Psixodiagnostika va differensial psixologiya




Download 0,64 Mb.
bet6/154
Sana21.12.2023
Hajmi0,64 Mb.
#125798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org
Mustaqil ish mavzulari (2), Mustaqil ish1
1.6. Psixodiagnostika va differensial psixologiya

Psixodiagnostika – psixologik fan sohasi bo’lganligi bois, u yoki bu darajadagi psixologiya tarmoqlari bilan o’zaro bog’liq bo’ladi. Ma’lum ma’noda, o’z mustaqilligiga qaramay, psixodiagnostika umumpsixologik nazariyaning rivojlanishiga ham bog’liqdir. Biroq tadqiqotlarning shunday yo’nalishlari mavjudki, ular bilan psixodiagnostika ko’proq aloqada bo’ladi. Xorij va mahalliy adabiyotlarda bu tushunchaning boshqalarga nisbatan o’xshashligi mavjud bo’lganligi sababli, aynan shu muammo to’g’risida ushbu mavzuda fikr yuritiladi.


Chet el adabiyotlarida ta’kidlanishicha individual farq nazariyasining muammosi, ya’ni maxsus soha tadqiqotlarini ustuvorligi – differensial psixologiyadir.
XIX–XX asrlarda mashhur nemis psixologi bu tushunchani “Psixik funksiya va uning xossalaridagi mavjud farq” to’g’risidagi fikrni ifodalash uchun kiritgan. V.Shtern davridan beri differensial psixologiya tushunchasida unchalik ko’p narsa o’zgarmadi. U ayni paytda ham tarqoq holda inson (shaxs) ning psixik holati va xossasini o’rganish bilan shug’ullanadi.
Differensial psixologiya predmetini tashkil etuvchi manbalar to’g’risida so’z borganda, hamma tadqiqotchilar bir ovozdan test metodi asoschilari F.Galton, J.Kettell, A.Bine va boshqa olimlarning dalillarini qabul qilishdi. Psixodiagnostika va differensial psixologiya sohalarining tadqiqotlar mavzusi bir-biriga o’xshash. Lekin soha vakillari ularni:
  • o’ziga xos farqlikni o’lchashga mo’ljallangan;


  • farqlashning kelib chiqish sabablarini anglab yetishga qaratilgan sifatida bo’lib o’rganishadi.


Zamonaviy psixologiyada psixodiagnostikaga “fan va tajriba o’rtasidagi ko’prik” misoli qaraladi.




Hozirda, psixologik nazariyadan ajratilgan psixodiagnostika inqirozga yuz tutadi deyish noto’g’ri, albatta. Bunga psixodiagnostikaning kelib chiqish tarixi yorqin tasdiq bo’la oladi. Ma’lumki, tashxisning muvaffaqiyati (o’lchov va bahosi), avvalambor, hodisalarni o’lchash nazariyasini ishlab chiqish darajasi orqali aniqlanadi.


Bu holat aqliy qobiliyat (intellekt)ni o’lchash jarayonida yaqqol ifodasini topgan. Shu bois, samarador testlarning paydo bo’lishida nazariy ta-

savvurning o’rnini almashtirish ehtiyoji tug’iladi.


Baho – turli usullar orqali qo’lga kiritilgan natijalarning, xususan, intervyu, psixologik testlar, fiziologik yoki psixofiziologik o’lchovlar, apparaturalar holatining kuzatilishidir.

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Psixodiagnostika va differensial psixologiya

Download 0,64 Mb.