Pulning funksiyalari bir biriga bevosita bog‘liq bo‘lib, ular doimo bir




Download 220.87 Kb.
Sana03.07.2023
Hajmi220.87 Kb.
#76104
Bog'liq
Танга
ИҚТИСОДИЁТНИНГ БОЗОР МЕХАНИЗМИ ВА УНИНГ ФАОЛИЯТ СОҲАСИ, phonetics all, Maqola-Turizm-Ingliz tili 3 (17), Maqola-5

Pulning funksiyalari bir – biriga bevosita bog‘liq bo‘lib, ular doimo bir –
birini to‘ldirgan holda iqtisodiyotda harakatda bo‘ladi.
Pulning turlariga umumiy tavsif
Kishilik jamiyatida ayirboshlash munosabatlarining chuqurlashuvi, mehnat
taqsimotining rivojlanishi pulning oddiy tovar shaklidan, hozirgi kunda hisob –
kitoblarda qo‘llanilayotgan elektron pullar ko‘rinishi darajasigacha etib kelishiga
sabab bo‘ldi. Albatta bu juda uzoq davrni o‘z ichiga oladi. Kishilar stixiyali tarzda
hayot kechirgan va natural xo‘jalik tuzumi sharoitida turli buyumlar, hayvonlar,
mahsulotlar pulning vazifasini bajargan bo‘lsa, miloddan oldingi VII – VI asrlarda
metallar pul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda qog‘oz pullar, XX asrdan esa
elektron pullar iqtisodiyotga to‘lov vositasi sifatida kirib keldi.
Demak, pul bugungi kundagi ko‘rinishiga etib kelguncha juda uzoq davr va
ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni bosib o‘tgan. Pulning turlarini o‘rganishda uni asl
qiymatga ega bo‘lgan (haqiqiy) pul va asl qiymatga ega bo‘lmagan (o‘rinbosar) pul
sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq. Odatda haqiqiy pullar to‘lov vositasini
bajarganda ular o‘z qiymati bo‘yicha ayirboshlash jarayonida ishtirok etgan,
iqtisodiyotda pul massasini tartibga solish bo‘yicha muammolar mavjud
bo‘lmagan.
Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga
nisbatan bir necha marta past bo‘lib, ular muomalaga chiqarilgandan keyin doimiy
ravishda tartibga solinib turish lozim. Aks holda iqtisodiyotda pul massasi tovar
massasiga nisbatan ortib ketadii va qog‘oz pullar o‘zining to‘lov vositasi sifatidagi
qobiliyatini yo‘qotadi.
Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo‘lgan:
– nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi;
– qiymatning qardsizlanmasligi, ya‘ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda
ham o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotmagan;
– ularni boshqa tovarlar kabi iste‘mol qilish mumkinligi.
Biroq, natural pullarning hammasi ham yuqoridagi xossalarni uzoq muddatga
saqlab turish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Masalan, bug‘doy, tamaki, choy, baliq,
jun kabilar vaqt o‘tishi bilan o‘zining dastlabki xususiyatlarini yo‘qotgan.
Natural pullar
Jamiyatning dastlabki davrlarida to‘lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar
buyum yoki natural ko‘rinishida bo‘lgan. Natural pullar – bu real ko‘rinishga ega
bo‘lgan tovarlardir, ushbu pullarning qiymati tovarning o‘zida aks ettirilgan bo‘lib,
ularning sotib olish qobiliyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan. Ma‘lum bir
tovarning pul o‘rnida foydalanishda uning iste‘mol qiymati muhim ahamiyat kasb
etgan.
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin.
1. Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan
tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo‘y, buqa, jun, suyak va boshqalar.
2. Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va
metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. Masalan,
qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar.
3. O‘simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o‘simliklar va ularning
mevalari kiradi. Masalan, bug‘doy, mevalar, tamaki va boshqalar.
40
Natural pullarning paydo bo‘lishi va ulardan foydalanish tarixi juda chuqur va
qiziqarlidir. Odamlar dastlab yovvoyi holda yashagan davrda barcha kishilar
topgani o‘rtada bo‘lgan, birgalikda iste‘mol qilgan, keyinchalik bir urug‘ga
mansub kishilar qabila – qabila bo‘lib yashay boshlagan. Qabila ichida odamlar bir
– biriga yordam berishi, oziq – ovqatlarni baham ko‘rishi kerak bo‘lgan. Bu
beg‘araz tartibda amalga oshirilib, buning o‘rniga ular bir – biridan hech narsa
umid qilmagan, hamma narsa o‘rtada bo‘lgan.
Keyinchalik ibtidoiy urug‘chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila
qatlamlari vujudga kelgan. Vaqti – vaqti bilan ular o‘rtasida dahshatli qonli
to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Ushbu to‘qnashuvlar natijasida bir qabila ikkinchisi
ustidan g‘alaba qozongandan keyin, ularning barcha narsalarini talon taroj qilgan.
Shu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida kuchli qabilalarga narsalar,
asosan iste‘mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham kishilar
o‘rtasida bir tomonlama ayirboshalash munosabatlarini vujudga kelishining asosiy
sabablaridan biri hisoblanadi.
Tosh asri davrida kishilar erlarni o‘zlashtirib ekin eka boshlagan, keyinchalik
dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab yaratilgan narsalar barchasi
bir yo‘la iste‘mol qilingan bo‘lsa, endi ma‘lum miqdorda zaxiralar qilina
boshlagan. Zaxira qilindimi, u erda ortiqchalik vujudga kelgan. Ortiqcha narsalar
esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin ravishda tasarruf qilingan. Buning
natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana boshlagan. Shuningdek, keyinchalik
hunarmandchilik vujudga kelgan, bularning barchasi kishilar o‘rtasidagi bir
tomonlama ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash zaruriyatini keltirib
chiqargan.
Odamlar o‘rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgani
mehnat qurollari hisoblanadi, 1 – rasmga qarang. Mehnat qurollariga dehqonda,
chorvadorda yoki hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bo‘lib, ular o‘z
mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga ayirboshlashga intilar edi. Mehnat
qurollari eng qadimiy tovar – pullar hisoblanadi.
Masalan, tosh asrida Evropada eng ko‘p tarqarlgan ayirboshlash vositasi
kremnivie boltalar hisoblangan. Manbalarga ko‘ra ular juda yirik bo‘lib,
ayrimlarini og‘irligi 40 kgni tashkil etgan. Evropada kremnivie boltalar juda keng
tarqalgan bo‘lib, unga ega bo‘lgan kishilar juda boy va mavqie yuqori
hisoblangan32.
32Деньги мира. Ред.группа: О.Елисеева, Т.Евсеева и др. –М.: Мир энциклопедий Аванта+, Астрель,
2009. – 184 с.: ил. –(Самые красивые и знаменитые). –С. 14.
41
Agar Evropada bolta juda keng tarqalgan to‘lov vositasi hisoblansa,
Russiyada iste‘mol mollari ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgan.
Masalan, iste‘mol tovarlar ichida buqalar asosiy to‘lov vositasi sifatida tan olingan.
Barcha narsaning qiymati, hatto erlar ham buqalar bilan o‘lchangan.
Manbalarga ko‘ra, Xitoyning Xuanxe provinsiyasida odamlar chorvachilik
bilan shug‘ullangani bois, bundan 4 ming yil oldin Xitoyda natural pullar sifatida
buqalar, mayda to‘lov vositasi sifatida qo‘ylar xizmat qilgan. Dehqonchilikning
rivojlanishi natijasida bug‘doy o‘lchov biriligi vositasida foydalanilgan. Bug‘doyni
uzoq saqlash imkoniyati bo‘lmaganligi, u ma‘lum muddat o‘tgandan so‘ng
buzilishi mumkinligi uchun kauralarning chig‘onoqlari, tosh bolta va shu kabi
boshqa narsalardan pul vositasida foydalanilgan, 2 – rasmga qarang.
Qadimda natural pullar turli ko‘rinishda bo‘lib, (2 – rasmga qarang) ulardan
to‘lov vositasi sifatida foydalanishga qator omillar ta‘sir qilgan. Xususan:
– odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo‘lgan buyumlar;
– mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi;
– kamyob buyumlar va ularni etishtirishning murakkablik darajasi;
– uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi.
Metall pullar
Kishilar o‘rtasida ayirboshlash jarayonlarining tezlashuvi va mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi ayirboshlash hajmining ortishiga olib keldi. Iqtisodiy
munosabatlarning takomillashuvi natijasida kishilar metalni kashf etdilar, undan
turli xil mehnat qurollarini yasab kundalik hayotida foydalandilar. Shu bilan birga,
ushbu mehnat qurollari to‘lov vositasi vazifasini ham bajardi. Keyinchalik esa
metalldan tanga pullarni zarb qilish yo‘lga qo‘yildi. Bularning barchasi
ayirboshlash munosabatlari jarayonida foydalanib kelinayotgan natural pul
shakllarini metall pul shakliga o‘tishiga zamin tayyorladi.
Metaldan yasalgan mehnat qurollarining to‘lov vositasi sifatida
foydalanganligining xususiyati shunda ediki, kishilar metaldan tayyorlangan bolta
va shunga o‘xshash narsalardan to‘lov vositasi sifatida foydalangan bo‘lsada, ular
boshqa maqsadda, ya‘ni kundalik hayotda foydalanish uchun yaratilgan edi.
Masalan, kishilar metaldan yasalgan boltadan ayirboshlash vositasi sifatida keng
foydalangan, lekin u to‘lov vositasini bajaradigan tanga ko‘rinishiga ega
42
bo‘lmagan. Odamlar stixiyali ravishda metalldan yasalgan boltani to‘lov vositasi
o‘rnida foydalanishgan.
Pulning natural ko‘rinishidan metall tanga shakliga o‘tishi, yuqorida
ta‘kidlanganlardan tashqari quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etgan.
1.Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi.
Ta‘kidlaganimizdek, bolta va shunga o‘xshash temir qurollardan pul vositasi
sifatida foydalanilgan, lekin ularni puldan foydalnishning metall davri deb yurita
olmaymiz. Chunki, ushbu mehnat qurollarining funksiyalari boshqa bo‘lgan.
Kishilar metalni kashf qilganlaridan keyin oradan juda ko‘p davrlar o‘tishi bilan
unga ishlov berish yo‘llarini o‘rgandilar. Bu o‘z – o‘zidan metall tangalarni zarb
etishga turtki bo‘ldi.
2.Davlatchilikning paydo bo‟lishi. Metall kashf etilib, odamlarga unga ishlov
berish yo‘llari ma‘lum bo‘lgandan so‘ng, ma‘lum hudud va qabilalar alohida
kishilarning hukmronligi, xonligi va qirolligi ostida boshqarila boshlandi. Bu o‘z
o‘zidan o‘sha davrning hukmroni, xoni yoki qirolining maqieni oshirish, o‘zining
chegaralarini mustahkamlash va qonunlarini yuritish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Bularning barchasi turli tasvirlar va yozuvlar tushirilgan tangalarni zarb etishga
asos bo‘ldi.
3.Kishilar o‟rtasida tovar ayirboshlash hajmining ortib borishi natijasida
ushbu jarayonning murakkablashuvi. Masalan, dehqon bir qop bug‘doyni bitta
boltaga ayirboshlashi uchun temirchi kosibning hoxishi dehqonning hoxishiga mos
kelishi lozim. Ya‘ni mazkur holatda, temirchining bir qop bug‘doyga ehtiyoji
bo‘lishi kerak. Biroq, temirchiga bir qop bug‘doy emas, balki bitta qo‘y kerak
bo‘lsa, u holda dehqon bug‘doyni qo‘yga almashtirishi, so‘ngra qo‘yni temirchiga
olib kelib bitta boltaga almashishi zarur bo‘lar edi. Ko‘rinib turibdiki, kishilar
o‘rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ayirboshlash hajmining ortishi
natural pullarni to‘lov vositasi sifatidagi vazifasini amalga oshirish imkoniyatlarini
chegaralab qo‘ydi.
4. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi. Alabatta,
o‘sha paytlarda pulning vazifasini bajargan bolta yoki boshqa mehnat qurollarini
saqlash qiyin bo‘lmagan bo‘lsada, lekin ularni olib yurish va xavfsizligini
ta‘minlash odamlarga turli noqulayliklarni keltirib chiqargan. Pulning vazifasini
bajargan bug‘doy, jun, qo‘y yoki boshqa shunga o‘xshash narsalar esa vaqt o‘tishi
bilan buzilgan, o‘zining dastlabki xususiyatini yo‘qotgan. Shu bilan birga, ularni
olib yurish, ayniqsa saqlash ham odamlarga qo‘shimcha tashvish keltira boshlagan.
Bularning barchasi natural pullar o‘rniga metall pullarni muomalaga to‘lov
vositasi sifatida kirib kelishiga zamin yaratdi.
Dastlab metall tangalar qora rangli temirlardan slitka ko‘rinishida
tayyorlangan bo‘lsa, keyinchalik to‘rtburchak, uchburchak, yumaloq ko‘rinishdagi
tanga shaklini olgan.
43
Vaqt o‘tishi bilan temir tangalar o‘rnini bronza, kumush va oltin egalladi, 3–
rasmga qarang. Temir metallardan yasalgan tanga to‘lov vositasini bajarganda
ularning baho masshtabini tanganing og‘irligi bilan anqilangan. Keyinchalik
bronza, mis va oltin tangalar to‘lov vositasini bajarganda esa baho masshtabi
qimmatbaho metallarning nafaqat og‘irligi, balki ularning xossalari orqali ham
aniqlanadigan bo‘ldi.
Muomalada metall tangalar, ayniqsa oltin tangalar pulning vazifasini
bajarganda iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishga ehtiyoj bo‘lmaydi.
Chunki, qimmatbaho metallar haqiqiy qiymatga ega bo‘lgan asl pul hisoblanib,
uning hajmi tovar massasasiga nisbatan avtomatik tarzda tartibga solinib boriladi.
Ya‘ni, agar iqtisodiyotda tovar massasi oltin massasi (qiymati)ga nisbatan kam
bo‘lsa muomaladagi ortiqcha oltin tangalar boylik sifatida xazinaga joylashtiriladi.
Agar, aksincha, muomalada oltin tangalar massasi tovar massasiga nisbatan kam
bo‘lsa boylik sifatida xazinaga joylashtirilgan mablag‘lar muomalaga chiqarish
orqali o‘zaro muvozanat ta‘minlanadi.
Qog‘oz pullar
Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy
voqelik bo‘lib, ushbu jarayon o‘zi bilan birgalikda qator muammolarni keltirib
chiqardi. Bu muammolarning asosiysi inflyasiya hisoblanadi. Qog‘oz pullarning
muomalaga chiqarilishi natijasida inflyasiya muammosining paydo bo‘lishini
asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan, ya‘ni
haqiqiy pullarning o‘rinbosarlari hisoblanadi. Qog‘oz pullarda aks ettirilgan
nominal qiymati ularning haqiqatdagi qiymatidan juda yuqoridir. Chunki qog‘oz
pullarning haqiqiy qiymati juda past.
Yuqorida oltin tangalarning o‘rniga qog‘oz pullarning kirib kelishi bilan
bog‘liq tavsilotlar atroflicha bayon etilgan. Ularni qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida, oltin tangalarni saqlovchilar va oltinni saqlashga beruvchilar o‘rtasida
o‘zaro munosabatlar natijasida qog‘oz pullarni muomlaga chiqarish bilan bog‘liq
jarayonni qisqacha bayon etmoqchimiz. Ushbu jarayon Evropaning ayrim
mamlakatlari va AQSh amaliyotida qog‘oz pullarning kirib kelish tajribasida ro‘y
bergan.
