• Xavflarning nomenklaturasi.
  • Xavflar kvantifikatsiyasi
  • Prezentatsiya fan: Hayot faoliyati xavfsizligi Mavzu




    Download 0,56 Mb.
    bet2/4
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #238931
    1   2   3   4
    Bog'liq
    prezentatsiya-po-distsipline--hayot-faoliyati-havfsizligi-na-temu-faoliyat-xavfs

    Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, albatta, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkin.


    Afsuski, hozirga qadar xavflarning yetarlicha to‘liq taksanomiyasi yaratilmagan. Bu esa har qanaqa xavfning oldini olishni ta’minlashni chegaralab qo‘yadi. Shuning uchun olimlar, soha mutaxassislari oldiga xavflarning taksonomiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy va metodologik izlanishlar olib borish maqsad qilib qo‘yilgan.

    Xavflarning nomenklaturasi.


    Nomenklatura – muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, trimol, sefozolin, sefamizin va boshqalar kiradi.
    Xavflar nomenklaturasini tuzishda ham aynan xavfning biror belgisi, xususiyati, keltiradigan oqibati yoki boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra tuzilishi lozim. Hozirgi kunda xavflar nomenklaturasi umumiy holda alfavit bo‘yicha tuzilgan.

    Masalan, ajal, alanga, alkagol, aziyat, vakuum, vulqon, vahima, gaz, gerbitsid, dinamik zo‘riqish, yemirilish, yomg‘ir, yong‘in, zo‘riqish, zahar, zilzila, ifloslanish, ichimlik, iztirob, kasallik, kuyish, lat yeyish, loyqalanish, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, radiatsiya, reanimatsiya, rezonans, tebranish, tok urish, toyib ketish, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xatar, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, ekzema, yaxlash, yadro zaryadi, yashur kasalligi va boshqalar.

    Xavflar kvantifikatsiyasi


    Kvantifikatsiya – murakkab tushuncha, (ofat, talafot, yong‘in, nurlanish, shamol va hokazo)larning sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishidir.

    Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/s, m/soat) va boshqa usullari qo‘llaniladi. Jumladan, yer silkinishining kvantifikatsiyasi – ballda yoki magnitudada, shamollar – m/s, yer ko‘chkilari–m/soat yoki km/soatda, kuyish, nurlanish, buzilishlar – darajali usullari qo‘llaniladi.


    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Prezentatsiya fan: Hayot faoliyati xavfsizligi Mavzu

    Download 0,56 Mb.