Propan-butan aralashmasini ajratib olish uchun unumdorligi 10 T/soat bo`lgan rektifikatsion kallonnani loyihalash mundarija kirish asosiy qism




Download 326,01 Kb.
bet9/10
Sana21.02.2024
Hajmi326,01 Kb.
#160361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Propan-butan aralashmasini ajratib olish uchun unumdorligi 10 T

Xemosorbsiya usuli - ajralayotgan uglevodorodlarni yutuvchi moddalar bilan kimyoviy birikmalar hosil qilishiga asoslangan.
Xemosorbsiya ikki xil bо‘ladi:
Xemosorbsion jarayonlar. Gaz komponentlari qattiq yutuvchi tomonidan bog‘lanib ajraladi.
Xemosorbsion jarayonlar. Ajratilayotgan komponent suyuq holdagi yutuvchi bilan kimyoviy birikma hosil qiladi.
Sanoatda asosan xemoabsorbsiya jarayonlari qо‘llaniladi. Unda hosil bо‘lgan kimyoviy birikmalar qizdirilsa dastlabki moddalarga ajratib ketadi.
Masalan: u butadiyen bilan qattiq holatdagi siklik sulfonlar
hosil qiladi. Agar sulfonlar 125°S qizdirilsa, dastlabki
moddalarga parchalanib ketadi.
Xemsorbent sifatida esa – CuCl2, ya’ni (1) valentli Su tuzlari ishlatiladi. Masalan: 1 valentli mis atsetatini (SN3SOOSu) ammiakli eritmasi butadiyen bilan kompleks birikma hosil qiladi. Bu usul bilan butadiyenni gazlardan ajratib olish uchun qо‘llaniladi.
Absorbsiya-rektifikatsion usul. Fraksiyalarga ajralishi kerak gaz (H2S tozalangan) kompressor (1) yordamida 4 atm. bosimgacha siqiladi, 2 sovutgachda sovutiladi, keyin gaz separator (3) ga yuboriladi, undan keyin u 17-18 atm. gacha siqish uchun (4) kompressorga uzatiladi. U (5) sovutgichdan о‘tib, (6) gaz separatorga keladi, unda gaz kondensatdan ajraladi. Keyin 30-35°S ga ega gaz absorberni (7) pastki qismiga keladi. Absorberda R = 14-16 atm. da ushlab turiladi. Yuqori qismidan absorbent bо‘ladi. Absorberni yuqori qismini T = 30°S, pastki qismi esa 45°S. (7) absorberdan SN4 va N2 iborat gaz yana (8) absorberga uzatiladi. Tо‘yingan absorbent absorber (7) ni pastki qismiga о‘zicha harakatlanib tushadi va u desorber (9) ga uzatiladi. Desorberda R = 10-11 atm. Desorberni pastki qismi T = 110°S, yuqori qismi esa 35°S ga teng.
Desorberni yuqori qismidan etan-etilen fraksiyasi tozalagichga (10) ga yuboriladi. Bunda H2S NaOH bilan tozalanadi. NaOH sirkulyatsiyasi 12 – nasos yordamida amalga oshiriladi. Etan-etilen fraksiyasi suv bilan (12) kolonnada yuvilgandan keyin kompressor yordamida siqilib qayta ishlashga yuboriladi.
Desorberni pastki qismidan yengil uglevodorodlarda ajratilgan mahsulot (13) nasos bilan issiqlik almashuvchi (14) ga uzatiladi va u 15 propan kolonnasiga beriladi. Bu kolonnada propan-propilen uglevodorodlari C4 va undan yuqori uglevodorodlardan ajratiladi.[20]
Kolonnani pastki qismini T = 140-180°S, R = 16-17 atm. teng. Kolonnami yukori kismidan propan-propilen fraksiyasi sovutgich-kondensator 16 ga tushadi, bunda u 20-25 °S ga sovutilib va yiguvchi (17) ga keladi. Kolonnani yuqori qismini 40°S temperaturada ushlab turish uchun propan-propilen fraksiyasini bir qismi (8) nasos bilan kolonnaga yuboriladi. Pastki qismidan esa chiqayotgan mahsulot butan-butilen, pentan fraksiyalarini olish uchun ajratiladi.
Absorbsiya va rektifikatsiya suniy sovutgich ishlatmasdan propan-propilen fraksiyasini 80-85°S bо‘lib - 90-95%, pentan -98% dan yuqori miqdorda olish mumkin. Etan-etilen fraksiyasidagi etilenga talab katta bо‘lgani uchun ularni ajratishga e’tibor berilmoqda.
Uglevodorod qismlarida ajratiladigan gaz 35-45 atm. bosim ostida issiqlik almashgich (1) dan о‘tib metan kolonnasiga (2) keladi. Bunda SN4 va N2 qolgan uglevodorodlardan ajraladi.
SN4 va N2 fraksiyasi kolonnani yuqori qismidan chiqib, etan-ammiakli sovuggich (3) sistemasidan о‘tib issiqlik almashgich (1) ga keladi.
Kolonnani yuqori qismi: T = -95, -100°S, R = 38-42 atm. Kondensat - etan-etilen va boshqa uglevodorodlar kolonnani pastki qismidan chiqib, (4) etan kolonnasiga о‘tadi. Bu kolonnada R = 25-30atm. Yuqori qismi T = -5 (-10°S), pastki qismi 86-95°S. Kolonnani yuqori qismidan chiqqan etan-etilen fraksiyasi (5) kondensatorda suyuqlanib yig‘gich (6) ga keladi. Uning bir qismi (7) nasos yordamida kolonnani tuyintirish uchun olinadi, qolgani etilen kolonnasiga (8) yuboriladi. 8 - kolonnani yuqori qismidan etilen, pastki qismidan etan olinadi.