Chunki, ushbu mamlakatarda qog‘oz pullar Xitoy, Turkiston, Rossiya
malakatlaridan keyin muomalaga kiritilgan bo‘lsada, oltin tangalarni muomaladan
chiqib ketishi natijasida ularning o‘rniga qog‘oz pullarni kirib kelishi stixiyali
44
tarzda ro‘y bergan. Manabalarga ko‘ra, dastlabki qog‘oz pullar Xitoy, Turkiston va
Rossiyada davlati tomonidan muomalaga chiqarilgan.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida,
kishilar o‘rtasida ayirboshlash hajmi misli ko‘rilmagan darajada o‘sib bordi. Bu
jarayon oltinlarni saqlash va ularning xavfsizligini ta‘minlash borasida qator
muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni
saqlab berish evaziga daromad oluvchilar paydo bo‘ldi33. Oltin saqlovchilar asta –
sekinlik bilan odamlarning ishonchiga kirib borishi natijasida kishilar vaqtinchalik
bo‘sh oltin tangalarini ma‘lum haq to‘lash evaziga ularga topshira boshladi. Oltin
saqlovchi oltinlarni saqlar, ularning xavfsizligiga javobgar edi, shuningdek, kimga,
qachon va qancha oltin kerak bo‘lsa tegishli yozuvlarni (oltinni olganligini
tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan holda bera boshladi.
―A‖ shaxs ―B‖ shaxsga sotib olgan tovari uchun to‘lagan oltin tangani ―B‖
shaxs ham o‘z navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib
topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni saqlashga beruvchilar o‘rtasida o‘zaro
ishonchning paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik oltin saqlovchi odamlar
orasida tanilib, ishonchga kira boshlaganlaridan so‘ng odamlar ehtiyojlari uchun
zarur bo‘lgan oltinni olmasdan, tovar va mahsulot uchun sotuvchiga tilxatlarning
o‘zini to‘lov vositasi sifatida bera boshladi. O‘z navbatida sotuvchi ushbu
tilxatlarni to‘lov vositasi sifatida qabul qildi, zarur hollarda ushbu tilxat asosida
oltin saqlovchidan kerakli miqdordagi oltinlarni oldi, yoki uchinchi shaxsga to‘lov
vositasi sifatida o‘tkazib yubordi. Shu tariqa muomalada qog‘oz pullar paydo
bo‘ldi.
Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va etarli darajada
ishonchga ega bo‘lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to‘lov vositasini
bajara boshladi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar to‘lig‘icha oltin
bilan ta‘minlangan edi. Keyinchalik esa oltin saqlovchining kasodga uchrashi, yoki
odamlarning ishonchini suiste‘mol qilishi natijasida muomalada ta‘minlanmagan
qog‘oz pullar paydo bo‘la boshladi. Natijada ushbu pullar oltin saqlovchilarga
taqdim etilganda ular buning evaziga oltin tangalar berishdan bosh tortdi.
Bularning barchasi mamlakatda pul muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo‘jalik
yuritish va hisob – kitoblarni amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi.
Aynan shu jarayonda davlat qog‘oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya
qilishni o‘z qo‘liga oldi. Buning uchun alohida davlat banki, ya‘ni Markaziy
bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog‘oz pullarni chiqarish, pul muomalasini
tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga naqd pullarni
emissiya qilish huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini
ko‘rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi.
Angliyada qog‘oz pullar 1817–1843 yillarda tijorat banklari tomonidan
muomalaga chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o‘z banknotasini muomalaga
chiqardi. 1844 yildan boshlab esa tijorat banklariga pulni emissiya qilish bekor
qilindi va R.Pilning qonuniga asosan Angliya Bankining emissiya huquqi joriy
etildi.
33Бир неча асрдан кейин ушбу ―олтин сақловчилар‖ банкларга айландилар.
45
Qog‘oz pullar ta‘minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo‘lmaganligi sababli
ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar dastlabki davrlarda to‘lov vositasi
sifatida hisob – kitoblarda keng qo‘llanilishida muammolar uchrab turgan. Buning
oldini olish maqsadida og‘ir choralar qo‘llanilgan. Masalan, Xitoyda qog‘oz
pulning o‘ziga uni to‘lov vositasi sifatida qabul qilmagan shaxsning boshi kesilishi
qayd etilgan, Fransiyada 25 yil qamoq jazosi, ba‘zi hollarda o‘lim jazosi ham
qo‘llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‘oz pullarni to‘lov vositasi sifatida qabul
qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan.
