Sxema 1.1.1 Elektron tijoratning iste’molchilar guruhi bo‘yicha turlari




Download 336,04 Kb.
bet4/20
Sana30.01.2024
Hajmi336,04 Kb.
#148727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
sayidmurodov individual loyiha

Sxema 1.1.1 Elektron tijoratning iste’molchilar guruhi bo‘yicha turlari


Manba: Gary P.Schneider. Electronic Commerce. 9th edition. Cengage Learning, Course Technology, 2011.


Elektron tijoratda “virtual savdo maydonchasi” degan tushuncha ham mavjud bo‘lib, u yerda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnomalar tuziladi va moliyaviy oldi-sotdi amallari o‘tkaziladi. B2B-sxemasidagi elektron tijoratda virtual savdo maydonchalarining quyidagi uch xil ko‘rinishi mavjud:
  1. Xaridor tomonidan tashkil etiladigan (“buyer-driven”);


  2. Sotuvchi tomonidan tashkil etiladigan (“supplier-driven” yoki “sellerdriven”);


  3. Uchinchi shaxs tomonidan tashkil etiladigan (“third-party-driven”).


“Buyer-driven” ko‘rinishidagi virtual savdo maydonchalari bir yoki bir nechta kompaniyalar tomonidan tashkil etiladi va u o‘zida mahsulot sotib oluvchi kompaniyalarni birlashtiradi. Savdo maydonchalarining bu konsepsiyasi yirik kompaniyalar faoliyatida tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonini optimallashtirish, buyurtmalarni yetkazib berish tarmog‘i va savdo-sotiq shartnomalarini kengaytirishga bo‘lgan ehtiyojlari bilan bog‘liq.


“Supplier-driven” ko‘rinishidagi savdo maydonchalari sotuvchilar tomonidan tashkil qilinib, mijozlar sonini ko‘paytirishga va xizmat ko‘rsatish yoki mahsulotni sotish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan.
“Third-party-driven” ko‘rinishidagi savdo maydonchalari esa xaridor va sotuvchilarni bir-birlari bilan uchrashtirish mas’uliyatini oladi. Odatda, bunday maydonchalar biznesning ma’lum sektori va unda bo‘layotgan jarayonlarni yaxshi tushunadigan uchinchi shaxs (tashkilot, kompaniya) tomonidan tashkil qilinadi.
B2C sektoriga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu turdagi elektron tijoratda virtual savdo maydonchalarining quyidagi asosiy turlari mavjud:
  • Web-vitrinalar;


  • Elektron do‘konlar;


  • Savdo Internet-tizimlari;


Web-vitrinalar unchalik katta bo‘lmagan sayt bo‘lib, unda asosan tovar va xizmatlarning katalogi, narxlari hamda shartnoma tuzish uchun kerakli hujjatlar bo‘ladi. Shuning uchun ham, undan, odatda, kichik biznes subyektlari ko‘proq foydalanishadi.


Elektron do‘konlar – bu, kichik va o‘rta biznes kompaniyalarining elektron savdo saytlaridir. Elektron do‘konlarda mahsulotni tanlash, xarid qilish, to‘lovni amalga oshirish va xaridorning manziligacha yetkazib berish jarayoni ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
Savdo Internet-tizimlari esa yirik elektron tijorat tizimi bo‘lib, undan yirik savdo kompaniyalari, korporatsiyalar, xoldinglar o‘z faoliyatida korxona resurslarini boshqarish, ta’minot zanjirining uzviyligini ta’minlash, distribyutorlarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish uchun foydalanishadi.
C2C shaklidagi elektron tijorat iste’molchilar o‘rtasida amalga oshirilgani uchun unda virtual savdo maydonchasi sifatida internet-auksionlardan foydalaniladi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bugungi kunda dunyodagi eng yirik internet-auksion sayti AQShning “eBay” (www.ebay.com) sayti sanaladi.
Elektron tijorat deganda faqatgina axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida amalga oshiriladigan elektron savdo emas, balki Internet orqali moliyaviy tranzaksiyalarni amalga oshirish hamda banklar, nobank kredit tashkilotlari va brokerlar tomonidan moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish ham tushuniladi. Internettexnologiyalar bank ishi, kredit risklari va portfel investitsiyalarni boshqarishda ham keng qo‘llaniladi.
Dunyodagi banklar va boshqa turdagi moliyaviy muassasalar 1980-yillardan boshlab o‘zaro axborot almashishda elektron kommunikatsiya vositalaridan faol ravishda foydalanishni boshlagan. Elektron axborot almashinuvi banklar va birjalar o‘rtasida to‘lovlarni, o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda, aksiyalar va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi qilishda anchadan beri qo‘llanilib kelinadi. Bugungi kunda dunyodagi eng yirik elektron axborot almashinuvi tizimi SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications) xalqaro banklararo ma’lumotlarni o‘tkazish tizimi sanaladi. Unga dunyodagi deyarli barcha banklar ulangan bo‘lib, u global miqyosda banklararo o‘tkazmalarning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Bir kunda SWIFT tizimi orqali 3 trillion dollar atrofidagi operatsiyalar bajariladi.5
Internet hozirda elektron savdodan ko‘ra elektron moliyaviy xizmatlar sohasida ko‘proq ahamiyatga ega. 1990-yillarning o‘rtalaridan Internetning keng tarqalishni boshlashi evaziga odamlar o‘zlarining bir nechta muammolariga yechim topdi: uydagi kompyuterdan uzoqlashmay internet-do‘kondan xohlagan mahsulotini sotib olish, kommunal xizmatlar haqqini to‘lash, birjada qimmatli qog‘ozlarni oldi-sotdi qilish, bank hisobraqamini tekshirish. Ayniqsa, so‘nggi yillarda internet-banking servisining rivojlanishi natijasida odamlar bankka bormay turib, o‘z hisobraqamlarini tekshirish, tranzaksiyalarga oid ma’lumotlarni olish, o‘z bank hisobidan turli to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘lib qoldi.

Download 336,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 336,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sxema 1.1.1 Elektron tijoratning iste’molchilar guruhi bo‘yicha turlari

Download 336,04 Kb.