|
Python dasturlash tilida sana va vaqt bilan ishlash modullari
|
bet | 1/7 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 24,96 Kb. | | #130768 |
Bog'liq Python dasturlash tilida sana va vaqt bilan ishlash modullari-fayllar.org (1)
Python dasturlash tilida sana va vaqt bilan ishlash modullari
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI fakulteti
“AMALIY MATEMATIKA ” ta’lim yoʻnalishi
“ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Python dasturlash tilida sana va vaqt bilan ishlash modullari
Bajardi: 1-1PM-21 guruh talabasi Ma’rufov Muhammad
Ilmiy rahbar: H.Rustamov
Python dasturlash tilida sana va vaqt bilan ishlash modullari
Reja:
Kirish
1.Python datetime moduli
1.1 Python datetime.date sinfi
1.2 Python datetime.time sinfi
1.3 Python datetime. datetime sinfi
2.Python datetime.strftime()
3. Python sleep() funksiyasi
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil yanvar oyida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusidan uchinchi tashabbusida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora – tadbirlariga oid dasturi doirasida 2019 – 2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ko‘zda tutilmoqda. Hozirgi jadal rivojlanish va turli jarayonlarni avtomatlashtirish hamda robotlashtirish davrida dasturlashni bilish va uni o‘z ish jarayonida ishlata olish texnik va pedagogik yo‘nalishda ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalar uchun juda muhim deb hisoblanadi. Bu zamonaviy mutahassislar uchun eng zaruriy talablardan biridir. Sababi hozirgi kunda informatika turli-tuman sohalarda muvaffaqiyatli ravishda qo‘llanilishi mumkinligini hech kim ham rad eta olmaydi. Huddi shuning uchun ham, o‘quv - qo‘llanmaning asosiy maqsadi – o’quvchi talabalarga Python dasturlash tili misolida hisoblash texnikasi vositalarini ishlatish bo‘yicha bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni imkon darajasida singdirishdir. Amaliy maqsadlarda dasturlash tilining imkoniyatlarini ko‘rsatish matematika va ilmiy sohalarga oid bir qancha misol va masalalarni Python dasturiy tilidan foydalanib yechish misolida aniq va ravshan qilib ko‘rsatib o‘tiladi. Shunday qilib, o‘quv - qo‘llanma o‘quvchi talabalar uchun dasturlash tili vositasida turli xildagi amaliy masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon yaratadi. O‘quv - qo‘llanmani o‘qish va undagi materiallarni o‘rganish uchun dasturlash tajribasi bo‘lishi talab etilmaydi va undan endigina dasturchi bo‘lishni orzu qilganlar ham bemalol foydalanishlari mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ushbu o‘quv - qo‘llanmada zamonaviy Python dasturlash tili imkoniyatlari boshlang‘ich o‘rganuvchilar, ya’ni maktab o‘quvchilari, talabalar va mustaqil o‘rganuvchilar tushunishi uchun nihoyatda yengil, tushunarli, kerakli izohlar bilan va sodda xalq tilda izhor qilingan. Python dasturlash tili samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar tuzilmasini hamda oddiy, ammo samarador bo‘lgan ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Undan tashqari, bu til o‘rganish uchun oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonli dasturlash tillari jumlasiga kiradi va shu bilan birgalikda unda dasturlash jarayoni juda ham oddiy amalga oshiriladi. Python dasturlash tilining rasmiy sayti – www.python.org bo‘lib, uning muallifi Niderlandiyadagi Matematika va informatika ilmiy adqiqot institutida ishlagan Gvido van Rossum deb hisoblanadi. Pythonning o‘ziga xosligi esa uning oddiyligi, o‘rganishga osonligi, sodda sintaksisga egaligi va dasturlash jarayonini boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minotga egaligidir. Undan tashqari, o‘z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishingizga hech qanday hojat qolmaydi. Bu dasturlash tili ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi va u interpretatsiya qilinadigan tillar jumlasiga mansub. Bulardan tashqari, Python dasturlash tili imkoniyatlari kengayishga moyil bo‘lgan dasturiy til hisoblanadi. Agar siz dasturingizning biror-bir joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz, o‘sha qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib, keyin shu qismni Python kodingiz orqali ishga tushirsangiz (chaqirsangiz) bo‘ladi. Bundan tashqari, Python juda ham ko‘p, foydali hamda xilma-xil dasturlar kutubxonalarga egaligi ham juda muhimdir. Python dasturlash tili sodda va o‘qilishi oddiy bo‘lgan dasturlash tili bo‘lib u inglizcha so‘zlarni qo‘llaydi va u PERL va PHP ga tillariga o‘xshab ketadi. Python interaktiv dasturlash tili bo‘lib, ob’ektga yo‘naltirilgan tillar jumlasiga kiradi, ya’ni, Python ob’ektga yo’naltirish uslubini yoki dasturiy texnikasini qo‘llabquvvatlaydi. Python boshlovchi dasturchilar tilidir, ya’ni u boshlang‘ich dasturchilar uchun ajoyib til bo‘lib, oddiy matnni ishlashdan tortib, veb-brauzerlaridagi o‘yinlarga qadar keng ko‘lamdagi ilovalarni ishlab chiqishni qo‘llab quvvatlaydi. Python ning buyruqlari va sintaksisi ABC, Modula-3, C, C++, Algol-68, SmallTalk va Unix shell kabi boshqa ko‘plab tillardan va skript tillaridan olingan. Python mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Xuddi Perl kabi, Python dagi manbaa kodi GNU General Public License (GPL) ostida mavjud.
