• Amallar bajarilish ketma-ketligi 2 + 3 * 4
  • Hisoblash tartibini ozgartirish
  • If- shart operatori. If
  • Kiritilgan sonning juft toqligini aniqlash
  • Matematik amallar va o'zlashtirishlarni qisqacha yozish




    Download 1,23 Mb.
    bet8/35
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #142834
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
    Bog'liq
    asdBuxoro davlat universitetfgghdfghfgi

    Matematik amallar va o'zlashtirishlarni qisqacha yozish
    Ko'pincha bir o'zgaruvchi ustida biror matematik amal bajarib, natijani o'sha o'zgaruvchining o'ziga o'zlashtirish zaruriyati tug'iladi. Bu holda amallarni qisqacha yozish mumkin. Siz
    a = 2; a = a * 3
    ni quyidagicha yozishingiz mumkin:
    a = 2; a *= 3
    Amallar bajarilish ketma-ketligi
    2 + 3 * 4 ifodada qaysi amal birinchi bajariladi: qo'shishmi yoki ko'paytirish?
    Matematika fanida ko'paytirish birinchi bajarilishi ko'rsatilgan. Demak, ko'paytirish operatori qo'shish operatoriga qaraganda katta prioritetga(muhimlik darajasiga) ega. Quyidagi jadvalda Python operatorlari prioriteti ko'rsatilgan. Bunda yuqoridan pastga qarab Python operatorlari prioriteti oshib boradi. Bu shuni anglatadiki, ixtiyoriy ifodada Python oldin eng quyidagi operatorlarni hisoblaydi va keyin esa yuqoridagilarini. Amaliyotda esa amallarni qavslar bilan aniq ajratish tavsiya etiladi. Bu dastur kodini oson o'qishga yordam beradi.

    Operator

    Izoh

    Lambda

    lambda ifoda

    Or

    Mantiqiy 'yoki'

    And

    Mantiqiy 'va'

    Not x

    Mantiqiy 'emas'

    in, not in

    Tegishlilikni tekshirish

    is, is not

    Bir xillikni tekshirish

    <, <=, >, >=, !=, ==

    Taqqoslash

    |

    'yoki' bit operatori

    ^

    'shartlik yoki' bit operatori

    &

    'va' bit operatori

    <<, >>

    Surilishlar

    +, –

    Qo'shish va ayirish

    *, /, //, %

    Ko'paytirish, bo'lish, qoldiqsiz bo'lish va qoldiqlik bo'lish

    +x, -x

    Musbat va manfiy

    ~x

    'emas' bit operatori

    **

    Darajaga ko'tarish

    x.attribute

    Atributga link

    x[index]

    Indeks bo'yicha murojat

    x[index1:index2]

    Kesib olish

    f(argumentlar …)

    Funksiyani chaqirish

    (ifoda, …)

    Kortej (Связка или кортеж)

    [ifoda, …]

    Ro'yxat (Список)

    {kalit:qiymat, …}

    Lug'at (Словарь)

    1.2.2-chizma. Python operatorlari prioriteti.
    Bu jadvalda bir xil prioritetga ega bo'lgan operatorlar bir qatorda joylashgan. Misol uchun '+' va '-'.
    Hisoblash tartibini o'zgartirish
    Ifodalarni o'qishni osonlashtirish uchun qavslarni ishlatish mumkin. Misol uchun, 2 + (3 * 4) ni tushunish oson operatorlar prioriteni bilish lozim bo'lgan 2 + 3 * 4 ifodadan ko'ra. Qavslarni o'ylab ishlatish kerak. Ortiqcha qavslarni ishlatishdan saqlaning. Misol uchun: (2 + (3 * 4)).
    Qavslarni ishlatishni ya'na bir afzalligi hisoblash tartibini o'zgartirish imkonini beradi. Misol uchun, qo'shish amalini ko'paytirish amalidan birinchi bajarish kerak bo'lsa, quyidagicha yozish mumkin:
    (2 + 3) * 4.
    If- shart operatori.
    If operatori shartni tekshirish uchun ishlatiladi. Pythonda shart operatorini bir necha xil ko`rinishi mavjud:

    1. if (mantiqiy ifoda):- shart operatorining bu ko`rinishi mantiqiy ifoda rost bo`lgan holda qandaydir kod bajarilishi uchun ishlatiladi.

    2. if (mantiqiy ifoda):else-shart operatorining bu ko`rinishida mantiqiy ifoda rost bo`lsa, birinchi ifodalar bloki bajariladi(bu blok “if-blok” deb nomlanadi), aks holda keyingi ifodalar bloki bajariladi(bu blok “else-blok” deb nomlanadi).

    3. if (mantiqiy ifoda):elif(mantiqiy ifoda):else- shart operatorining bu ko`rinishida oldingi shart yolg`on bo`lganda keyingi shart tekshiriladi. Bu ifoda o`zida ikkita bir-biriga bog`liq bo`lgan if else-if else ifodani bir ifodada if elif else saqlaydi. Bu dasturni o`qishni osonlashtiradi.

    If operatoriga misol:



    Natija



    Kiritilgan sonning juft toqligini aniqlash:



    Natija:




    Download 1,23 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matematik amallar va o'zlashtirishlarni qisqacha yozish

    Download 1,23 Mb.