• Jadval 1.1.1
  • Elektron tijoratning mamlakat milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi ahamiyati va ro`li




    Download 336,04 Kb.
    bet2/20
    Sana30.01.2024
    Hajmi336,04 Kb.
    #148727
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    sayidmurodov individual loyiha

    Elektron tijoratning mamlakat milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi ahamiyati va ro`li.
    1.1 Elektron tijorat o`zi nima va uning vujudga kelishi.
    Internet global tarmog‘ining paydo bo‘lishi bilan elektron tijorat ham barcha turdagi firmalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Avvallari, elektron axborot almashinuvi bilan shug‘ullanish imkoniyati faqatgina yirik kompaniyalarda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib bu narsa oddiy holatga aylanib qoldi. Elektron tijorat nafaqat onlayn-tranzaksiyalarni, balki onlayn-marketing, hamkorlar va ta’minotchilar bilan onlayn-aloqada bo‘lish, elektron hujjat almashinuvi va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi.
    Bu soha – biznes yuritishning eng zamonaviy usuli bo‘lib, firmalarga, ulgurji savdogarlarga qo‘shimcha buyurtmachilarni jalb qilish hisobiga daromadlarni oshirish, xarajatlarni qisqartirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularni yakuniy iste’molchiga yetkazish sur’atini tezlashtirish imkonini beradi.
    XX asrning so‘nggi o‘n yilligida “raqamli iqtisodiyot” degan tushuncha paydo bo‘ldi. Raqamli iqtisodiyot – bu, raqamli texnologiyalarga asoslangan bo‘lib odatda, uni internet-iqtisodiyot, elektron iqtisodiyot, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot deb ham atashadi.1
    Internet-iqtisodiyot o‘zining an’anaviy turidan ko‘p jihatlari bilan farq qiladi: kommunikatsiya, bozor tuzilishi, narx va shu kabilar. Hayotimizga internetiqtisodiyotning kirib kelishi natijasida kompaniyalar o‘z mahsulotlarini nafaqat mahalliy yoki mamlakat ichidagi xaridorlarga, balki butun dunyo bo‘ylab taqdim qilishi mumkin bo‘lib qoldi. Bugungi kunda elektron iqtisodiyot faqatgina elektron savdo bilan cheklanib qolmay, balki hayotimizning barcha jabhalarini – sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank ishi va boshqalarni ham o‘z ichiga qamrab olmoqda.
    Elektron biznes yoki internet-biznes – bu, yangi paydo bo‘lgan biznes-model bo‘lib, unda biznesga oid ma’lumotlarni almashish hamda tijoratga oid tranzaksiyalar axborot tizimlari yordamida avtomatlashtiriladi. Bunda, ma’lumotlarni o‘tkazish hamda veb-servislarni taqdim qilish uchun internet-texnologiyalardan keng foydalaniladi. Ushbu atama ilk marta 1996-yilda IBM korporatsiyasining sobiq bosh direktori Lui Gerstner tomonidan ishlatilgan.2 Sodda qilib aytganda, elektron biznes – bu, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositasida amalga oshiriladigan biznesdir. Elektron tijorat ham elektron biznesning bir bo‘lagi bo‘lib, unda tovar va xizmatlar kompaniyalar, iste’molchilar o‘rtasida ayirboshlanadi. Shuning uchun ham u elektron biznesning eng muhim, ajralmas qismi sanaladi. Elektron tijorat, odatda, o‘zida elektron biznes yuritishning savdo-sotiqqa oid sohasini aks ettiradi. Bundan tashqari, u biznes tranzaksiyalarining moliyalashtirish hamda to‘lovni amalga oshirish kabi bosqichlarini ham ifodalaydi.
    “Elektron tijorat” tushunchasiga turli adabiyotlarda har xil ta’rif berilgan. Umuman olganda esa, elektron tijorat deyilganda, elektron axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan tijoriy faoliyat tushuniladi.3
    Elektron tijorat (inglizcha, “electronic commerce” yoki “e-commerce”) – bu, iqtisodiyotning zamonaviy sohasi bo‘lib, u Internet va boshqa turdagi kompyuter tarmoqlari kabi elektron tizimlar orqali mahsulotlar yoki xizmatlarni sotish hamda sotib olishni o‘z ichiga oladi. Elektron tijoratni amalga oshirishda elektron kapital harakati (electronic funds transfer, EFT), ta’minot zanjirini boshqarish (supply chain management), internet-marketing, tranzaksiyalarni onlayn rejimida qayta ishlash (online transaction processing), elektron axborot almashinuvi (electronic data interchange, EDI), moddiy-texnikaviy resurslarni boshqarish hamda ma’lumotlarni avtomatik ravishda yig‘ish tizimlari kabi texnologiyalardan foydalaniladi.
    Elektron tijorat biznes yuritishning an’anaviy ko‘rinishlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega:
    Jadval 1.1.1

    Download 336,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 336,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron tijoratning mamlakat milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi ahamiyati va ro`li

    Download 336,04 Kb.