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‘oz pullar bevosita va bilvosita
ta‘minlangan edi. Bevosita ta‘minlangani oltin tangalar bilan, davlatning soliqlarni
va boshqa majburiy to‘lovlarni shu qog‘oz pullarda qabul qilishi bilvosita
ta‘minlanganligi sifatida belgilab qo‘yildi.
Iqtisodiy adabiyotlarda ―emissiya qilish‖ va ―muomalaga pul chiqarish‖
tarzidagi ma‘nosi bir – biriga yaqin bo‘lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. Biroq
bu ikki iqtisodiy termin ma‘nosi va iqtisodiyotga ta‘siri jihatidan bir – biridan
tubdan farq qiladi.
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining
hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi. Muomalaga
naqd pullarni chiqarish esa mavjud pul massasi hajmini o‘zgartirmagan holda
tijorat banklari tomonidan amalga oshiradi.
Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganda
davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning topshirig‘i
bilan muomalaga chiqariladigan qo‘shimcha pul emissiyasi orqali hal etilar edi, bu
o‘z navbatida qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan
chiqishiga olib kelardi.
Shuning uchun ham qog‘oz pullar asl qiymatga ega bo‘lmagan, o‘rinbosar
pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli nazoratni
amalga oshirishni talab etadii.
Elektron pullar
Banklarning rivojlanishi, o‘zaro to‘lovlar va hisob – kitoblar hajmining
ortishi, shuningdek, texnika va texnologiyaning takomillashuvi natijasida XX
asrning ikkinchi yarmidan elektron pullar vujudga keldi. Elektron pullarning to‘lov
instrumenti bo‘lib – plastik kartalar hisoblanadi.
Plastik karta – bu pullarni naqdsiz ko‘rinishda ko‘chirish yoki naqd pul
ko‘rinishda olish imkoniyatini beradigan, banklar va boshqa kredit muassasalari
tomonidan chiqarilgan nomli to‘lov hujjat hisoblanadi.
Plastik kartalar bank tizimi va undan foydalanuvchilar uchun qulaylik jihatlari
juda ko‘p. Xususan:
– kishi 1, 2, 3 mln so‘mni hamyonida olib yurolmaydi, lekin plastik kartada
bunday muammo mavjud emas;
– hamyoningizdagi pulni yo‘qotsangiz yoki unutib biror joyda qoldirsangiz
ularni begona shaxs foydalanishi mumkin, lekin plastik kartalardan begona
shaxslarni foydalanish imkoniyati juda chegaralangan. Chunki ularning maxsus
paroli mavjud, shu bilan birga, plastik kartani yo‘qotgan shaxs zudlik bilan bankka
xabar bersa uning hisobraqamlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yish mumkin;
46
– banklar naqd pullarni tashish, saqlash, ularning hisobini yuritish va
mijozlarga berish kabi qo‘shimcha mehnat va sarf xarajatdan forig‘ bo‘ladi;
– banklar depozit siyosatidan kelib chiqib foydalanuvchi plastik kartadagi
vaqtinchalik foydalanmay turgan qoldiq summalariga qo‘shimcha foiz to‘lashi
mumkin.
O‘zbekistonda plastik kartochkalarni joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24
sentyabrdagi ―Plastik kartochkalar asosida hisob – kitob qilish tizimini yanada
rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida‖ 445 – sonli Qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi ―Plastik kartochkalar asosida
naqd pulsiz hisob – kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora –
tadbirlar to‘g‘risida‖gi PQ – 433 – sonli va 2010 yil 19 apreldagi ―Bank plastik
kartochkalaridan foydalangan holda hisob – kitob tizimini rivojlantirishni
rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida‖gi PQ – 1325 –
sonli Qarorlari shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda barcha tijorat banklari o‘z plastik kartochkalariga ega bo‘lib,
ularning soni yildan – yilga ortib bormoqda.