Pythonning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
O‘rganish oson: Python nisbatan kam sonli kalit so‘zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega;
Tushunish va o‘qish oson: Python kodi juda aniq va yodda qoladigan tarzda yoziladi;
Unda ishlash juda ham qulay: Python ning muvaffaqiyati – manba kodining tuzilishi juda sodda va tushunarli;
Python kattagina standart kutubxonaga ega: Python ning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portative va UNIX, Windows va Macintoshda o‘zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi;
Interaktiv usulda ishlash imkoniayti mavjud: Python da terminalda ishlash uchun juda qulay, natijalarni terminalda test qilib ko‘rsa ham bo‘ladi;
Bu til moslashuvchan hisoblanadi: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega;
Kengaytirilish imkoniyatalariga ega: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo‘shishingiz mumkin;
Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash qulayligi: Python barcha a’lumotlar bazasini qo‘llab quvvatlaydi;
GUI dasturlashni amalga oshirish imkoniyati: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi;
Moslashuvchanligi: Python qobiq buyruq fayliga qaraganda, katta dasturlarga yanada yaxshi moslashish va ularni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi;
Funktsional va tuzilgan dasturiy usullarni va Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlaydi;
Buyruq fayli sifatida ishlatilishi mumkin yoki katta ilovalar yaratish uchun bytekodga to‘planishi mumkin;
Juda yuqori darajadagi dinamik ma’lumotlar turlari va dinamik turdagi tekshiruvlarni qo‘llab-quvvatlaydi;
Chiqindilarni avtomatik ravishda to‘plashni va ularni tozalashni qo‘llabquvvatlaydi (musorosborshik funktsiyasi);
C, C++, Java va PHP kabi dasturlash tillari bilan osonlik bilan bog‘lanishi mumkin.
Python dasturlash tili boshqa tillarga nisbatan o‘rganish ancha oson va shu bilan birga imkoniyatlari boy bo‘lgan til hisoblanadi. Ya’ni, til o‘rganishni boshlovchilar uni osonlik bilan o‘rganishlari mumkin, shu bilan bu til yordamida ancha-muncha jiddiy amaliy loyihalarni ham amalga oshirish mumkin. Python haqida quyidagi uchta xulosaga kelish mumkin:
1. Python dasturlash tilining keng miqyosda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uch asosiy soha bor: veb-dasturlash (backend – vebserver uchun ilovalar yozish), sun’iy intellekt masalalari, kompyuterda foydalanuvchi juda ko‘p marta bajaradigan mayda ishlar (elektron xatlarni jo’natish, fayllarni izlash va bosmalash, elektron jadvaldan biror-bir ma’lumotlarni ajratib olish va xakozolar).
2. Python o‘rganish ancha oson bo‘lgan dasturiy tildir. Agar tabiiy tillar bilan o‘xshatish qiladigan bo‘lsak, biror-bir tilda fikrni yetkazish uchun ma’lum vaqt so‘zlarni, tilning grammatikasi o‘rganish kerak bo‘ladi. Qandaydir minimal bilim shakllangandan so‘ng, asta-sekin inson o‘z fikrini ifoda eta boshlaydi. Dasturlash tillari bilan ham holat xuddi shunday. Biror dasturlash tilida amaliy foyda keltiradigan dastur yozishni boshlash uchun ma’lum bilimlar majmuini egallash kerak, shundan so‘nggina dasturlashni boshlash mumkin. Boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, Python da amaliy ahamiyatga ega dasturlarni ishlab chiqishga ancha ertaroq, hali tilning katta qismini o‘rganmasdan turib ham kirishish mumkin.
3. Python interpretatsiya qilinadigan dasturiy til. Dasturlash tillarini interpretatsiya qilinadigan va kompilyatsiya qilinadigan dasturlash tillariga bo‘lishadi. Aniqroq aytganda, agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish interpretatsiya orqali amalga oshirilsa, bunday tillar interpretatsiya qilanadigan til deyiladi. Agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish uchun uni avval mashina tiliga o‘tkazish talab qilinsa, bunday tillar kompilyatsiya qilinadigan tillar deyiladi. Aslini olganda, kompyuter uchun yozilgan har qanday dastur interpretatsiya qilinadi. Chunki mashina kodlaridagi dastur kompyuterning miyasi bo‘lgan protsessor tomonidan interpretatsiya qilinadi. Interpretatsiya qilinadigan tillarda yozilgan dasturlar uchun maxsus – interpretator dastur mavjud. Bu interpretator dastur kodlarini bajarilishini ta’minlab beradi. Bu o‘quv - qo‘llanma dasturlashni o‘rganuvchilar hamda ilmiy yoki amaliy maqsadlarni amalga oshirish uchun bu dasturlash tilini o‘rganishi kerak bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi - Sizga Python tilida dasturlashning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. Dasturlash tilini o‘rganish uchun eng asosiy amal – kitobda berilgan barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida, tushungan holda va aniq bajarishdir. Chunki, har qanday soha bo‘yicha chuqur bilim faqatgina amaliyot orqali puxta egallanadi. PYTHON – dasturlash tili bo‘yicha o‘zbek tilidagi adabiyotlar yetarli darajada emasligi, ko‘pgina foydalanuvchilarning ushbu tilda dastur tuzishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli, keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan, tushunarli tilda yozilgan o‘quv qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Ushbu o‘quv qo‘llanma Termiz davlat universiteti “Amaliy matematika va informatika”, “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari, hamda “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxasissisligi talabalariga “Dasturlash tillari”, “Dasturlash asoslari” va “Yuqori bosqichli algoritmik tillar” fanilarida “PYTHON dasturlash tili” ni o‘tishga mo‘ljallab yozilgan bo‘lib, unda ko‘pgina amaliy xarakterga ega bo‘lgan – dasturiy kodlar va misollarning PYTHON tilida tugallangan dasturlari keltirilgan.
|
| |