|
Proyeksion chizma. O‘zdst 305-97. Ko‘rinishlar. Qo‘shimcha ko‘rinish. Mahalliy ko‘rinish. Ko‘rinishlarda “A” va “E” sistemalari. Ko’rinishlarning asosiy sistemalari. Detalning oltita ko’rinishi va ularni joylashishi Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #239697 |
Bog'liq 12-mavzu-ko\'rinishlar (2)
12- mavzu. Proyeksion chizma. O‘zDST 2.305-97 . Ko‘rinishlar.Qo‘shimcha ko‘rinish. Mahalliy ko‘rinish . Ko‘rinishlarda “A” va “E” sistemalari.
Ko’rinishlarning asosiy sistemalari. Detalning oltita ko’rinishi va ularni joylashishi
Reja
Detalning oltita ko‘rinishi va ularni joylashishi.
Ko‘rinishlarda “A” va “E” sistemalari.
Qo‘shimcha ko‘rinishlar.
Mahalliy ko‘rinishlar.
Ma`lumki, chizmada buyumning tasviri asosiy ko`inishlar to`g`ri burchakli prdyeksiyalash usuli bilan hosil qilinadi. Ba`zan buyumning uchta proyeksiyasi bilan uning shakli ichki tuzilishi haqida to`liq tasavvurga ega bola olmaymiz. Sunday hollarda 7.1-shakl, a da tasviriangan kubning oltita yoqi proyeksiyalar tekisligi deb qabul qiladi.
Buyum kub ichida qo`yiladi va, har qaysi yoqqa to`g`ri burchakli proyeksiyalanadi; bunda proyeksiyalanuvchi buyum doimo kuzatuvchi bilan tegishli yoq o`rtasida deb faraz – qilinadi. Buyumning kub yoqlariga proyeksiyalab chiqqandan keyin, kub yoqlari 7.1-shakl, b da ko`rsatilgan tartibda frontal proyeksiya tekisllgiga joylashtiriladi.1
7.1-shakl, a
7.1-shakl, b
Natijada, oltita yoqda buyumning oltita tasviri (to`g`ri burchakli proyeksiyasi) hosil boladi, Bu oltita tasvirni buyumning oltita asosiy ko`rinishlari deb aytadilar. Proyeksiyalash paytida buyumni frontal tekislikka nisbatan shunday joylashtirish kerakki, natijada. frontal proyeksiya buyumning shakli, ichki tuzilishi va o`lchamlari haqida aniq va to`liqroq tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Yuqorida aytilgan usulda chizmalar hosil qilishni «evropacha» sistemada bajarilgan chizmalar deyiladi va E sistemada bajarish MDH va ko`pgina evropa davlatlarida qabul qilingan.2
AQSH, Angliya, Gollandiya kabi davlatlarda chizmalarni «amerikacha» ya`ni A sistemada bajarish qabul qilingan. A sistemada chizmani hosil qilishda buyum shaffof
kub ichida deb qaraladi. Bu holda kubning yoki (proyeksiya tekisligi) buyum bilan
kuzatuvchi o`rtasida biladi. Shu sababli buyumning tasviri kubning old yoqida hosil bo‘ladi, Chizmada ko`rinishlarning o`rni E sistemaga nisbatan o`zgaradi. Masalan,
ustdan ko`rinish o`rnida ostdan ko`rinish, chapdan ko`rinish o`rniga o`ngdan ko`rinish boladi va hokazo 7.2-shakl).Xalqaro tashkilotlar tomonidan bajarilgan chizmalar qaysi sistemada bajarilganligini ko`rsatish uchun chizmaning bir chekkasida kesik konus
tasviri tarzida belgi qo`yish, qabul qilingan (7.3-shakl). E sistemada bajarilgan chizmalarga belgi qo`yilmaydi.329
7.2-shakl
12.3-shakl
Kompyuterda grafik tasvir (chizma)larni xosil qilish A sistemaga asoslangan.
Komp`yuterda grafik tasvirlarni hosil qilish «Kompyuter grafikasi» fanini o`qitishda batafsil o`rganiladi.
Demak, asosiy ko`rinishlar oltita bo`lib ular quyidagicha nomlanadi: 1-olddan ko`rinish,, 2-ustdan ko`rinish, 3-chapdan ko`rinish, 4-o`ngdan ko`rinish, 5-ostdan ko`rinish, 6-orqadan ko`rinish (7.1-shakl, b).
Chizmada ko`rinishlar sonini kamaytirish maqsadida ko`rinishlarda buyumnmg ko`rinmaydigan qismlari shtrix chiziqlar bilan chiziladi.
Chizmada asosiy ko‘rinishlar proyeksion bog`lanishda bo`lsa, u holda ko`rinish nomi yozib ko`rsatilmaydi, Chizma qog`ozidan unumli foydalanish maqsadida ko`rinishlarni o`zaro proyeksion bog`lanishda chizmaslikka ham ruxsat etiladi, u holda ko`rinish
ustida uning nomi (A ko`rinish) yozib ko`rsatiladl va osti chiziladi, Ko`rinish yo`nalishi
strelka bilan ko`rsatiladi (7.4-shakl). Chizmada strelka va yozuvlar o`lchamlar asosida bajariladi.4
7.4-shakl
7.5-shakl
Asosiy ko`rinish biror tasvir bilan ajratib chizilgan bo`lsa, u holda ko`rinish ustiga uning nomi yozib ko`rsatiladi (7.6-shakl). Bu yozuvlarning o`lchamlari chizma yozuvi o`lchamlaridan katta bolishi kerak.
12.6-shakl
Qo`shimcha ko`rinish. Agar buyum sirtidagi bir qisimning shakli va o`lchamlarini ko`rinishlarning birortasida ham aniq ko`rsatish mumkin bo`lmasa, u holda bu qism alohida tanlab olingan tekislikda bajariladi va u qo`shimcha ko`rinish deb yuritiladi. Qo`shimcha ko`rinish buyum sirtini chegaralovchi tekislikka parallel qilib olinadi va chizma tekisligiga joylashtirib chiziladi. 7.7-shaklda berilgan detal qiya qismga ega. Uning qiya qismidagi silindr aylanasi ustdan va chapdan ko`rinishlarda o`zgarib eilips shaklida proyeksiyalangan (7.7-shakl, a). Shu sababli detal qismiga parallel qilib, qo`shimcha R tekislik olinadi, qiya .qismi o`sha tekislikka proyeksiyalanadi va chizmada ioylashtiriladi (7.7-shakl, b).
a)
b) 7.7-shakl
Agar qo`shimcha ko`rimsh proyeksion bog`lanishda bo‘lsa, unda «ko`rinish» so`zi yozib ko`rsatilmaydi (7.8-shakl, a), Aks-holda qo`shimcha ko`rinish chizmada A ko`rinish tarzida yozib ko`rsatiladi (7.8-shakl, b). Zarur bo`lganda qo`shimcha ko`rinishni burib ko‘rsatishga ruxsat etiladi. U holda «ko`rlnish» so`zi yonida yoki ostida «burilgan» so`zi qo`shib yoziladi (7.8-shakl, c).
7.8-shakl
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Proyeksion chizma. O‘zdst 305-97. Ko‘rinishlar. Qo‘shimcha ko‘rinish. Mahalliy ko‘rinish. Ko‘rinishlarda “A” va “E” sistemalari. Ko’rinishlarning asosiy sistemalari. Detalning oltita ko’rinishi va ularni joylashishi Reja
|