‟sir to„xtatishi bilan to„liq yo„qolishiga aytiladi. 
    Plastik (qoldiq) deformatsiya esa kuch ta‟sirida vujudga kelgan 
    deformatsiyaning, kuch ta‟siri olingandan keyin ham saqlanib qolishidir. 
    Metallarga bosim ostida ishlov berish jihozlariga metallarga bosim bilan 
    ishlov berish mashinalari kiradi. Metallarga bosim ostida ishlov berish asboblari 
    MBIB mashinalarida o„rnatiladigan va deformatsiyalanadigan metalga bevosita 
    ta‟sir ko„rsatadigan moslamalar kiradi. 
    Metalning quyma strukturasi – suyuq metalning kristallanishi natijasida 
    olingan metal tuzilishi; dendrit (kristal) – quyma metalning strukturasini tashkil 
    etuvchisi hisoblanadi.
    Metalning deformatsiyalangan strukturasi – metalning quyma strukturasi bir 
    marta yoki ko„p marta plastik deformatsiyalash natijasida olingan metal tuzilishi; 
    don (kristallit) – deformatsiyalangan metalning struktura tashkil etuvchisidir. 
    Plastik deformatsiyalanish darajasi – jismning deformatsiyalanishi natijasida 
    o„lchamlarini o„zgarishini ko„rsatuvchi o„lchov birligidir. 
    Deformatsiya tezligi – vaqt birligi ichida deformatsiya darajasini 
    o„zgarishidir. 
    Deformatsiyalanish tezligi – deformatsiyalaydigan asbobning harakat tezligi. 
    MBIB – metal materiallardan buyumlar (mahsulotlar) olishning keng 
    tarqalgan va ilg„or usullaridan biridir. 
    Bu usul metalning plastiklik xossasiga asoslangan. 
    MBIB – ikkita asosiy maqsadni ko„zlaydi: 
    1) Oddiy shaklli zagotovkalardan fason buyumlar olish
    2) Quyma metalning mexanik xossalarini oshirish uchun kristallik 
    (tuzilishini) strukturasini yaxshilash; Quyiladigan po„latning 90 % i, rangli metall 
    va qotishmalarning 55 % i bosim ostida ishlov beriladi.
    MBIB jarayonlarini keng tarqalishi quyidagicha tushuntiriladi: 


    1) Jihozlarning yuqori unumdorligi, bunda bosim bilan ishlov berish 
    mashinalarning ishchi organlari harakatning oddiy turlari – aylanma yoki 
    ilgarilanma harakat qilib, bu harakat yuqori chastotalarda bajariladi. 
    2) Plastik deformatsiyalashdan so„ng metall mexanik xossalari oshishi evaziga 
    buyum (mahsulot)ning ishonchliligini ortishi; 
    3) Jarayonning tejamkorligi, MBIBda chiqindilar 20-25% dan ortmaydi, ko„p 
    hollarda 5-10% bo„ladi.

    Download 0,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    25- modul: Metallarni bosim bilan ishlash asoslari Reja

    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish