• Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.phpid=22257 PSIXOLOG FAOLIYATINING ETIK MUAMMOSI, KASBIY
  • Shaxnoza Po‘lot qizi Shavkatova Otabek Ganiyevich Nabijonov
  • Kalit so‘zlar
  • Progress volume 4 ǀ issue 5




    Download 15,68 Kb.
    bet1/3
    Sana22.02.2024
    Hajmi15,68 Kb.
    #160446
      1   2   3
    Bog'liq
    psixolog-faoliyatining-etik-muammosi-kasbiy-me-yorlarning-o-ziga-xosligi



    SCIENTIFIC PROGRESS

    VOLUME 4 ǀ ISSUE 5 ǀ 2023
    ISSN: 2181-1601



    Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
    PSIXOLOG FAOLIYATINING ETIK MUAMMOSI, KASBIY ME’YORLARNING O‘ZIGA XOSLIGI

    Shaxnoza Po‘lot qizi Shavkatova

    Otabek Ganiyevich Nabijonov

    Buxoro davlat universiteti Amaliy
    psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
    Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi magistranti



    ANNOTATSIYA


    Ushbu maqolada psixolog faoliyatining etik muammosi, kasbiy me’yorlarning o‘ziga xosligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Psixolog shaxsining axloqiy jihatlari va me’yorlari haqida so‘z boradi. Psixologik xizmatni tashkil etish uchun amaliyotchi psixologdan talab etiladigan jihatlar yoritib berilgan.
    Kalit so‘zlar: etika, psixoterapiya, psixokorreksiya, patopsixologiya, defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, sotsiologiya.


    Kirish: Amaliy psixolog statusiga ega bo‘lishni istagan insonga bir qator talablar qo‘yiladi ularning birinchisi u oliy ma’lumotli psixolog bo‘lishi zarur. Bunday diplom oliy o‘quv yurtini bitirganda yoki ikkinchi mutaxassislik orqali olinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya, patopsixologiya, defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, sotsiologiya, huquq fanlaridan xabardor bo‘lishi talab qilinadi. U albatta bolalar bilan muloqot qila olishi talab qilinadi. Amaliy psixolog albatta psixologik maslahat sirlaridan habardor bo‘lishi lozim. Amaliy psixolog albatta hamma sohalarda ishlaydi. Amaliy psixologning statusi rahbar kabi yuqori bo‘ladi va shu bilan birga u hammaga hamdard bo‘la oladigan inson bo‘lishi talab qilinadi. U mijoz bilan suhbatlashayotgan albatta mijozning psixologik xavfsizligini ta’minlashi zarur bo‘ladi. Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida ishlash vaqtida albatta psixodiagnostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat bera olishi talab qilinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog EHM sohasini yaxshi bilishi talab qilinadi.
    Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u suhbatga kirisha olishi va insonlarni o‘ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi zarur bo‘ladi. U o‘zida ishonch uyg‘ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Demak bo‘lajak amaliy psixologlar uchun birinchi talab ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan psixolog o‘z ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo‘lishi talab qilinadi. Ularning axloqiy jihatlari quydagilarni hisobga olishi kerak:


    Download 15,68 Kb.
      1   2   3




    Download 15,68 Kb.