Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va
viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosari
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar
va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy
boshqarma)
boshligʻining oʻrinbosari
(keyingi oʻrinlarda boshliq oʻrinbosari) quyidagilarni
amalga oshiradi:
bevosita hududiy boshqarma boshligʻiga boʻysunadi;
boshliq oʻrinbosari bevosita hududiy boshqarma boshligʻiga boʻysunadi hamda hudud
boʻyicha tarbiyaviy ishlar boʻyicha masalalariga masʼul hisoblanadi;
boshliq oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari,
farmonlari, farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga,
vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning Hayʼati qarorlari, boshliq
buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan
holda faoliyatini olib boradi.