Yupqa listlarni chiqarish uchun to„xtovsiz ishlaydigan stanlar bo„lib, kletda
jo„valar toza va dag„al bo„lib, toza kletdan o„tganda listlar yuzasi toza bo„ladi.
Listlarning yoyishda uni yuzini tozaligi katta rol o„ynaydi. Zagotovka
qizdirilganda uni yuzida oksidlar hosil bo„ladi. Shuning uchun uni yuzini tozalash
kerak. Tozalash uchun list yuzalarini 15-20 % li H
2
SО
4
bilan
ishlob berilib
tozalanadi, yuviladi va quritiladi.
Trubalarni yoyish
Trubalar xalq xo„jaligini turli sohalarida keng ishlatiladigan material
hisoblanadi.
Vazifasiga ko„ra trubalar uglerodli, legirlangan konstruksion po„latlardan
va rangli
metall qotishmalaridan yoyish, payvandlab va presslash usullari bilan
olinadi.
Ishlab chiqarish usuliga qarab chokli va choksiz trubalar bo„lishi mumkin.
Chokli trubalar uchun boshlang„ich material - po„lat listlardan tayyorlangan
trubani yoyilmasi asosida kesib olingan zagotovka bo„lib, uni maxsus qurilmalarda
list yoyish stanlarida bukiladi va choklari payvandlanadi. Choklarni payvandlashni
ikki usuli bo„lib, birinchi usulda truba zagotovkasi qirralari maxsus qurilmalarda
1300-1350
0
С qizdirilib havo yoki kislorod berilib qirralari ulanadi. Bu usul bilan
diametri 75-165 mmli trubalarni olish mumkin.
Ikkinchi usul bilan diametri 540-1620 mmgacha, qalinligi 5-20 mm bo„lgan
gaz, suv trubalari elektr yoyli payvandlash bilan olinadi.
Bu usul bilan mustahkam chokli trubalar olish mumkin.
Chokli trubalarni olish uch bosqichdan iborat:
1. Truba zagotovkasini qirqish stanlarida qirqish va zagotovkani list qayirish
stanlarida egib, truba holiga keltirish;
2.
Truba qirralarini payvandlash;
3. Payvandlangan trubani kalibrlab, list qayirish stanlarida truba zagotovkasini
birin-ketin stankalardan o„tkazib olinadi.
Truba qirralarni payvandlash elektr yoyi bilan yoki
gazli payvandlash bilan
bajariladi.
Truba qirralarini issiq holda payvandlab biriktirishlarda zagotovka maxsus
pechlarda 1300-1350
0
С qizdirilib, havo yoki kislarod purkalib biriktiriladi.
Ba‟zan issiqlik bilan payvandlashning maxsus konveyyer tipidagi
ustanovkalarda ham bajarish mumkin.
Bunda truba zagotovkasi konus teshikdan o„tkazilib,
truba shakliga
keltiriladi. Zagotovka pech kamerasiga yo„naltirilib, kameraga kislorod yoki havo
oqimidan o„tkazilib, truba choki payvandlanadi va so„ng kalibrlanadi.
Bundan tashqari elektrokontaktli elektroinduksion usullar bilan ham truba
qirralarni payvandlash mumkin. Bu usullarda payvandlash flyus ostida bajariladi.
Keyingi vaqtda spiral chokli trubalar ham olinmokda. Bunda ham truba
zagotovkasi kesib olingan po„lat list polosalar bo„lib,
polosalar spiral shaklida
burilib, truba shakliga keltiriladi va flyus ostida avtomatik elektr yoyli
payvandlash bilan chok payvandlanadi. Bunda chok bir tekislikda bo„lmaganligi
uchun uning mustahkamligi yuqori bo„ladi.
17-rasm. List qayirish stanlarida truba zagotovkasini olish
1
2
3
4
5
18-rasm. Trubani
issiq holda payvandlash
sxemasi
1.Zagatovkasi
2..List
qayirish
konusi
3.Pech
4.Kislarod trubasi
5.Tayyor
truba