Elektron tijoratning muammo va istiqbollari




Download 336,04 Kb.
bet13/20
Sana30.01.2024
Hajmi336,04 Kb.
#148727
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
sayidmurodov individual loyiha

2.2 Elektron tijoratning muammo va istiqbollari

Jahon inqirozining uzoq davom etgan va Koreya iqtisodiyotining o‘sish su’atlarining pasayib ketgan davrda XXR eletkron tijorat bozori barqaror o‘smoqda.


Bunga birinchi navbatda yangi investitsiyalarning va “offlayn” bizneslaridan loyihalarning oqib kelishi sabab bo‘lmoqda. Ya’ni uzoq davom etgan salbiy moliyaviy ko‘rsatkichlardan ko‘ngli qolgan va “kibermakonga chiqishni” xohlagan kompaniyalardan. Ularning maqsadi aniq – yangi biznes-jarayonlarga bo‘lgan oqilona xarajatlarda yanada kengroq iste’molchilar auditoriyasini qamrab olish va qo‘shimcha marketing. Kichik va o‘rta biznes ineternetga chiqishdan ko‘proq manfaatdor. Xususiy tadbirkorlarni hisobga olish arzimaydi, chunki ularning soni
Koreyada eksonent bo‘yicha ham mutlaqo o‘smaydi...
Shu yerdan minglab onlayn do‘konlarning doimiy paydo bo‘lishi, sotib tugatishlarning misli ko‘rilmagan soni, hayratda qoldiradigan past narxlar kelib chiqadi. Ko‘pincha sotuvchilar zarariga ishlaydilar, yo‘qsa tepa qidiruv qatorlarni egallash va mijozlarni jalb qilish mumkin emas.
Biroq aslida hammasi milliardlab yuanlar aylanmasida va yangi takliflarning turfa xilligida ifodalangan o‘sish statistikasi ko‘rsatayotgandekmikin? Savdo maydonlarida tovarlarni joylashtirishning o‘sishi – bosh mummo emas. Masala shundaki, o‘rtastatistik Koreyalik iste’molchi elektron tijoratning keyingi ikki yil ichidagi shiddatli o‘sishi davrda jiddiy o‘zgardi. U yanada talabchan, savodli bo‘lib qoldi va har bir xaridni amalga oshirayotganida yanada ko‘proq o‘ylab, qaror qabul qilmoqda.
Koreya internetining axborot markazining ma’lumotlariga ko‘ra (CNNIC), 2014 yilning o‘rtalariga kelib mamlakatda internetning singish foizi 48% dan oshdi, foydalanuvchilarning soni esa 633,5 mln kishi ko‘rsatkichidan oshdi. Mamlakat aholisining 500 mlndan ortig‘i mobil uskunalar yordamida tarmoqqa muntazam chiqib turishadi.
3 oyning ichida bir marotaba bo‘lsa ham muntazam xaridni oshiruvchi onlayn xaridorlarning soni 305 dan 310 mlngacha kishini tashkil qiladi. Ushbu iste’molchilar armiyasining katta qismi faqat eng zo‘r takliflarni kutadi.
Koreyada bir necha yil avval “internet-shopingga bog‘liqlik” paydo bo‘lgan.
Ko‘plab odamlar nafaqat ishga ketayotganlarida, balki shunchaki istagan bo‘sh daqiqada ham yangiliklar bilan tanishishni va xatto Wechatda muloqot qilishni, eng zo‘r takliflar ketidan ov qilishni afzal ko‘radilar.
Koreyaning qariyb 75% shoping ishqivozlari tovarlarni izlash, narxlarni va takliflarni taqqoslash uchun mobil telefonlaridan foydalanadilar. Kundalik hayot uchun buyumlar sotib olish kabi tez amalga oshiriladigan bitimlar uchun qariyb 40% xaridorlar mobil telefonlari va “planshetniklardan” foydalanishadi. Biroq jiddiy va qimmatbaho tovarlarni xarid shaxsiy kompyuter va noutbuklarni ishga tushiradilar.
Haqiqatan ham qandaydir yaxshi narsani, qolaversa tannarxidan past narxda sotib olish “oq yoqaliklar” uchun o‘ziga yarasha musobaqali xobbiga, ko‘pincha esa ish kunining o‘rtasida ruhiy yengillashish usuliga aylandi. Bundan tashqari, qayerda arzonroq sotib olish haqidagi yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishlar hamkasblar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish uchun yordam beradi...
Shu bilan birga Koreyada deyarli har bir oila tejamkorlikka intiladi. Shu yerda qulay va tez amalga oshiriladigan onlayn xaridlar juda ham o‘z o‘rnini topgan. Hatto yuvish vositalari va tualet qog‘ozigacha bo‘lgan birinchi ehtiyoj tovarlari onlayn xarid qilinadi.
2014 yilning o‘rtalaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, yuqori talab natijasida, turli baholarga ko‘ra elektron sotuvlar ulushiga Koreyaning butun chakana savdo hajmining 7,9% dan 11,8% gacha bo‘lgan qismi to‘g‘ri kelgan. 2014 yilda XXR onlayn chakana savdosining aylanmasi qariyb 335-340 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Offlayn chakana savdoga va industriyaning bunga bog‘liq sektorlariga nagruzka o‘smoqda. Birinchi navbatda – yetkazib berish xizmatlariga. Koreyaning ise’molchilar huquqlarini himoya qilish uyushmasining ma’lumotlariga ko‘ra posilkalarni yetkazib berish tezligidan XXR iste’molchilarining chorak qismidan ortig‘i norozi. Shikoyatlar sonining o‘sishining oldini olish uchun ko‘plab kurerlik xizmatlari joriy yilda shunchaki posilkalarni “eshikdan eshikka qadar” bo‘lgan yetkazib berish muddatlarini 24 dan 48 soatga qadar oshirishdi.
2014 yilning bosh tendensiyasi – unchalik katta bo‘lmagan shaharlar va qishloqlar aholisi mahalliy do‘konlarda zarur tovarlarning mavjud emasligini qoplagan holda, internet orqali xarid qilishlarni yanada faol tarzda o‘zlashtirishlaridan iborat. Ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha ular endilikda megapolislarning o‘ta talabchan va injiq aholisidan o‘zib ketishmoqda.
Koreyaning “qishloqlik biznesmenlari” o‘tgan yilda Taobao.com va Tmall.com orqali 1,8 mlrddan ortiq posilkalarni sotishgan. Provinsiyalar aholisi tomonidan 1,4 mlrddan ortiq xaridlar olingan. Savdo bo‘yicha eng samaralilari Koreyaning sharqidagi kichik aholi punktlari sanaladi, buning sababi ishlab chiqaruvchi bazalarning yaqinligida. Koreyaning shimoli, janubi va markazi hududiy xaridlarning uchdan bir qismini tashkil qiladi.
IT-savodxonlik darajasining oshishi bilan Koreya provinsiyasi uzoq muddatli istiqbolda onlayn tijoratning rivojlanishining bosh yuritgichlaridan biri bo‘lishini bildiradi.
Keyingi uch yil davomida po‘lat quyish sanoatida salbiy tendensiyalar qayd etilmoqda. Natijada qator metallurgiya kompanyalari onlayn savdolaridan foydalana boshladilar, bu qisqa vaqt ichida butun po‘lat bozorining qariyb 10%ini egallash imkonini berdi. Jumladan, Zhaogang.com platformasi temir rudasi va po‘lat quyish bilan shug‘ullanuvchi 40 dan ortiq kompaniyalarni jalb qila oldi. Ushbu korxonalarning umumiy quvvati umumiy qiymati 470 mln dollar atrofida bo‘lgan
860 ming metrik tonna po‘latga baholanadi.
Mamlakatdagi eng yirik po‘lat ishlab chiqaruvchisi China Minmetals ham bu yilda Tmall.com portalida o‘zining onlayn do‘konini ochdi. Dallol va treyderlarni chiqarib tashlagan holda, bitimning real qiymtini deyarli 50% pasaytirishdi. Hozirda
XXR sanoat va axborotlashtirish vazirligi 30 ta “po‘lat” platformalarini kuzatadi.
Vazirlikning rasmiy vakili Dun Baotsinning so‘zlariga ko‘ra, yilning Oxiriga kelib
5 dan ortiq bo‘lmagan vakolatli platformalar qoladi, ular Koreya po‘lat onlayn bozorining asosiga aylanadi.
Koreyada qariyb 600 ta industrial materiallar va konstruksiyalarni sotishga ixtisoslashtirilgan onlayn platformalar mavjud. Bir necha o‘nlab platformalar po‘lat savdosi bilan shug‘ullanishadi.
Koreya bozoridagi minglab elektron tijorat maydonlari ichidan bozorning rivojlanishiga jiddiy ta’sir qilgan 20 ta saytni alohida ajratish mumkin (20 dan 3 top
eng yaxshilari ko‘rsatilgan).18



  1. Download 336,04 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Download 336,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron tijoratning muammo va istiqbollari

Download 336,04 Kb.