22-rasm. Propan va butan fraksiyasini ajratib olish texnologiyasi.


C3 va undan yuqori uglevodorodlar etan kolonnasini pastki qismidan propan kolonnasiga (10) beriladi. Bu kolonnani yuqori qismidan propan-propilen fraksiyasi olinadi. C4 va undan yuqori uglevodorodlar kolonnani pastki qismidan olinib, (14) butan kolonnasiga uzatiladi.[21]
Gaz uglevodorodlari fraksiyalarga ajratilganidan sо‘ng bu fraksiyalardan alohida uglevodorodlar olish mumkin bо‘ladi. Masalan, etan-etilen fraksiyasini deyetanizatorda qayta ishlab etan va etilen gazlarini alohida ajratib olinadi. Tarkibida uglevodorodi bor bо‘lgan siqilgan gazlar asosan maishiy-xо‘jalik maqsadlari uchun qо‘llaniladi. Siqilgan gazlar neftni dastlabki qayta ishlashda, katalitik krekinglashda, katalitik riformingda va gazni fraksiyalarga ajratishda hosil bо‘lgan propan hamda butan asosida ishlab chiqariladi. Ular atmosfera bosimi ostida asosan gaz holida bо‘lib agarda bosim bir ozgina oshirilsa, suyuq holatga о‘tadi.
XULOSA
Hozirgi zamonda texnika va texnologiya rivojlanayotgan bir paytda yoqilg‘iga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Yoqilg‘i resurslaridan unumli foydalanish yoqilg‘i ishlab chiqarish jarayonida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik va harajatlarni kamaytirish hozirgi kunning talablaridan biridir. O‘zbekiston sharoitida neft yoqilg‘ilarni gaz yoqilg‘isiga almashtirish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda yurtimizda bir nechta neft va gazni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Ular zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan. Shu bilan birgalikda neft va neft mahsulotlarni saqlash va tashish texnologiyalari livojlantirish ham assosiy axamiyatlardan iboratdir.
Men bitiruv ishimni MGIZ zavodining texnologiyasi asosida loyihaladim. Bitiruv ishim oddiy va qulay ko‘rinishga, shuningdek unda ko‘rsatilgan kattaliklar va keltirilgan ma’lumotlar aniq tuzilishga ega.
Bitiruv ishi kirish qismi bilan boshlanib, unda Respublikamizda gaz va neft sohasiga qilinayotgan ishlar va bitiruv ishi mavzusiga oid ma’lumotlar keltirilib, bitiruv ishning dolzarbligi ko‘rsatilgan. Mavzuimning texnik iqtisodiy asoslash bo‘limida loyiha uchun kerak bo‘lgan barcha ko‘rsatgichlar tavsiflangan.
Loyihaning texnologik qismida texnologik jarayon tavsifi va asosiy jarayonning hisobi keltirilgan.
O‘lchash asboblari va avtomatlashtirish bo‘limida jarayonning asosiy apparatiga ketadigan kimyoviy jarayon kattaliklari avtomatlashtirilgan.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘limida gazni qayta ishlash sexi, portlash xavfiga ega bo‘lgan korxonalardan ekanligi eslatilib, uni A kategoriyasiga kirgizilgan.
Fuqaro muhofazasi bo‘limida ishlab chiqarish jarayonida ishchi, xizmatchilar favqulotda vaziyatlarga tayyor bo‘lish, favqulotda vaziyatlar sodir bo‘lganda, ularga tayyor va ularga qarshi choralar ko‘rishni bilishlari kerak.

Download 326,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 326,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Propan-butan aralashmasini ajratib olish uchun unumdorligi 10 T/soat bo`lgan rektifikatsion kallonnani loyihalash mundarija kirish asosiy qism

Download 326,01 Kb.