• Python buyruqlar satri
  • Python -version




    Download 96,7 Kb.
    Sana14.05.2024
    Hajmi96,7 Kb.
    #233836
    Bog'liq
    3- Amaliy mashg\'ulot


    Natural Earth veb-sahifasi geoma`lumotlari. Ma'lumotlarni yuklab olish, Ma'lumotlarni visualizatsiya qilish, Natural Earth ma'lumotlarini Python bilan ishlatish.


    Ko’pgina Linux, BSD va Mac operatsion tizimlarida python allaqachon o’rnatilgan bo’ladi.
    Windows kompyuteringizda python o’rnatilganligini tekshirish uchun qidiruv qismiga Python deb yozing yoki buyruqlar satriga (cmd.exe) quyidagilarni kiriting:
    C:\Users\Your Name>python --version
    Linux yoki Mac tizimida python o’rnatilganligini tekshirish uchun Terminal dasturini oching va yozing:
    $ python3 --version
    Agar kompyuteringizda Python o’rnatilmagan bo’lsa, uni quyidagi saytdan yuklab olishingiz mumkin: https://www.python.org/
    Ishlatish
    Python bu interpretatsiya qilinadigan dasturlash tili, bu shuni anglatadiki, dasturchi sifatida siz Python (.py) fayllarini matn muharririga yozasiz va keyin ularni ishlatish uchun python interpretatoriga ko’rsatasiz.
    Python faylini ishga tushirish usuli buyruqlar satrida shunday:
    C:\Users\Your Name>python salom.py
    Bu yerda, “salom.py” faylingizning nomi.
    Keling, salom.py deb nomlangan birinchi faylimizni yozaylik, uni istalgan matn muharririda yozish mumkin.
    salom.py
    print("Assalomu alaykum!")
    Shu qadar oddiy. Faylingizni saqlang. Buyruqlar satrini oching, faylni saqlagan katalogga o’ting va ishga tushiring:
    C:\Users\Your Name>python salom.py
    Natija shunday ko’rinishi kerak:
    Salom, Dunyo!
    Tabriklaymiz, siz birinchi Python dasturingizni yozdingiz va ishlatdingiz.
    Python buyruqlar satri
    Pythonda qisqa kodlarni sinab ko’rish uchun ba’zan kodni faylga yozish talab etilmaydi. Bu imkoniyat pythonning o’zi ham buyruq satri sifatida ishga tushirilishi mumkinligi sabab.
    Windows buyruqlar satrida quyidagicha yozing:
    C:\Users\Your Name>python
    Agar sizda Mac yoki Linux bo’lsa:
    $ python3
    U yerdan siz har qanday python kodini yozishingiz mumkin, shu jumladan yuqorida biz ko’rsatgan misolimiz:
    C:\Users\Your Name>python
    Python 3.6.4 (v3.6.4:d48eceb, Dec 19 2017, 06:04:45) [MSC v.1900 32 bit (Intel)] on win32
    Type "help", "copyright", "credits" or "license" for more information.
    >>> print("Assalomu alaykum!")
    Mana, “Assalomu alaykum!” matni buyruqlar satrida:
    C:\Users\Your Name>python
    Python 3.6.4 (v3.6.4:d48eceb, Dec 19 2017, 06:04:45) [MSC v.1900 32 bit (Intel)] on win32
    Type "help", "copyright", "credits" or "license" for more information.
    >>> print("Assalomu alaykum!")
    Assalomu alaykum!
    Python buyruqlar satrida ishlashni tugatganingizdan so’ng, python buyruqlar satridan chiqish uchun quyidag kodni yozib kiritishingiz kerak:
    exit()
    Download 96,7 Kb.




    Download 96,7 Kb.