O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan joriy etilgan plastik kartalar bilan
hisob – kitoblar samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
– savdo nuqtalarida plastik kartalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish
uchun terminallarni ko‘paytirish;
– ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni plastik kartalarga o‘tkazish
jarayonini yanada takomillashirish;
– barcha bank bo‘limlari boshqa banklarning plastik kartochkalari bo‘yicha
ham naqd pullarni echishlishini ta‘minlash kabi ishlarni yo‘lga qo‘yish lozim.
Yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha Markaziy bank va tijorat banklari,
tegishli muassasalar, shuningdek, savdo nuqtalari tomonidan amlaga
oshirilayotgan ishlar plastik kartalarni yanada kengroq va samarali ishlashiga
imkoniyat yaratadi.
Tovar xo‘jaligi sharoitida pulning roli
Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi
iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga
e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish
yoki xizmat turini ko‘rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish
maqsadida bir necha xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan iqtisodiy aloqalarni
o‘rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan
xodimlarning mehnati uchun haq to‘laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi.
Bularning barchasi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va
manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va
manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli
alohida ahamiyat kasb etadii.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning
asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki
firma yaratayotgan tovar yoki xizmatlarni shaxsiy iste‘moli uchun emas, balki
bozorda sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda ko‘rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu
47
ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‘rtasida tovar – pul munosabatlarini vujudga
keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‘ratasida
ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Bu erda ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‘rtasida ayirboshlanadigan tovar
yoki mahsulotning bahosi muhim rol o‘ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va
taklif asosida pulda ifodalanadi. Pulning rolini amal qilishida baho muhim
iqtisodiy mexanizm hisoblanadi, tovar va xizmatlar bahosiga qator omillar ta‘sir
qiladi. Xususan, tovar va xizmatlarning sifati, unga bo‘lgan talab darajasi, sotib
oluvchining to‘lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir.
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning
ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadii. Shu bilan birga, pulning tovar xo‘jaligi
sharoitida amal qilishining samaradorligini oshishiga qator omillar ta‘sir qiladi.
Xususan ular quyidagilardan iborat.
1. Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakat
iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste‘mol tovarlar va
xizmatlarga bo‘lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish
imkoniyatini beradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim hisoblanadi.
Birinchidan, import hajmini qisqartirish asosida xorijiy valyutalarni chetga chiqib
ketishining oldini oladi. Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga
nisbatan barqarorligini oshiradi.
2. Markaziy bankning mustaqilligini ta‟minlanganligi. Ma‘lumki, Markaziy
bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan,
ushbu maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat
boshqaruv organlari bosimidan holi bo‘lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning
barqarorligi zaiflashadi va uning xalq xo‘jaligidagi roli pasayadi.
3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi.
Mamlakat aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi
pulning roliga bevosita va bilvosita ta‘sir qiladi. Chunki aholi va mijozlarning
banklarga nisbatan ishonchining yuqoriligi ularning vaqtinchalik bo‘sh pul
mablag‘larini banklarga muddatli omonat sifatida qo‘yishga undaydi. Bu esa
pulning jamg‘arma vositasi va to‘lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga,
birinchidan, pul egalariga qo‘shimcha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning
real sektorni kreditlash imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar xo‘jaligi
sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
4. Inflyasiya darajasining tegishli me‟yorlarda saqlab turilishi. Milliy
valyutaning inflyasiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me‘yorlardan
ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Inflyasiya darajasi
yuqori bo‘lgan sharoitda aholining real daromadlari pasayadi, kredit
muassasalarida uzoq muddatli omonatlar hajmi qisqaradi, korxona va tashkilotlar
ishlab chiqarish hisobidan emas, balki o‘zaro olib sotish yo‘li bilan daromad izlash
payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste‘mol tovarlarga bo‘lgan talabi mahalliy
ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan qondiriladi. Bularning
barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga olib keladi.
48
Download 220.87 Kb.




Download 220.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pulning funksiyalari bir biriga bevosita bog‘liq bo‘lib, ular doimo bir

Download 220.87 Kb.