Ii bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida zamonaviy mashg’ulotlarni yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish




Download 141 Kb.
bet1/7
Sana24.04.2024
Hajmi141 Kb.
#206073
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 боб
TEST, dakument 2, veb-kvest-tehnologiya, Kembrij, {teacherscom library} EFL Grade 4 Guess What SB, inklyuziv-ta-lim-va-yangicha-pedagogik-yondashuvlar, 8-мавзу маруза, Metodbirlashma matn, vystuplenie na mmo28.08.2018g. veb-kvestyryabova i a, 3-kurs 2-ОТ амалиёт дафтари, Jurabek dis oxirgi var-конвертирован, 11 sinf Ingliz tili imtihon javoblari 2023 Английский язык 11 класс, Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan, Axborot, Academy Stars 1 WB www.frenglish.ru

II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA ZAMONAVIY MASHG’ULOTLARNI YANGI PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH





2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg’ulotlarni tashkil etishni nazariy aspektlari………………………………………………
Hozirgi kun ta’lim tizimida, shu jumladan, MTMlarining ta’lim- tarbiya jarayonida ta’limga oid o’yinlar va masofali ta’lim texnologiya- laridan foydalanish alohida o’rin tutayotganligi uchun ushbu masalalarni kengroq o’rganib chiqish maqsad qilib olindi.
Ta’limiy o’yinlar: vazifalari, xususiyatlari va asosiy turlari. Ta’limga oid o’yinlar ta’lim berishning zamonaviy psixologik-pedagogik texnologiyasida muhim o’rin egallaydi. Ta’limiy o’yinlarni o’tkazish usul sifatida XX-asrning 70-yillarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda qo’llanilish sohasiga mos ravishda ta’limiy o’yinlarning har xil turlari mavjud. Masalan, zobitlarni tayyorlashda harbiy o’yinlar, aktyorlar uchun syujet-rolli o’yinlar, tijoratchilar va rahbarlar uchun maxsus treninglar mavjud.
Ta’limga oid o’yinlar uch asosiy vazifani bajaradi:
• vositali: aniq bir ko’nikma va malakalarni shakllantirish;
•gnostik: o’quvchilar bilimini shakllantirish va fikrlashini rivojlantirish;
•ijtimoiy-psixologik: kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirish.
X,ar bir vazifaga o’yinning aniq bir turi mos keladi: instrumental vazifa o’yin mashqlarida, gnostik-didaktik, ijtimoiy-psixologik vazifalar esa rolli o’yinlarda ifodalanishi mumkin.
Ta’limiy o’yinlar samarador bo’lishi uchun:

  • o’yin ta’lim maqsadlariga mos bo’lishi;

  • imitasion-rolli o’yinning amaliy pedagogik (psixologik) vaziyatga ta’sir etishi;

  • o’yin qatnashchilarining o’yin mazmuniga mos keladigan maxsus psixologik tayyorgarligi;

  • o’yinda ijodiy elementlardan foydalanish imkoniyatlari;

  • tarbiyachi (psixolog) nafaqat rahbar sifatida, balki o’yin jarayonida "to’g’rilovchi" va maslahatchi sifatida ham ishtirok etishi kabi talablarga buysunishi kerak.

Ixtiyoriy ta’lim berish o’yini bir necha bosqichdan iborat bo’lishi mumkin:

    1. o’yin muhitini yaratish. Bu bosqichda o’yinning mazmuni va asosiy vazifasi aniqlanadi, o’yin qatnashchilarining psixologik tayyorgarligi amalga oshiriladi;

    1. o’yin jarayonini tashkil etish. Bu bosqichda o’yinning qoida va shartlari qatnashchilarga tushuntiriladi va ular orasida rollar taqsimlanadi.

    1. uyinni utkazish Bunda kuyilgan maksad xal kilinadi;

    2. yakun yasash. Bu bosqichda qatnashchilarning o’zlari ham, maxsus ekspertlar (psixolog, pedagog) tomonidan ham o’yin borishi va natijalari tahlil etiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ta’limiy o’yinlarda faqat oddiy o’yin uslubidan foydalanilmaydi. O’yin jarayonida guruhli, yakkama-yakka ish, birgalikda muhokama, test o’tkazish va so’rov, rolli vaziyat yaratishlardan foydalanish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, anketa o’tkazish, sosiometriya, "aqliy hujum" va boshqa uslublarni cheklangan miqdorda birga olib borish va foydalanish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, o’yin uslubi pedagogikada qandaydir maxsuslikka ega. Ta’lim berish jarayonida o’yin yordamchi element sifatida qisman nazariy materialga qo’shimcha sifatida foydalaniladi va u asosiy uslub sifatida chiqa olmaydi.
Ta’limiy o’yinlarning uslubi va xususiyatidan kelib chiqqan holda, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
  1   2   3   4   5   6   7




Download 141 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ii bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida zamonaviy mashg’ulotlarni yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish

Download 141 Kb.