|
Zichlik fluktatsiyasini molekulalar soni orqali ifodalash
|
bet | 6/8 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 243,86 Kb. | | #125880 |
Bog'liq YORUG‘LIKNING MOLEKULYAR SOCHILISHI 1Zichlik fluktatsiyasini molekulalar soni orqali ifodalash
Suyuqlik va gazlarni yuqori bosim va temperaturalarda tekshirish jarayonida kritik temperatura yaqinida shaffof muhit xiralashib qolishi kuzatiladi. Bu hodisa kritik opalessensiya deyiladi va juda ko‘p vaqtlar bu hodisani tushuntirish iolji bo‘lamadi. 1908 yilda polyak olimi Smoluxovskiy kritik opalessensiyani moddalarning zichlik fluktuatsiyasi yordamida tushuntirdi.
O‘lchamlari yorug‘lik to‘lqin uzunligidan juda kichik, lekin o‘zida statistik hisoblarni qo‘llash mumkin bo‘lgan darajada ko‘p molekulalarni sig‘dira oladigan elementar hajmdagi zichlik fluktuatsiyasi, - zichlikning o‘rtacha qiymatidan chetlanishi izotermik siqiluvchanlik bilan bog‘liqdir. Uning ko‘rinishi quyidagicha:
(3.1)
Bu formulada - izotermik siqiluvchanlik. Kritik nuqtada juda oshib ketadi va juda katta miqdorga aylanadi. Kritik temperaturada muhitning xiralashib qolishini kuchli fluktuatsiya tufayli yorug‘likning kuchli sochilishi bilan bog‘lash mumkin. Lekin kritik nuqtada uzoqda ham , ammo kritik temperaturadagidan kichikroq. Zichlik ma’lum bir hajmdagi molekulalar soniga to‘g‘ri proporsional. Shu sababli zichlik fluktuatsiyasini molekulalar soni bilan ifodalash mumkin.
- hajmdagi molekulalarning o‘rtacha soni
desak, - hajm birligidagi molekulalar soni, - elementar hajm.
O‘rtacha molekulalar soni -dan chetlanishini deb belgilab olamiz:
(3.2)
o‘zidan-o‘zi ma’lumki, o‘rta qiymatdan chetlanishning o‘rta qiymati nolga teng:
(3.3)
Lekin fluktuatsiyaning o‘rtacha kvadrati nolga teng emas.
(3.4)
Hisoblashlar ko‘rsatadiki,
(3.5)
Bu zichlik fluktuatsiyasining molekulalar soni bo‘yicha ifodasidir.
Zichlik fluktuatsiyasi o‘z navbatida dielektrik singdiruvchanlik fluktuatsiyasiga sabab bo‘ladi. Bu fluktuatsiya yorug‘likning shaffof muhitlarda sochilishiga olib keladi. Smoluxovskiyning bu ilmiy g‘oyasi Eynshteynning yorug‘likning sochilishi nazariyasini yaratishiga turtki bo‘ldi. [7]
|
| |