а) Kamerali pech
b) Metodik pech
Bundan tashqari karusel tipidagi pechlar ham mavjud bo„lib,
pechni ostki
qismida disk yoki halqadan qilingan bo„lib, maxsus mexanizm yordamida ular
aylanadi. Aylanish tezligi zagotovkaning qizish uzoqligi bilan aniqlanadi. Bu
pechlarda hohlagan
turlardagi buyumlar
qizdiriladi (5-
rasm).
Katta, yirik- yirik zagotovkalar quduqli pechlarda qizdiriladi.
Bu pechlarda berilayotgan havoni pechdan chiqayotgan issiq havo bilan qizdiriladi,
natijada issiqlik effekti yuqori bo„ladi.
Kontaktli elektr qizdirgichlarda zagotovkaning uchlariga tok kuchlanishi 15
V bo„lgan o„zgaruvchan tok ulanib, bunda metalni qizishi detallardan o„tayotgan
tokka qarshilik hisobiga bajariladi. Elektroenergiya sarfi 0.35-0.45 kvt/soat .
Induksion elektr qizdirgichlarda qizdiriladigan
zagotovka pechni yuklash
oynasidan yuklanadi va transportyor yordamida induksion kameradan o„tishi bilan
4-rasm. Qizdirgich pechlari:
7-rasm
Induksion
elektr
qizdirgich
pechining sxemasi
5-rasm.
Karusel pechi.
6-rasm
Kontaktli
elektr qizdirgich
1-Zagotovka
2-Qisqich
1-zagotovka
2-induktor
qiziydi. Pech kamerasida sovitiluvchi mis trubalarda induktor joylashgan bo„lib,
zagotovka induksion tok hisobiga qiziydi.
Pechlarni ishini samaradorligini oshirish asosan pechga berilayotgan havoni
qizdirish yo„li bilan bajariladi. Ma‟lumki, kamerali pechlar juda kichik F. I. K.
bilan ishlaydi. Chunki yonganda hosil bo„lgan gazlarning temperaturasi 1200
0
C
ga bo„lib, mo„ri orqali tashqariga chiqib ketadi. Ana shu gazlarning issiqligi
hisobiga beriladigan havo qizdiriladi. Havo 200-400
0
С gacha qizdirilsa, 12-22 %
yonilg„i sarfini tejash mumkin va pechni temperaturasi tez ko„tariladi. Pech
kamerasidagi issiqlikdan to„liq
foydalanishning ikkinchi usuli, pechlar ikki
kamerali qilinib, pechda qizdirilmoqchi bo„lgan gazlarning
issiqlik hisobiga
qizdarilib, so„ng asosiy pechga uzatiladi.
Bu usul bilan beriladigan yonilg„ining 40 % ini tejash mumkin.
Ochiq olovli pechlarda oksidsiz qizitish asosan yonilg„i gazni chala yonishi
bilan, ya‟ni havoni nazariyada ko„rsatilganidan 50 % miqdorida qo„shiladi, hamda
havoni 800-1000 0 S ga qizdirish bilan erishiladi.