|
Proyeksion chizma. O‘zdst 305-97. Ko‘rinishlar. Qo‘shimcha ko‘rinish. Mahalliy ko‘rinish. Ko‘rinishlarda “A” va “E” sistemalari. Ko’rinishlarning asosiy sistemalari. Detalning oltita ko’rinishi va ularni joylashishi Reja
|
bet | 2/2 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #239697 |
Bog'liq 12-mavzu-ko\'rinishlar (2)Mahaliy ko`rinish. Buyum sirtining ayrim tor joyini chegaralab» bajarilgan tasvir mahaliy ko`rinish deyiladi. Mahaliy ko`rinish sirtning biror tomoni ko`rinishini to`liq chizishga zarurat bolmaganda, uning kerakli joyi tasvirini chizishda qollaniladi. 7.9-shaklda buyumning ikkita joyi ko`rinishi ko`rsatilgan. Qo`shimcha ko`rinishdagi kabi bu erda shartli ko`rinishlar strelka va «A ko`rinish» va «B ko`rinish» yozuvlar bilan ko`rsatiladi.
Chizmada «bir nechta qo`shimcha yoki mahaliy ko`rinishlar bolsa, harflar bilan belgilash alifbo tartibida tanlanadi va harflar takrorlanmaydi. Yozuvlar chizmaning asosiy yozuviga parallel vaziyatda tasvirning ustida qo`yiladi.
Chizmalar chizishda ko`rinishlar sonini mumkin qadar kam bo`lishiga erishishga harakat qilinadi. Bu borada davlat standartlarida` ko`rsatilgan ba`zi bir shartliklardan foydalanish chizmada ko`rinishlar sonini kamaytirishga yordam beradi. Masalan, 0 (diametr) va □ (kvadrat), S (qalinlik) va R (radius) belgilardan.keng foydalanish zarur.
7.9-shakl
7.10-shakl da bitta ko`rinishi bilan berilgan buyumlarning birinchisi yuqori qismi muntazam to`rtburchak prizma, pastki qismi silindrdan iborat zagato`fka (a); ikkinchisi (sfera) (b) va uchinchisi qalinligi 6mm bo`lgan diametri 40mm balandligi 12mm beshta teshikdan iborat va to`rtala uchi radiusli yoy bilan yumoloqlangan yupqa plastinka (c) ekanligini darhol payqab olish mumkin.
7.10-shakl
Chizmachilik amaliyotida chizmalar chizganda ba`zi detallarning ayrim qismlarining shaklini tashqi ko`rinishiga ko`ra aniqlab bo‘lmaydi. Ba`zan Detalning ikkita hatto uchta ko`rinishi ham to‘liq barcha elementlari shaklini aniqlash uchun yordam bermaydi, aksincha bunday hollarda ayrim ko`rinishlarda ko`p ko`rinmaydigan sh`trix kontur chiziqlar hosil bo`lib, chizma o`qib bolmaydigan darajaga keladi.
Nazorat savollari
O‘zDST 2.305-97 ga asosan asosiy ko‘rinishlar nechta qabul qilingan?
Qanday holatlarda qo‘shimcha ko‘rinishlardan foydalaniladi?
Mahalliy ko‘rinish haqida nimani bilasiz?
4. Qaysi sistemada bajarilgan chizmalarga belgi qo‘yiladi?
Kompyuterda grafik tasvir (chizma)larni xosil qilish qaysi sistemaga asoslangan?
Asosiy ko‘rinishlarni nomlari bilan sanab bering.
Chizmada ko`rinishlar sonini kamaytirish maqsadida qanday yo‘l tutishgan?
Chizmada asosiy ko‘rinishlarni qachon nomi yozib ko`rsatilmaydi?
Ko‘rinish yo‘nalishi nima bilan ko‘rsatiladi?
Qo`shimcha ko`rinish qanday joylashtirib chiziladi?
Mahaliy ko`rinish qachon qo‘llaniladi?
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Proyeksion chizma. O‘zdst 305-97. Ko‘rinishlar. Qo‘shimcha ko‘rinish. Mahalliy ko‘rinish. Ko‘rinishlarda “A” va “E” sistemalari. Ko’rinishlarning asosiy sistemalari. Detalning oltita ko’rinishi va ularni joylashishi Reja
|