MODELLASHTIRISH AXBOROT TIZIMINI LOYIHALASHNING ASOSI SIFATIDA




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

MODELLASHTIRISH AXBOROT TIZIMINI LOYIHALASHNING ASOSI SIFATIDA 
Kayumova Nasiba Ashurovna 
Qarshi davlat universiteti, p.f.d.,(DSc), v.b.professor. 
Orcid рақам: 0009-0000-8633-7277. E-mail. n_ashurovna@mail.ru 
Turli-tuman sharoitlarda real tizimlarning, jarayon va obyektlarning hatti-harakatlarini 
kuzatish yoki ularni o‘zgartirish odatda qiyin kechadi, ba’zan esa imkonsiz bo‘ladi. Bunday 
vaqtda biz, tizimlarning, jarayon va obektlarning modelini yaratib muammoni hal 
qilishimiz mumkin. tizimlar, jarayonlar va obektlarning modelini qurib, biz qayta-qayta 
dastlabki holatiga qaytishinmiz, shuningdek, o‘zgaruvchan sharoitlarda uning xatti-
harakatlarini kuzatishingiz mumkin bo‘ladi. 
Model – lotinchadan olingan, “modulus”– “oʻlchov, analog, namuna” ma’nolarini ifodalab, 
qandaydir real jarayon, qurilma yoki kontsepsiya, tizimni ifodalash va o‘rganish, maʼlumot 
olish vositasi boʻlib xizmat qiladigan tizimdir. Modelni obyektning dastlabki o‘rnini 
bosuvchi, uning ayrim xususiyatlarini o‘rganishni ta’minlovchi, tizimni tahlil qilish va 
bashorat qilish, shuningdek, to‘g‘ri boshqaruv qarorini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan 
sifat va miqdoriy natijalarni olish uchun soddalashtirilgan taqdimoti deb qarash mumkin. 
Muayyan muammoni hal qilishda, o‘rganilayotgan obektning ma’lum bir xususiyatini 
aniqlash lozim bo‘lganda model nafaqat zarur, balki ba’zan yagona tadqiqot vositasi sifatida 
foydalaniladi. Bir dona yoki bir xil obekt ko‘plab modellarga ega bo‘lishi mumkin va turli xil 
obektlar bitta model bilan tavsiflanishi ham mumkin. 
Ilm-fan, texnika va texnologiya sohasida "model" tushunchasining noaniqligi tufayli 
modellar turlarini yagona tasniflash juda qiyin hisoblanadi. Modellar turli sabablarga ko‘ra 
amalga oshirilishi mumkin. Masalan, modellar quyidagicha tasniflanadi: 
1.
Foydalanish maqsadiga ko‘ra modellar 
2.
Qo‘llanish sohasi bo‘yicha modellar 
3.
Vaqt hisobi omili bo‘yicha modellar 
4.
Tizimga ta'siri bo‘yicha modellar 
5.
Taqdimot qilinishi bo‘yicha modellar 
6.
Inson bilimining sohasi bo‘yicha va hokazo. 
Model – masalani yechishda asl nusxa o‘rniga ishlatiladigan analog, prototip, shablon, 
namuna bo‘lib hisoblanadi. Model asl nusxa haqida bizga ma'lum bo‘lgan cheklangan 
ma'lumotlar: xususiyatlari, xatti-harakatlari to‘plami asosida quriladi. 
Modellarni qurish va modellardan foydalanish (ular bo‘yicha masalalarni hal qilish) 
quyidagilar uchun amalga oshiriladi: 

ilgari noma'lum ma'lumotlarni olish, yangi xususiyatlar va kelajakdagi xatti-
harakatlarni bashorat qilish; 

yechimlarni amalga oshirishdan foyda olish, 

ma'lum ma'lumotlarni tizimlashtirish, umumlashtirish uchun. 


30 

Download 15,84 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MODELLASHTIRISH AXBOROT TIZIMINI LOYIHALASHNING ASOSI SIFATIDA

Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish