Metal strukturasi va xossalariga ishlov berishining ta’siri




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana29.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#128951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Lecture-25
Машғулот 22.03.2023 дастури, buddavijlik dini
 Metal strukturasi va xossalariga ishlov berishining ta’siri 
Bosim bilan ishlov berishda metall sovuqlayin yoki qizdirilgan holda 
deformatsiyalanadi. Shunga ko„ra, metallarni sovuqlayin va issiqlayin 
deformatsiyalashga bo„linadi. 
Sovuqlayin deformatsiyalashda donlar shakli o„zgaradi, metalning oqishi 
yo„nalishi 
bo„yicha 
cho„ziladi 
(1-rasm). 
Metalning 
mikrostrukturasi 
(“poloschatoy”) yo„l – yo„lsimon bo„lib qoladi. 
2-rasm. Metal strukturasini o„zgarishi 
Bosim ostida ishlashni sovuq va issiq hollarda bajarish mumkin. Metalni sovuq 
holda bosim ostida deformatsiyalab, uni xossalarini o„zgarishiga tirishish deb 
aytiladi. Bunda metallarning elastikligi, issiqlik o„tkazuvchanligi, elektr 
o„tkazuvchanligi, korroziyaga chidamliligi yomonlashadi.
Tirishish- holati normal kristal panjaralarni tashqi kuch ta‟sirida o„zgarishi bo„lib, 
kuch ta‟siri natijasida panjarada siljishlar hosil bo„ladi 


в)
3-rasm. Deformatsiyada kristall panjaraning o„zgarishi. 
Xuddi shunday, bosim bilan ishlov berishda metalning mexanikaviy
fizikaviy va ximiyaviy xossalari ham o„zgaradi. Deformatsiyalanish darajasi ortishi 
bilan metalning mustahkamlik va qattiqligi oshadi, plastikligi va qovushqoqligi 
kamayadi. Bir vaqtning o„zida metalning elektr qarshiligi oshishi, korroziyaga 
qarshiligi, issiqlik o„tkazuvchanligi kamayadi.
Sovuqlayin 
plastik 
deformatsiyalanish jarayonida metalning mexanikaviy va fizikaviy himiyaviy 
xossalarini o„zgarishi bilan bog„liq xodisalar yig„indisiga mustahkamlanish 
(naklep) deyiladi. 
Naklep hisobiga metal mustahkamlik xossalarini ortishiga bir tomondan 
foydali hodisa (buyumlarda metalning oshirilgan mustahkamlik va ishonchlilikka 
ega bo„lishi) sifatida qarash mumkin. 
Ikkinchi tomondan naklep bosim bilan sovuqlayin ishlov berishda metalning 
yemirilishi xavfi bilan bog„liq sezilarli deformatsiyalanishiga imkon bermaydi. 
Bunday holda metalni sovuqlayin deformatsiyalanish jarayonini to„xtatib, naklepni 
bartaraf qilishga to„g„ri keladi.
Metalning naklepi rekristallizatsion yumshatish yo„li bilan bartaraf qilinadi. 
Sovuqlayin deformatsiyalangan metalni belgilangan temperaturagacha 
qizdirilganda, unda deformatsiyalangan donlar o„rniga yangi muvozanatdagi 
donlarning vujudga kelishi, paydo bo„lishi va o„sishi sodir bo„ladi. Bu hodisaga
rekristallizatsiya deyiladi. Rekristallizatsiya boshlanadigan temperatura metalning 
suyuqlanish tempereturasiga bog„liq:
Т rekr = k* Т suyuq, 
bu yerda k – metalning tarkibi va stukturasiga bog„liq koeffitsent (texnik yuza 
metallarda k = 0,3 ...0,4; qotishmalarda k = 0,5 ...0,6 bo„ladi); T suyuq – 
metalning absolyut suyuqlanish temperaturasi. Sovuqlayin deformatsiyalangan 


metalning rekristallanishi natijasida dastlabki struktura va xossalari tiklanadi. 
Buning natijasida metalning mustahkamlanishi to„liq bartaraf qilinadi. Ana 
shundan so„ng sovuqlayin holatda metallni deformatsiyalanishini jarayonini davom 
ettirish mumkin. 
Shunday qilib, naklepning salbiy ta‟siri natijasida buyumni tayyorlash 
texnologiyasi jarayonlariga yana metalni qo„shimcha yumshatish operatsiyalarini 
ham kiritish evaziga jarayonni murakkablashuvi hisoblanadi.
Issiqlayin deformatsiya deb, metalning shunday deformatsiyalash jarayoniga 
aytiladi-ki, bunda zagotovkaning butun hajmi bo„yicha bir vaqtning o„zida naklep 
bilan birgalikda rekristallanish jarayoni bo„lib o„tadi. Issiqlayin deformatsiyalashda 
zagotovkani qizdirish temperaturasi metalning rekristallanish temperaturasidan
yuqori bo„lishi kerak. Bu holda metal strukturasi teng o„qli bo„ladi, 
mustahkamlanish esa izsiz yo„qoladi.
Shunday 
qilib, 
deformatsiyalangan 
metalda 
mustahkamlanish 
va 
mustahkamlanishini yo„qotish jarayonlarini sodir bo„lish darajasiga ko„ra 
metallarni sovuqlayin va issiqlayin bosim bilan ishlash turlariga bo„linadi.
Sovuqlayin bosim bilan ishlov berishda metalda naklep sodir bo„ladi va 
rekristallanish jarayoni bo„lmaydi. Metalllarga sovuqlayin bosim bilan ishlov 
berish jarayoni rekristallanish temperaturasidan past temperaturalarda amalga 
oshiriladi. 
Issiqlayin bosim bilan ishlov berishda naklep sodir bo„ladi, bu naklep bir 
vaqtning o„zida sodir bo„ladigan rekristallizatsion jarayonlarni yo„q qiladi, ya‟ni 
metallning deformatsiyalanishi esa uning mustahkamlanishisiz amalga oshadi. 
Metal deformatsiyalanishi jarayonida o„zini yuqori plastikligini saqlaydi. Issiqlayin 
bosim bilan ishlov berish rekristallanish temperaturasidagi yuqori temperaturalarda 
amalga oshiriladi. 
Metallarga bosim ostida sovuqlayin ishlov berishda buyum yuzasi sifatini 
yaxshi bo„lishi (qizdirish yo„qligi) va o„lchamlarini ancha aniq bo„lishi, detallarni 
(naklep hisobiga) ancha yuqori ekspluatatsion xossalariga ega bo„lishi, ishlab 
chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun qulay 
sharoitlar mavjud bo„ladi. 
Metallarga bosim ostida ishlov berish kam kuch nagruzkasi ostida 
deformatsiyalanish, deformatsiyalanadigan metalning yuqori darajadagi plastikligi 
(qizdirish 
hisobiga) 
bilan 
xarakterlanadi. 
Shuning 
uchun 
issiqlayin 
deformatsiyalash jarayonini o„lchamlari katta bo„lgan metal buyumlarni, qiyin 


deformatsiyalanadigan, kam plastiklikka ega metal va qotishmalarni xamda quyma 
zagotovkalarni tayyorlashda qo„llash maqsadga muvofiq. 
Ko„pincha, bosim bilan issiqlayin ishlov berishda metalning dendritli katta 
kristalli strukturasi buziladi; qisman g„ovaklik va cho„kish nuqsonlari bitadi; 
metalni rekristallanish evaziga mayda donli strukturasiga ega bo„linadi. Bularni 
barchasi deformatsiyalangan metalning mexanik xossalarini yuqori bo„lishiga olib 
keladi. 

Download 0,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metal strukturasi va xossalariga ishlov berishining ta’siri

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish