Soatlar soni: 1 soat Mavzuning qisqacha mazmuni




Download 18,93 Kb.
Sana07.04.2020
Hajmi18,93 Kb.
#10183
Darsning texnologik xaritasi Mavzu:0ga bo`lish mumkin emas. Qiymati 0 ga teng bo`lgan misollarni yechish (141-142-betlar) Soatlar soni: 1 soat Mavzuning qisqacha mazmuni: 0ga bo`lish mumkin emasligi haqida bilim berish. O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod: evristik, muammoli izlanish metodlaridan foydalanish Shakl: jamoa, guruh bilan va har bir o`quvchi bilan ishlash, qiziqarli o`yin. Jihoz: darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, jadval. Nazorat: oq`zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o`z-o`zini nazorat qilish. Baholash: o`quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi. Darsning maqsadlari: Ta`limiy: a)o`tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash; b)0ni har qanday songa bo`lganda 0 chiqishi haqida bilim berish; Tarbiyaviy: har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash; Rivojlantiruvcni: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o`quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;

Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

Kutilayotgan natija O`quvchilar dars yakunida 0 ga bo`lish mumkin emasligi haqida yangi bilimga ega bo`ladilar. Dars jarayoni va texnologiyasi Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt 1-bosqich Darsni tashkil etish. Navbatchi savol-javob 2daqiqa tashkiliy o`quvchining axborotini tinglash. qism Sinfni darsga tayyorligi tekshiriladi. 2-bosqich O`quvchilarning ehtiyojlari aniqlanib, suhbat 3daqiqa ehtiyojlarni mavzuga oid misol va masalalar aniqlash yechiladi. 3-bosqich O`tilgan mavzuni mustahkamlash. muammoli 29daqiqa yangi 1-misolni tushintirib yechish. izlanish mavzu 0ga bo`lish mumkin emas. bayoni 2-misolni tushintirib yechish. 3-masalani yechish. tushuntirish Dam olish daqiqasini o`tkazish 4-misol. Qiymati 0 ga teng bo`lgan misollarni toppish. 4-bosqich ertak orqali yangi mavzu muammoli 6daqiqa mutah- mustahkamlanadi izlanish kamlash 5-bosqich 1.O`quvchining darsga ishtiroki Baholash hisobga olinib, reyting bali 2daqiqa e`lon qilinadi. 2.Dars yakunlanadi. 1daqiqa 6-bosqich 5-masala,6-misol tushuntirish 2daqiqa Darsning boorish: 1-, 2-bosqich texnologik xarita asosida tashkil etiladi.

Ertak - xayaq ogʻzaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrlisarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. M. Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. E.

Xarita (yun. chartes - varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta - Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya)

3-bosqich. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. Mustaqil ish. 45=20 35=15 64=24 20:4=5 15:3=5 24:6=4 20:5=4 15:5=3 24:4=6 Yangi mavzu bayoni. (1-misol og`zaki). Misollarni tushuntirib yechish. 0:16=0 chunki, 06=0 0:19=0 chunki, 019=0 0:a=0 Nolni har qanday songa bo`lganda, 0 chiqadi. Nolga bo`lish mumkin emas. 2-misolni tushuntirib yechish (yozma). 0:24=0 075=0 0:68=0 028=0 0:19=0 013=0 3-masalani yechish( yozma). Maslaning qisqa yozuvi: Shahmat- 18 ta. Shashka- ta Hammasi-30ta. Yechish: 30-18=12 ta shashka. Javob: kuni uzaytirilgan guruh uchun 12 ta shashka keltirilgan. Dam olish daqiqasi o`tkazish. 4-misol. Qiymatlari 0ga teng bo`lgan misollarni topib yechish. 65-65=0 0:23=0 0:89=0 018=0 0:15=0 038=0 0:57=0 0:96=0 4-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash: 0 soniga bo`lish mumkin emasligi haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lish uchun quyidagi ertakdan foydalaniladi. «0(NOL)» HAQIDA ERTAK Uzoq qadim zamonda, tog`lar va dehgiz tomonda Raqamlar mamlakati bo`lgan ekan. Unda juda ham halol va pok sonlar yashagan ekan. Faqat nol ishyoqmas va dangasaligi bilan farq qilar ekan. Kunlardan bir kuni uzoq sahroda Arifmetika shohi borligini bilib qolishibdi.Shoh o`z xizmatiga barcha raqamlarni taklif etibdi. Raqamlarning hammasi shoh xizmatini bajarishga rozi bo`lishibbdi. Raqamlar mamlakati bilan Arifmetika shohi davlati orasida juda katta sahro bor ekan. Bu sahroda esa 4ta katta daryo bo`lgan ekan. Daryolarning nomi «Qo`shish», «Ayirish», «Ko`paytirish», va «Bo`lish» ekan. Raqamlar qanday qilib Arifmetika shohi malakatiga borishni maslahatlashishibdi. Ular hammalari birgalikda borishga qaror qilibdilar, chunki birgalikda ish qilinsa, har qanday qiyinchilikni yengish mumkin deyishibdi. Ertalab quyosh o`zining zarrin nurlarini yerga sochib, yer yuzi yorisha boshlaganda raqamlar yo`lga chiqishibdi.

Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.

Ular ko`p yurishibdi, ko`p yurishsa ham mo`l yurishibdi va nihoyat «Qo`shish»daryosi bo`yiga yetib kelishibdi. Barcha raqamlar o`zlarini daryo suvidan ichib, chanqog`ini bosmoqchi bo`lishibdi, ammo »Qo`shish»daryosi suv bermabdi. «Qo`shish» daryosi shunday debdi: «Agar suv ichmoqchi bo`lsangiz avval mening shartimni bajarishingiz lozim.Juft-juft bo`lib, saflaning va qo`shilling, shundagina suv ichasizlar». Barcha raqamlar «Qo`shish» daryosining iltimosini bajarishibdi, hatto ishyoqmas 0 (nol) ham. Ammo 0 bilan qo`shilgan raqam juda xafa bo`libdi, chunki daryo raqamlar soniga qarab suv bergan ekan. 0 hech qanday son hisoblanmagach juftlashgan raqam ranjibdi. Quyosh yana qattiq qizdiribdi, raqamlar zo`rg`a «Ayirish» daryosiga yetib kelishibdi. Bu daryo ham chanqagan raqamlarga o`z shartini qo`yibdi. «Ayirish» daryosi shunday debdi. «Kimki juft bo`lib tursa va katta raqamdan kichik raqamni ayirsa, undan chiqqan natijalarining eng kichigiga ko`p miqdorda suv beraman.» Yana 0 bilan juflashgan raqam juda xafa bo`libdi va qattiq ranjibdi. Raqamlar Arifmetika shohi mamlakatika qarab yurishni davom ettiribdilar. « Ko`paytirish»daryosi esa ularni o`zaro ko`payishini iltimos qilibdi. 0 bilan juftlashgan raqam umuman suv olmabdi. U zo`rg`a «Bo`lish» daryosiga yetibdi. «Bo`lish» daryosiga yetganda hech bir raqam 0 bilan juftlashishni xohlamabdi.Shundan buyon hech qanday raqam 0 ga bo`linmas. Arifmetika shohi mamlakatida barcha raqamlarni hatto ishyoqmas va dangasa 0 ni hamma vaqt raqamlar yoniga qo`shib yozadigan bo`lishibdi va undan raqamlar 10 marta kattalashadigan bo`libdi. Ular Arifmetika shohi mamlakatida juda yaxshi yashay boshlashibdi. Shu bilan murod-maqsadlariga erishib, hozir ham o`z ishlarini sharaf bilan bajarib yurgan ekan. 5-bosqich. Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilarni baholab rag`batlantirish. 6-bosqich. Uyga vazifa: 5-masala, 6-misol.
Download 18,93 Kb.




Download 18,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Soatlar soni: 1 soat Mavzuning qisqacha mazmuni

Download 18,93 Kb.