|
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
|
bet | 2/3 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 15,68 Kb. | | #160446 |
Bog'liq psixolog-faoliyatining-etik-muammosi-kasbiy-me-yorlarning-o-ziga-xosligiScientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Professional faoliyatda amaliy psixolog albatta hamma uchun mas’uliyatli bo‘lishi zarur.
Amaliy psixolog o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozim, u atrofdagilarning so‘zlariga qarab o‘zgarmasligi zarur.
Psixologning vazifasi mustaqil va avtonom tarkibga ega, u hech kimga bo‘ysunmaydi. Uning psixologik nuqtai nazardagi qarori yakuniy natijaga ega bo‘lishi zarur.
Psixologning qarorini inkor qilish huquqiga faqat maxsus komissiya ega ular yuqori malakali mutaxassislar hisoblanib ularga bunday huquqlar berilgan.
Psixolog haqqoniy va samimiy bo‘lishi zarur.
Unda kasbiy mas’uliyat hissi bo‘lishi lozim.
Psixolog himoyachi sifatida ham ishtirok etishi mumkin, u o‘z mijozlarining psixologik holatlarini himoya qiladi.
U psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirayotgan vaqtida ehtiyotkor bo‘lishi zarur.
Agar psixolog mijozining haq- huquqlar poymol qilinayotgan bo‘lsa, u buni yuqori tashkilotlarga yetkazish imkoniyatiga egadir.
U siyosiy g‘oyalardan, ijtimoiy g‘oyalardan, falsafiy fikrlardan xoli bo‘lishi
zarur.
Amaliy psixolog psixodiagnostik, psixokorreksion, psixterapevtik
natijalarni mutaxassis bo‘lmaganlarga ko‘rsatish huquqiga ega emas.
U insonlarga zarar ko‘rsatadigan holatlardan uzoqroq bo‘lishi talab qilinadi.
Psixolog o‘zining qila olmaydigan ishlari haqida mijozga va’da bermasligi
kerak.
Psixolog ota-onaga, yoki yuqori mansabdagi insonlarga mijozi haqida
tafsilotlarni bermasligi zarur.
U o‘rganilmagan metodikalarni mijozlarida qo‘llash huquqidan mahrumdir.
Psixolog albatta sir saqlashni bilishi zarur, u mijozining sirini xech kimga aytmasligi zarur.
Psixologik maslahatda albatta o‘z me’yorlariga amal qilishi talab qilinadi.
Agar psixolog shu me’yorlarni buzsa albatta uning hatti-harakatlari amaliy psixologlar kollegiyasida ko‘rib chiqiladi va tegishli jazo qo‘llaniladi.
Xulosa: Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u suhbatga kirisha olishi va insonlarni o‘ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi zarur bo‘ladi. U o‘zida ishonch uyg‘ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Demak bo‘lajak amaliy psixologlar uchun birinchi talab
|
| |