• CHETLASHTIRISH VA QAYTA TIKLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
  • O‘zbekiston respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida




    Download 334.82 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/29
    Sana25.09.2023
    Hajmi334.82 Kb.
    #84062
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    775-сон 27.12.2021. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
    DARSNING KLASSIFIKATSIYASI, ruslan mashina detallari, Masalalarni tenglama va jadval tuzib yechish, 3-маьруза, 1-var, Range Variables Vs. Vectors in Mathcad, 11 ДМТТ, 83162, O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi, Hasanov D, 106EN 3.2 MEMBER AGREEMENT, tkPXE41FqW6vO2qox93KdWXYr6xQPtfWVwLEiYnA, Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Kimyoviy reaktorlar


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
    QARORI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QISHGA
    NOMZODLARNI SARALAB OLISH VA QABUL QILISH, KURSANTLARNI O‘QISHDAN
    CHETLASHTIRISH VA QAYTA TIKLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

    Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida
    ”gi va “
    Ta’lim to‘g‘risida
    ”gi O‘zbekiston
    Respublikasining qonunlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim
    muassasalarida o‘qishga Vatanga sadoqatli, ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol, jismonan sog‘lom
    va intellektual salohiyatga ega nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish hamda oliy harbiy
    ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini
    yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida
    o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta
    tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizom 
    1-ilovaga 
    muvofiq tasdiqlansin:
    oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun bosqichma-
    bosqich amalga oshiriladigan saralab olish tadbirlari;
    oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar;
    o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish uchun vazirliklar tomonidan qabul komissiyalarini va
    yo‘nalishlar bo‘yicha kichik komissiyalarni tashkil etish tartibi;
    o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar mudofaa ishlari bo‘limlariga topshiradigan
    hujjatlar, mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil
    ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali
    so‘rab olinadigan hujjatlar ro‘yxati;
    o‘qishga qabul qilishda harbiy-professional yo‘nalish, dastlabki saralab olish va test sinovlari
    tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi hamda saralab olish jarayonida nomzodlarga beriladigan
    imtiyozlar ro‘yxati;
    kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish asoslari va ularni qayta tiklash bo‘yicha amalga
    oshiriladigan chora-tadbirlar.
    2. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining ro‘yxati 
    2-ilovaga 
    muvofiq
    tasdiqlansin.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
    3-ilovaga 
    muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va
    qo‘shimchalar kiritilsin.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
    4-ilovaga 
    muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini
    yo‘qotgan deb hisoblansin.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar o‘zlari
    qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
    6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N.
    Kurbanov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A.
    Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.

    Download 334.82 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 334.82 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

    Download 334.82 Kb.
    Pdf ko'rish