• O‘zbekistonda mehnat muhofazasi
  • Jarohatlanish va kasb kasalliklarining iqtisodiy oqibatlari hamda xavfsiz ish sharoitining samaradorligi




    Download 0,64 Mb.
    bet2/3
    Sana05.01.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #130735
    1   2   3
    Bog'liq
    Hoyot havsizligi 2-topshiriq

     Jarohatlanish va kasb kasalliklarining iqtisodiy oqibatlari hamda xavfsiz ish sharoitining samaradorligi 
    Baxtsiz hodisalar tufayli yuzaga keluvchi umumiy iqtisodiy zararni hisoblash. Ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi tadbirlarining o‘z vaqtida uzluksiz amalga oshirilib borilishi, sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishga, ishchilarning ish unumdorligini oshishiga va natijada bir ishchi hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini ko‘payishiga olib keladi. Aksincha, ishlab chiqarishda mehnat sharoitiga yetarli e’tibor bermaslik ish 
    unumdorligini pasayib ketishiga, xavfli va zararli omillar ta’sirining kuchayishiga, natijada turli xil jarohatlanishlar va kasb kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
    Albatta, har bir baxtsiz hodisa, u qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu korxonaga katta iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy zarar yetkazadi. O‘zbekistonda mehnat muhofazasi – bu tegishli 
    qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi
    insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi 
    va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan 
    ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena 
    va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari 
    tizimidan iboratdir. Mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8-dekabr 1992-у.), O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (21-dekabr 1995-у.), «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun» (6-may 1993-у.), Davlat standartlari, nizomlar va me’yorlar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qoidalar asosida olib boriladi. Respublikamizda demo-kratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi inson huquqlari va erkinliklariga to‘liq rioya etilishini taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida respublikamiz fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari yaqqol o‘z ifodasini topgandir. Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaat-lariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» (2-modda), «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir.....(24-modda). «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» (37-modda). Yuqoridagilarga asoslangan holda ifodalash mumkinki, insonning hayoti, mehnat faoliyati, faoliyаti davridagi sog‘ligi davlat qonunlari asosida himoyalanadi, muhofaza qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati aniq o‘z aksini topgan. Unda «Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvorligi» (4-modda) ta’kidlangan. Ushbu qonun 5 bo‘lim va 29 moddadan iborat bo‘lib, unda mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy qoidalar (1-bo‘lim, 7 moddadan iborat); mehnatning muhofaza qilinishini ta’minlash (2-bo‘lim, 8 moddadan iborat); ishlovchilarning mehnatni muhofaza qilishga doir huquqlarini ruyobga chiqarishdagi kafolatlar (3-bo‘lim, 6 moddadan iborat); mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati (4-bo‘lim, 3 moddadan iborat); mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 
    qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javob-garlik (5-bo‘lim, 5 moddadan iborat) masalalari aniq yoritilgan. 1995-yil 21-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining 
    Mehnat kodeksi qabul qilindi va u 1996-yil aprel oyidan boshlab amalda kuchga kirdi. Ushbu qonunda ko‘rsatilishicha, xavfsizlik texnikasiga, ishlab chiqarish sanitariyasiga, yong‘in chiqishidan saqlanishga va mehnat muhofazasining boshqa qoidalariga rioya etish yuzasidan ishchi va xizmatchilarga уo‘l-уo‘riqlar berish, shuningdek, 
    xodimlarning mehnat muhofazasiga doir qo‘llanmalarda ko‘rsatilgan hamma talablarga amal qilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. Mehnat 
    sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yokihavoni ifloslantiruvchi ishlarda mehnat qiluvchi ishchi va xizmatchilarga belgilangan me’yorda maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari tekinga beriladi. Mehnat sharoiti ifloslanish bilan bog‘liq va zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchi ishchilar belgilangan me’yorda sovun hamda sut yoki boshqa xil parhez oziq-ovqatlar, issiq sexlarda ishlovchilar esa gazsuv bilan tekin ta’minlanadi. Mehnat qonunlari kodeksida balog‘atga yetmagan yoshlarning, ayollarning mehnatiga alohida e’tibor berilgan. 
    18 yoshga to‘lmagan yigitlarni 16 kg.dan, qizlarni 10 kg.dan ortiq yuk ko‘tarishiga, ularning ish vaqtini haftasiga 36 soatdan ortib ketishiga уo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish kunlari ishlashga jalb etish taqiqlanadi. Ishchi xodimlar uchun ish vaqtining me’yoriy muddati 40 soatdan oshib ketmasligi, 18 ga kirmagan yoshlar hamda mehnat sharoiti 
    zararli bo‘lgan ishlarda mehnat qiluvchilar uchun ish vaqti miqdori haftasiga ko‘pi bilan 36 soat bo‘lishi kerak. Ish vaqtidan ortiq ishlash har bir ishchi va xizmatchi uchun 
    surunkasiga ikki kun davomida 4 soatdan va yiliga 120 soatdan ko‘р bo‘lmasligi lozim.
    Dunyoda barcha jabhalarida ro’y berayotgan ulkan o’zgarishlar shiddatli tehnologik taraqqiyot , aholinng ko’payishi va mehnat bozoridagi ehtiyoj o’zgarib borayotgan XXI asr talablariga muvofiq tarzda moslashishi uchun ta’llimga mutlaqo yangi yo’nalishuvlari taqozo etmoqda, dedi yaponiyalik ta’lim bo’yicha ekspert USHIO MUIRA .Shu sababli sifatli ta’limdan baxramand bo’lish ,bunday baxramandlik faqat maktab yoki oliy o’quv yurti doirasida cheklanib qolmasdan ,butun umr mobaynida davom etishi g’oyat muhimdir.
    Fuqaro mudofaasi o’rnini bo’lishi mumkin bo’lgan yirik ko’lamdagi favqulodda vaziyatlarga avvaldan tayyorgarlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat tizimi egalishi bu tinchlik hamda urush davrida aholini va hududlarini favqulodda muhofaza qilish tushuniladi. Bu tizim aholini favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o’tkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarini xavfli hududlarni xaritalashtirish ,seysmik mustahkam bino va inshoatlarni ko’rish qisqa , o’rta , va uzoq muddatli bashoratlash ishlariga tayyorgarligini amalga oshirmoqda.
    Adabiyotlar:



    1. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidaO’zbekiston respublikasi qonuni . Тоshkent 6 маy1993 y.


    2. Mehnat kodeksi Тоshkent, 26 маy1996 y.


    3. A.E.Parmonov, A.Igamberdiyev, G\Dadayev. M.Qodirov: HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

    Variant 69

    Download 0,64 Mb.
    1   2   3




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jarohatlanish va kasb kasalliklarining iqtisodiy oqibatlari hamda xavfsiz ish sharoitining samaradorligi

    Download 0,64 Mb.