|
Qabul qildi: Бозоров У. Б. Toshkent 2024 Variant
|
bet | 6/20 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 336,04 Kb. | | #148727 |
Bog'liq sayidmurodov individual loyihaYevropa modeli elektron tijorat sub’ektlarini va ular amalga oshirayotgan bitimlarni total reglamentga solishni va ro‘yxatga olishni ko‘zda tutadi. Bu kabi faoliyatning misoli sifatida yetakchi Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Fransiya va
Shveysariya) tomonidan soliq organlarida ro‘yxatda turuvchi halol sotuvchilarning umumochiq reyestrining yuritilishini keltirish mumkin. Tovarlar taklif etilgan saytlarda sotuvchilar o‘zlarining davlat ro‘yxatidan o‘tganda olgan identifikatsion
raqamlarini ko‘rsatishlari shart.6
Bunda Yevropa modeli o‘zini oqlaydi, deb hisoblash mumkin emas, chunki, masalan C2C sohasida Yevropa savdo infratuzilmasi institutsional cheklashlar tufayli elektron tijorat bo‘yicha jahonda yetakchilik o‘rnini egallamaydi. Undan asosan tashqi raqobatning cheklanishi hisobiga yirik an’anaviy tovar ishlab chiqaruvchilari va chakan savdo tarmoqlari yutadilar.
Amerika modeli “tarmoqning iqtisodiy salohiyatidan foydalanishda milliy iqtisodiyot uchun foydani maksimallashtirish maqsadida” davlatning elektron tijorat sohasiga aralashuvini deyarli to‘liq rad qilishni taqozo etadi. Mazkur model asosida 1998 y.da uch yilga qabul qilingan “internetda soliq erkinligi to‘g‘risida”gi bill yotadi. Mazkur normativ hujjat “internet-servislarda yoki onlayn servislardagi davlatlararo savdoga davlat tomonidan va mahalliy aralashuvga qarshi milliy siyosatni belgilash va internet orqali erkin oqimiga aralashishi mumkin bo‘lgan talablarni qo‘yishga moratoriy belgilagan holda, kongressning davlatlararo yurisdiksiyasini cheklash” mo‘ljallangan. O‘sha vaqtdan beri belgilangan moratoriy muntazam ravishda hozirga qadar uzaytirilib kelinmoqda.7
Elektron tijoratni boshqarishning Amerika modelining mohiyati AQSh hududida uning infratuzilmasining bir joyda joylashishi va ustuvor rivojlanishi uchun institutsional sharoitlarni yaratishdan iborat. Eng yirik global savdo maydonlari (Amazon, Ebay) va to‘lovlar provayderlari (PayPal) ko‘p milliardlik aylanmalari bilan aynan o‘sha yerda joylashganliklari bejiz emas.
|
| |