Diqqat bir necha xususiyatga ega bo’ladi




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/180
Sana14.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#231480
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   180
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Diqqat bir necha xususiyatga ega bo’ladi: 
Dikkatning kulami.
Dikkatning kuchi va barkarorligi.
Diqqatning bo’linishi.
Diqqatning kuchishi.
Diqqatning tebranishi.
Parishonxotirlik.
2- guruh uchun tarqatma material 
2 Sezgi va ularning ahamiyati, klassifikasiyasi va qonuniyatlari.
Tevarak-atrofdagi narsalar hakida, tovushlar va ranglar, xidlar va 
xarorat, mikdor va boshqa ko’plab narsalar tugrisida biz sezgi organlari tufayli 
bilamiz.
Sezgi – bu oddiy psixik jarayon bo’lib, u moddiy olamdagi narsa va 
xodisalarning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, moddiy kuzgotuvchilar 
tegishli reseptorlarga bevosita ta’sir etgan takdirda organizmda xosil bo’ladigan 
ichki xolatlarga aytiladi. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta’sir qilib 
sezgi xosil kildiradi. Sezgi nerv sistemasining u yoki bu kuzgotuvchidan 
ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida xosil bo’ladi va xar qanday psixik xodisa kabi 
reflektor xususiyatiga ega. Qo’zg’atuvchining o’ziga aynan uxshaydigan 
analizatorga ta’siri natijasida xosil bo’ladigan nerv jarayoni sezgining fiziollogik 
asosi bo’lib hisoblanadi.
Analizator uch kismdan tarkib topadi: 1. Tashki kuvvatni nerv jarayoniga 
utkazadigan maxsus transformator hisoblangan periferik bo’lim (reseptor), 2.
Analizatorning periferik bo’limini markaziy analizator bilan bog’laydigan 
yo’llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan 
kochuvchi) nervlar, 3. Analizatorning periferik bo’limlaridan keladigan nerv 
signallarining kayta ishlanishi sodir bo’ladigan kobik osti va kobik (miyaning 
uzi bilan tugaydigan) bo’limlari. Sezgining xosil bo’lishi reflektor yoyi tufayli 
bo’ladi.
Aks etish xususiyatiga va reseptorlarning joylashgan urniga qarab sezgilar 
odatda uch guruxga ajratiladi: 1. Eksterioseptiv sezgilar. Bularga tashki 
muxitdagi narsalar va xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan va tana 
yuzasini sezadigan sezgilar (ko’rish, eshitish, xid bilish, tam bilish, teri-tuygu) 


205 
kiradi. 2. Tananing ichki a’zolaridagi uzgarishlarni sezadigan interioseptiv 
sezgilar. Bunga organiq sezgilar kiradi. 3. Mushaklar va paylardagi xolatni 
sezadigan prorioseptiv sezgilar. Bunga muskul-harakat sezgisi kiradi. Ular
gavdamizning harakati va xolati hakida axborot beradi.
Sezgining turlari.
Eksterioseptorlar uz navbatida yana ikki guruxga bo’linadi: kontakt va 
distant sezgilar. Kontakt sezgilarga teri-tuygu va ta’m bilish sezgilari kirsa,
distant sezgilarga ko’rish, eshitish, xid bilish sezgilari kiradi. Hozirgi zamon 
fani ma’lumotlariga asoslanib sezgilarni tashki va ichki sezgilarga bo’lish 
yetarli emas. Sezgilarning ba’zi bir turlarini tashki-ichki deb hisoblasa ham
bo’ladi. Ularga xarorat va ogrik, tam bilish va tebranish, mushak-bugin va 
statik-xarkat sezgilari kiradi.
Sezgilarga xos bir kancha konuniyatlar mavjuddir. Avvalo sezgining 
xosil bo’lishligi uchun qo’zg’atuvchi ma’lum kuchga ega bo’lishi lozim.
Sezgi chegaralarga ham egadir. Uning kuyi va yuqori chegarasi 
farqlanadi. Sezgirlikni mashk yo’li bilan yoki maxsus morfiy modda ta’sirida 
kuchaytirishga sensibilizasiya deyiladi.
Adaptasiya ham sezgiga xos xususiyatdir. Adaptasiya deb sezgi 
organlarining tashki qo’zg’atuvchilarga moslashishiga aytiladi. Adaptasiyaning 
uch turi farq qilinadi: 
1. Qo’zg’atuvchining uzoq vaqt ta’siri natijasida sezgining yuqolib qolishi.
2. Kuchli qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgining zaiflashishi.
3. Kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgirlikning ortishi.
Sinesteziya – bu ikki sezgining yaxlit bir sezgi bo’lib kushilib ketishi 
demakdir.

Download 1,78 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   180




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Diqqat bir necha xususiyatga ega bo’ladi

Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish