Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies
Hosted online from Moscow, Russia
Date: 11
th
October, 2022
ISSN: XXXX-XXXX
Website: econferenceseries.com
104 |
P a g e
TAKRORIY DUKKAKLI DON EKINLARIDA QO‘LLANILGAN
NITRAGIN VA MINERAL O‘GʻITLAR ME’YORLARINING PAXTA
TOLASINING TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
A. A. Iminov
q.x.f.d., Toshkent davlat agrar
universiteti, Toshkent
D. E. Xoldarova
q.x.f.f.d., Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent
D. M. Gʻaniyeva
mustaqil tadqiqotchi, Andijon qishloq xo‘jaligi va
agrotexnologiyalar instituti, Andijon
Annotasiya
Paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar
takroriy ekin sifatida yetishtirilgan soya va mosh ekinlari urug‘larini ekish oldidan
nitragin
bilan ishlov berilib, mineral o‘g‘itlarning N
30
R
90
K
60
kg/ga me’yori
qo‘llanilgan fonlarda kelgusi yili g‘o‘za parvarishlangan variantlarda kuzatilib, tola
chiqishi o‘tmishdosh ekin sifatida yetishtirilgan takroriy ekin turlari bo‘yicha mos
ravishda 38,5-38,8 % ni, 1000 dona chigit massasi esa 116,8-117,5 g. ni,
nisbiy
uzilish kuchi 4,8 gs ni, liniyaviy tig‘izligi 179-180 m/teks ni, nisbiy uzilish kuchi
26,8-27,0 gk/teks ni, tola uzunligi 34,1-34,3 mm ni tashkil etganligi aniqlandi.
Kalit so‘zlar. Takroriy ekin, soya, mosh,
g‘o‘za, nitragin, mineral o‘g‘itlar, azot,
fosfor, kaliy, paxta tolasi, chigit, nisbiy uzilish kuchi, tola uzunligi.
Kirish
Hozirda dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida paxta yetishtiriladi, 110 dan
ortiqdavlatlarda esa paxta tolasidan mahsulotlar tayyorlanadigan to‘qimachilik
sanoati mavjud. Shuni ta’kidlash lozimki, paxta yetishtiruvchi
davlatlar qatoriga
turli yillarda turli davlatlar kiritilishi yoki undan chiqarilishi mumkin. Chunki dunyo
statistikasida ma’lum miqdordagi tola yetishtiriladigan davlatlargina paxta
yetishtiruvchi davlatlar toifasiga kiritiladi. Dunyo bo‘yicha paxta xomashyosi ishlab
chiqaruvchi mamlakatlardan
eng yiriklari Xitoy, AQSH, Hindiston,
Pokiston,
Braziliya va O‘zbekiston hisoblanadi [2].