PSIXODIAGNOSTIKA FANI TARIXI




Download 0,64 Mb.
bet9/154
Sana21.12.2023
Hajmi0,64 Mb.
#125798
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org
Mustaqil ish mavzulari (2), Mustaqil ish1
II bob

    PSIXODIAGNOSTIKA

    FANI TARIXI


Bobning qisqacha mazmuni

Psixodiagnostikaning yuzaga kelishdagi asosiy sabablar. Psixologiyaning qadimiyligi.
Psixologik bilimlarning klinik davri. Shaxs haqidagi dastlabki empirik psixologik bilimlar to’planishi.
Psixodiagnostikani taraqqiy etishiga hissa qo’shgan olimlar. Genri Gerbert Goddard, Lyuis Medison Termen, Rishar Meyli, Florens Laura Gudinaf, Stenli Devid Porteus, Arnold Lyusius Gezell, Robert Session Vudvorts, Kichik Edvard Kella Strong, German Rorshax, Trumen Li Kellilarning psixodiagnostikaga qo’shgan hissalari.
Psixodiagnostika sohasini shakllanishida V.Vund laboratoriyasining o’rni. Psixodiagnostikani miqdoriy metodlarining yaratilishi. Asosiy psixofizik qonun va psixologik holatlarni o’lchash.
Birinchi statistik asoslangan testlar. Galton va uning psixometrik tadqiqot markazi Psixologiyada korrelyasiya metodi. Fransuz olimi A.Binening intelektga oid testi.
Psixodiagnostikaning XX asrdagi shakllanish davri. Bine-Simon shkalasi. IQ joylashishiga asoslangan holda Termenning klassifikasion sxemasi. Aqliy qobiliyatni aniqlashdagi Stendford versiyasi


2.1. Psixodiagnostikaning yuzaga kelishdagi asosiy sabablar

Psixodiagnostika yuzaga kelishi bevosita psixologiya fanining tarixi bilan uzviy bog’liq, ya’ni uning amaliy jihatdan namoyon bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi. Zero, inson psixikasining tarixi har qanday psixik taraqqiyotni asosi bo’la oladi...


Ma’lumki, psixologiya qadimiy fanlardan hisoblanib, u bundan 2,5 ming yil ilgari paydo bo’lgan. Qadimgi grek faylasuflaridan Geraklit, Demokrit, Gippokrat, Sokrat, Platonlarni asarlarida kishining joni va ruhiy hayoti to’g’risida xilma-xil fikrlar bayon qilinganini uchratish mumkin. Inson ruhiy hayoti haqidagi ayrim fikrlarni qadimgi xitoy va hind mutafakkirlarining asarlarida ham uchratish mumkin. Lekin inson psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi marta yunon faylasufi Aristotel (Arastu) yaratgan. U “Jon haqida” degan asarida psixika haqida batafsil to’xtalib, uning muhim qirralarini tushuntirishga harakat qilgan. Shu bilan bir qatorda, o’zidan oldin yashab o’tgan olimlarning qarashlariga ilmiy sharh bergan. Shu sababli ham u psixologiya fanining “otasi” hisoblanadi.
Qadimgi davrda vrachlar va boshqa tadqiqotchilar psixik hodisalarni miya faoliyatining mahsuli ekanligi haqida taxmin qilishib, turli ruhiy kasalliklarni uning buzilishi, deb to’g’ri talqin qilishgan. Har qanday psixik jarayon o’z-o’zicha hosil bo’lishi mumkin emas, ya’ni psixika faqat u yoki bu qo’zg’otuvchining miyaga ta’siri tufayligina vujudga keladi. Psixika boshlanishi qo’zg’otuvchini ta’sirida bo’lsa, uning natijasi organizmni unga nisbatan javob reaksiyasidir. Shu bois ham psixik faoliyat miyaning aks ettiruvchi, reflektor faoliyatidangina iboratdir.



Download 0,64 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154




Download 0,64 Mb.